Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
SUKSESSIYA AHAMIYATI VA TIPLARI
Ziyoiddinova Salomatxon Shavkatbek qizi
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This thesis analyzes the process of succession, its main types and importance. The impact of primary and secondary succession on the natural environment and its role in the restoration of ecosystems are highlighted. Kalit so’zlar: Ekologik suksessiya, autogen suksessiya, allogen suksessiya, ekzometobalitlar, birlamchi va ikkilamchi suksessiya. Keywords: Ecological succession, autogenic succession, allogenic succession, exometabolites, primary and secondary succession. Ekosistemalar rivojlanadi, o'zgarib turadi, ular ichidagi organizmlar o'ladi, ularning o'rniga boshqasi keladi. Ekosistemalardan tinimsiz energiya va ozuqa moddalari o'tib turadi. Shunga qaramasdan ko'pchilik sistemalaming tashqi qiyofasi va tarkibi o'zgarmaydi. Mabodo, sistema buziladigan bo'lsa (o'tloqzorni haydab tashlashda), ularning tiklanishi sekin bo'ladi. Buzilgan joylarga moslashib o'sadigan birinchi turlar oldingi turlarning o'rnini bosadi, asta-ekin rivojlanadi va oldingi tarkibini hosil qiladi. Bunday jarayon ekologik suksessiya deb ataladi. Agar suksession o'zgarish ichki munosabatlar orqali aniqlansa, u autogen suksessiya deyiladi. Agar o'zlashtirilgan tashqi muhit kuchlari doim ta’sir qilsa yoki boshqarib tursa (qattiq shamol, yong'in), bu allogen suksessiya deb ataladi. Suksessiya o'zgarishining asta- sekin rivojlanishi quyidagi yo'llar bilan bo‘lib o'tadi: 1. Ekosistemaning energiyasi, sistemada asta-sekin organizmlar biomassasi va ularning organik chirindilar miqdori ortib boradi; 2. Biogen elementlarning aylanishi sistema ichida aylanish borgan sari xalqa ichiga o'tadi va ularning aylanish vaqti ortadi; 3. Ekosistemaning tuzilishi murakkablashadi va turlar tarkibi o'zgaradi, ularning boyligi ortib boradi. Suksessiyani sodir bo‘lishida yashil o‘simliklar muhim rol uynaydi. Chunki ularning ko‘pchiligi o‘z hayot faoliyati davomida va olgandan so‘ng o‘zidan biologik aktiv moddalar — ekzometabolitlar ajratadi. Tuproq tarkibida ekzometabolitni ko‘p miqdorda to‘planishi tuproqning ozishiga va bir ijobiy fitosenozni ikkinchisi bilan almashinishi hamda o‘simlik qoplami tarkibidagi ko‘p yillik o’simliklami ko‘payishi va hukmronlikni egallashiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida shu o‘simliklar bilan hayot kechiradigan hayvonlar tarkibini o‘zgarishiga olib kelishi muqarrar. Hukmron turlaming konkurensiya asosida almashinishi asta sekin turg‘un abiotik muhit sharoitiga mos biosenozlarning shakllanishiga sabab boladi. Biosenoz murakkablasha borishi bilan uning tarkibidagi populyatsiyalaming o‘zaro munosabati ham murakkablasha boradi. Ularning muhitga to‘liq moslashmaganlari boshqa to’liq moslashish imkoni mavjud bo‘lganlari 6 bilan almashinadi. Bu holat tashqi muhit sharoitiga toliq moslashgan, barqaror turlar tegishli muhit egallamaganga qadar davom etadi. Biosenozlaming shunga o‘xshash bir-birini almashtirib turadigan zanjiri biosenozning suksession qatori deb yuritiladi. Ko‘pchilik hollarda ikki xil suksessiya farq qilinadi. 1. Avtotrof va geterotrof organizmlar ishtiroki mavjud suksessiya. 2. Faqat geterotrof organizmlar ishtiroki mavjud suksessiya. Birinchi turdagi suksessiya faqat organik moddalar jamg‘armasi ko‘p bo‘lgan yoki bu moddalar doimiy ravishda surunkasiga hosil bo‘lib turadigan (organik moddalarga boy havzalar, go‘ng uyumlari, kompost) joylarda mavjud. Hayot holati va xossasiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi suksessiya bo‘lishi mumkin. Birlamchi suksessiya biologik faol bo‘lmagan joylar, o‘chgan lavalar o‘mida qirlar, qum uyumlari, daryo seli tufayli to‘plangan tuproq uyumlari singari yerlarda shakllanayotgan suksessiya. Bunday yerlarda o‘simliklar tomonidan egallanish jarayonida biosenozlaming ko‘p martalab almashinuvi kuzatiladi va tuproq sharoitlarida qaytmas o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O’simlik va hayvon qoldiqlarining asta-sekinlik bilan to‘plana borishi tuproq qatlamini shakllanishi va mavjud joyninggidrologik tartibini o‘zgarishiga olib keladi. Lava vulqonlar og‘zidan otiladi va u yo‘lida uchragan hamma narsalami yo‘q qila oladigan darajada juda qaynoq. U sovigandan so‘ng esa toshdan iborat bo‘lgan yeming bir shakliga kiradi. Bir kun kelib bu yerlar o‘rmon yoki maysazorga aylanishini tasavvur qilish qiyin. Bu jarayon dastlab asosiy ketma-ketlik deb nomlangan o‘simlik mavjud bo‘lmagan joylardan boshlanadi. Bu jarayon uchib kelgan lishayniklar bilan birga boshlanadi. Bu turlar doimiy turlar deb ataladi qaysiki bir joyda doim yashovchi turlardir. Ular qurg‘ochilikdan, yuqori haroratdan, sovuqdan va noqulay sharoitdan jon saqlab qolishadi va tez-tez tuproqqa aylanishadi (Peter Rillero, Dinah Zike. Ecology, 2005) Ikkilamchi suksessiya oldindan mavjud bo‘lgan va ma‘lum tashqi ta‘sir (yong‘in, suv toshqini) tufayli tuzilmasi o‘zgargan biosenoz o‘mida shakllanadi. Bunday yerlarda boy hayot zahiralari saqlanadi. Shuningdek, bunday yerlarda suksessiya almashinuvi va biosenozning tiklanishi jadal ravishda boradi.Suksessiyalar davomida asta-sekin turlar (flora) boyligi va yaruslilik tiklanadi. Bunda bir yarusli o‘simliklar q
Доказательный фрагмент
«This thesis analyzes the process of succession, its main types and importance.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis analyzes the process of succession, its main types and importance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ecological succession, autogenic succession, allogenic succession, Ekologik suksessiya, exometabolites, allogen suksessiya, primary and secondary succession., autogen suksessiya, ekzometobalitlar, birlamchi va ikkilamchi suksessiya.
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025