Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
TOKDOSHLAR OILASINING ASOSIY TURLARI VA ULARNING AHAMIYATI
Ziyoiddinova Salomatxon Shavkatbek qizi · Tojiboyev Murodali Umaraliyevich
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This thesis presents the main species, biological characteristics, and economic importance of the Vitaceae family. Kalit so’zlar: Tokdoshlar, uzumchilik, rezavor, mayiz, vino, liana, Kishmish, subtropik, tropik. Keywords: Vines, viticulture, berries, raisins, wine, vine, Kishmish, subtropics, tropics. Tokdoshlar (Vitaceace) — ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Daraxtsimon, ilashuvchi lianalar. Barglari oddiy, panjasimon murakkab, navbatlashib joilashgan, yonbargchali. Novdasida poyaning oʻzgarishidan hosil boʻlgan gajaklar bor. Tupgullari kichik, roʻvak. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, mayda, koʻkimtir. Mevasi rezavor yoki juda quruq. Ko'pincha subtropik va tropik mamlakatlarda o‘sadi. Muhim iqtisodiy ahamiyatga ega yirik turkumlaridan biri tok (uzum) hisoblanadi. Toknamolar qabilasi ikkita oilani birlashtiradi. Tokdoshlar ( Vitaceace) oilasi bu oila 12 ta turkumga mansub 700 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda 2ta turkumga mansub ikki turi òsadi. O‘zbekistonda keng tarqalgan vakili tok ( Vitis vinifera). Gulqo‘rg‘onsiz ikki jinsli mevasi rezavor. Mevasi iste’mol qilinadi.O‘zbekistonda eng keng tarqalgan tok vakili bu madaniy tokdir. Uning baquvvat ildizi 7 m va undan ortiq chuqurlikkacha boradi. Tok tanasi — liana. Uning koʻp yillik novdalari (zang va madang) turli yoʻgʻonlikda boʻladi. Bir yillik novdalari uzun (3–5 m) va ingichka boʻlib, boʻgʻimida barg, barg qoʻltigʻida kurtaklar rivojlanadi. Novdaning pastki, asosan 3—5 boʻgʻimlarida gul toʻplami, ustkilarida gajaklar (bargning qaramaqarshi tomonida) paydo boʻladi. Barglari yaxlit, panjasimon, asosan, 3 va 5 boʻlakli, navbat bilan joylashgan. Shoʻralari shokila yoki roʻvaksimon. Gullari mayda, koʻkimtirsargʻish, madaniy turlariniki, asosan, ikki jinsli, ayrimlariniki bir jinsli. Hasharotlar, shamol yordamida va oʻz oʻzidan changlanadi. Gʻujumi (uzumi) rezavor, 1—4 urugʻli, etli, sersuv yoki kamsuv. Urugʻsiz navlari (kishmishlar) ham bor. Gʻujumlari turli shakl va rangda, shingilga toʻplangan. O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: O‘zbekiston muskati, G‘alaba, Oktyabr, VIR1, Xishrov kishmishi, Samarqand kishmishi, Jo‘rauzum, Tarnoye, Rizamat, Aleatiko, Aleksandriya muskati, Aligote, Andijon qora uzumi, Anzob, Bastardo, Bihishti, Buvaki, Charos, Chillaki, Daroyi, Dili kabutar, Echkiemar, Go'zal qora, Hasayni, Husayni, Kishmish, Marmar kishmish, Murvedr, Muskat, Narekatsi, Obaki, Oq kishmish, Parkent, Pobeda, Qorajanjal, Rizamat, Saperavi, Shuturangur, Suramush, Sohibi, Soyaki, Sultoniy, Tuyatish, Venger muskati, Xaliliy, Xoja ahroriy, Xurmoy, Xusayni, Nimrang, Kattaqo'rg'on, Qirraburun, Toyfi, Tuyatishi, Chillaki, Ozbekiston muskati, Xo’ja Axrori. Uzumchilik — bogʻdorchilikning tok oʻstirish va uzum yetishtirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Uzumchilik aholini yangi uzum, mayiz bilan, vinochilik, konserva 4 sanoatlarini xom-ashyo bilan taʼminlaydi. Uzumchilikning 4 ta asosiy yoʻnalishi: xoʻraki uzum yetishtirish, mayiz quritish, texnik maqsadlarda uzum yetishtirish (konserva mahsulotlari, sharbatlar, konsentratlar tayyorlash), vinochilik (xom-ashyo tayyorlash) sohalari mavjud. Demak, Tokdoshlar oilasi (Vitaceae) o‘zining biologik xilma-xilligi va iqtisodiy ahamiyati bilan ajralib turadi. Oila tarkibiga kiruvchi o‘simliklar asosan tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan bo‘lib, uzum kabi qimmatbaho mevali ekinlar bilan mashhurdir. Tokdoshlar oilasining vakillari oziq-ovqat sanoatida, xususan, vinochilik va sharbat ishlab chiqarishda katta rol o‘ynaydi. Mevalari yuqori oziqaviy qiymatga ega bo‘lib, vitaminlar va minerallar manbai hisoblanadi. Shuningdek, dekorativ va ekologik jihatdan ham muhimdir, chunki ular yashil landshaftni bezashda va tuproq eroziyasini oldini olishda qo‘llaniladi.Ushbu oila vakillarining ko‘plab turlari qishloq xo‘jaligida, dorivor o‘simlik sifatida va atrof-muhitni muhofaza qilishda keng foydalaniladi. Shuning uchun tokdoshlar oilasini yanada chuqurroq o‘rganish va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Oʻ.Pratov, Q.Jumayev - Yuksak oʻsimliklar sistematikasi 2003. 2. Oʻ.Pratov - Botanika. Morfologiya, Anatomiya, Sistematika, Geobotanika 2010. 3. Tokdoshlar. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Tokdoshlar 4. Uzumchilik. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Uzumchilik 5. Uzum. https://uzbekfoodtour.uz/uz/fruit/show/13 6. O‘zbekiston hududida yetishtiriladigan Tokdoshlar oilasi vakillari. https://doi.org/10.5281/zenodo.7976583 5
Доказательный фрагмент
«This thesis presents the main species, biological characteristics, and economic importance of the Vitaceae family.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis presents the main species, biological characteristics, and economic importance of the Vitaceae family. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Vines, viticulture, berries, raisins, wine, vine, Kishmish, subtropics, tropics, tropik., mayiz, liana, rezavor, Tokdoshlar, tropics., uzumchilik, subtropik, vino
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025