К содержанию
РецензированоUZ2026

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA SUN’IY INTELLEKT ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI

ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI · Abuduraximov Doston · Odilova Madinabonu Orifjon qizi (mahorat milliy tadqiqot instituti magistranti)

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes a number of serious problems related to the effective introduction of AI elements in general secondary education schools in Uzbekistan. In order to identify problems in the use of AI in general secondary education, trends in Uzbekistan were identified based on an analysis of scientific literature on the subject and international experience. Also, scientific proposals and practical conclusions on the topic were formulated. Keywords. AI (Artificial Intelligence), digital technology, infrastructure, material and technical base. ПРОБЛЕМЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ СРЕДНИХ ШКОЛАХ Аннотация. В статье анализируется ряд серьезных проблем, связанных с эффективным внедрением элементов СИ в общеобразовательных средних школах Узбекистана. Для выявления проблем использования СИ в общем среднем образовании были выявлены тенденции в Узбекистане на основе анализа научной литературы по данной теме и международного опыта. По теме также сформулированы научные предложения и практические выводы. 208 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Ключевые слова. ИИ (искусственный интеллект), цифровые технологии, инфраструктура, материально-техническая база. XXI asr ta’lim tizimi raqamli transformatsiyalar, xususan, sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining tobora kengroq kirib kelishi bilan tavsiflanadi. Xalqaro miqyosda SI ta’lim jarayonlarini individuallashtirish (adaptive learning), baholash tizimlarini takomillashtirish, o‘quv materiallarini yaratish va hatto ma’muriy vazifalarni avtomatlashtirishda qo‘llanilmoqda. Bu texnologiyalar o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashuvchan yondashuvni ta’minlash va o‘qituvchilarga ko‘proq pedagogik vazifalarga e’tibor qaratish imkonini beradi. Mazkur tadqiqotning ob’yekti sifatida O‘zbekiston sharoitidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sun’iy intellekt elementlarini (masalan, aqlli repetitor tizimlari, avtomatlashtirilgan baholash vositalari, ta’lim platformalaridagi SI asosidagi tavsiya mexanizmlari va h.k.) joriy etish jarayoni va unda yuzaga kelayotgan asosiy muammolar belgilanadi. Oldingi tadqiqotlar ko‘pincha SI ning oliy ta’limdagi yoki rivojlangan mamlakatlardagi imkoniyatlariga qaratilgan bo‘lsa, umumiy o‘rta ta’lim, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar kontekstida SI ni qo‘llash muammolari kamroq o‘rganilgan.1 SI ning ta’limdagi ulkan salohiyatiga qaramasdan, uni O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim tizimiga integratsiya qilish bir qator jiddiy to‘siqlarga duch kelmoqda. Ba’zi fikrlarga ko‘ra, SI ni maktablarga joriy etishga hali erta yoki bu texnologiyalar o‘qituvchining o‘rnini egallashi mumkin degan xavotirlar mavjud (Selwyn, 2019).2 Biroq, global raqobat va kelajak kasblariga tayyorgarlik nuqtai nazaridan SI imkoniyatlarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Asosiy masala SI ning potensial foydalari va uni amalda qo‘llashdagi mavjud bo‘shliq o‘rtasidagi tafovutdadir. Bu bo‘shliq, birinchi navbatda, infratuzilma yetishmovchiligi, pedagoglarning yetarli raqamli kompetensiyalarga ega emasligi, SI ni o‘quv dasturlariga singdirishning metodologik asoslari yaratilmaganligi, ma‘lumotlar xavfsizligi va axloqiy dilemmalar kabi muammolardan kelib chiqadi. An’anaviy ta’lim tizimi hozircha bu yangi texnologiyalarni qabul qilish va samarali foydalanishga to‘liq tayyor emas. Yuqorida qayd etilganidek, xalqaro adabiyotlarda SI ning ta’limdagi roli keng muhokama qilingan.3 Ammo O‘zbekistonda bu mavzu endi o‘rganila boshlanmoqda va aynan umumiy o‘rta ta’limdagi buni amaliy joriy etish muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlar deyarli mavjud emas. 1 Roll, I., & Wylie, R. (2016). Evolution and revolution in artificial intelligence in education. International Journal of Artificial Intelligence in Education, 26(2), 582–599. https://doi.org/10.1007/s40593-016-0110- 2 Baker, T., & Smith, L. (2019). Educ-AI-tion rebooted? Exploring the future of artificial intelligence in schools and colleges. Nesta. 3 Roll, I., & Wylie, R. (2016). Evolution and revolution in artificial intelligence in education. International Journal of Artificial Intelligence in Education, 26(2), 582–599. https://doi.org/10.1007/s40593-016-0110- 209 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Mavjud ishlar asosan raqamli ta’limning umumiy masalalari yoki oliy ta’limdagi ayrim jihatlarga tegishli ekanligini quyidagi tahlillar asosida ko‘rishimiz mumkin: 1. Xalqaro tajriba tahlili: SI texnologiyalarini maktab ta’limiga muvaffaqiyatli yoki qisman joriy etgan (masalan, Janubiy Koreya, Singapur, Finlandiya, AQSh kabi) va bu jarayonda muayyan qiyinchiliklarga duch kelgan mamlakatlar tajribasi o‘rganildi. Bu tajribalar O‘zbekiston uchun potentsial muammolarni oldindan ko‘ra bilish va qiyosiy tahlil qilish imkonini berdi. 2. O‘zbekistondagi mavjud holatni tahlil qilish: O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunchiligi, davlat dasturlari, rasmiy statistik ma’lumotlar (masalan, maktablarning kompyuter va internet bilan ta’minlanganlik darajasi haqid

Доказательный фрагмент

«This article analyzes a number of serious problems related to the effective introduction of AI elements in general secondary education schools in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes a number of serious problems related to the effective introduction of AI elements in general secondary education schools in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
AI (Artificial Intelligence), digital technology, infrastructure, material and, SI (Sun’iy Intellekt), moddiy-texnik baza., infratuzilma, raqamli texnologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники