American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN SURXON DAVLAT QO‘RIQXONASI FLORASIDA UCHROVCHI APIACEAE OILASI VAKILLARINIG EKOLOGIYASI
VAKILLARINIG EKOLOGIYASI · Xudoyberdiyev Foteh Xudoynazarzoda
Interpretation and researches · 107-118 · 2026
Аннотация
It discusses the inclusion of two species of the Ferula family, distributed in the Surkhan State Reserve, in the Red Book of the Republic of Uzbekistan, and their importance in human life and economy. An analysis of the reasons for their contraction and their general morphological and anatomical structure is presented. Keywords: Surkhan State Reserve, Red Book, Ferula tadshikorum, Ferula tuberifera. Annotatsiya: Surxon davlat qo‘riqxonasida tarqalgan Apiaceae oilasining Ferula turkumiga kiruvchi ikkita turning O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilganligi, ularning inson hayotida va xo‘jalikdagi ahamiyati keltirib o‘tilgan. Bugungi kunda ularni qisqarish sabablari va ularning umimmiy marfologik va anatomik tuzulishi haqida tahlil keltirilgan. Kalit so‘zlar: Surxon davlat qo‘riqxonasi, Qizil kitob, Ferula tadshikorum, Ferula tuberifera. Bugungi kunga kelib ekologik muammolar butun yer yuzi bo‘ylab shiddat bila ko‘payib bormoqda, bu esa asosan atmosfera havosining buzulishi, suvning ifloslanishi, chiqindilar sonining ortishi, tuproq strukturasining buzulishi va bioxilma- xillikning kamayishi kabi global muammolarning kelib chiqishi bilan yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bunga asosiy sabablardan biri sifatida insonlar demografiyasi ya’ni odamlar sonining yuqori darajada ortishi va buning oqibatida yuqoridagi ~ 90 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya muammolarning kelib chiqishini keltirish mumkin. Eng so‘ngi ma’lumotlarga qaraydigan bo‘sak hozirda dunyo aholisi 8 206 598 500 ni tashkil etmoqda [5]. Turli ekologik vaziyatlar va muammolar bioxilma- xillikga juda katta ta’sir qilmoqda va bu ularni asrash, ulardan oqilona foydalanishga e’tibor qilishimizni talab qiladi. Hozirgi kunga qadar Oʻzbekistonda 4,344 ta mahalliy yuksak oʻsimlik turlari qayd etilgan boʻlib, bu koʻrsatkich bilan mamlakat Markaziy Osiyoda Qozogʻiston (5,460 tur) va Tojikistondan (4,513 tur) keyin uchinchi oʻrinda turadi, biroq Qirgʻiziston (3,800 tur) va Turkmanistondan (2,800 tur) oldinda [ 1] . Bular orasida Apiaceae oilasi muhim o‘rin tutadi. Jumladan, dunyo bo‘yicha Apiaceae 434 turkum va 3780 ga yaqin turni, jumladan Daucus carota, Coriandrum sativum va Apium graveolens kabi muhim sabzavotlarni o'z ichiga oladi [3]. O‘zbekistonda esa bu oila vakillarining 231 turi mavjud [1]. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi nashrida 314 ta o‘simlik turi kiritilgan bo‘lib ular orasida Apiaceae oilasining kamyob va noyob turlari kiritilgan. Jumladan, Apiaceae oilasining 28 ta mamlakatimizning turli hududlarida tarqalgan vakillari kiritilgan bo‘lib, 2 ta o‘simlik turi Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida uchraydi [4]. Surxon davlat qo‘riqxonasida oila vakillaridan Ferula tadshikorum va Ferula tuberifera Qizil kitobga kiritilgan va ular hozirgi kunda mamlakatimiz florasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ferula tadshikorumning sistematikasi: Bo‘lim: Magnoliophyta- Magnoliyatoifa Sinf: Magnoliales-Magnoliyasimonlar Oila:Apiaceae-Ziradoshlar Turkum: Ferula- Kovrak Tur: Ferula tadshikorum – Tojik kovragi Tojik kovragi (Ferula tadshikorum) ko‘p yillik monokarp o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 1,5-1,8 m, kuchli sarimsoq hidga ega. Ildizi yo‘g’on, vertikal ildizpoyali. To‘pguli- ~ 91 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya keng ro‘vak. Soyabonlari ko‘p sonli, barchasi meva hosil qiluvchi. Gultojbarglari sariq, 2-2,5 sm uzunlikda. Mevasi 1,5-2 sm uzunlikda, ellipssimon, orqa tomondan siqilgan, yassi, to‘q qizil. Aprel-may oylarida gullab iyun-iyul oylarida mevalaydi. O‘rmonning mayda zarrali shag’alli qiyaliklarida, ohaktosh, olajinsli tuproqlarda dengiz sathidan 400-1800 m balandliklarda uchraydi. O‘rta Osiyo (Janubiy-g’arbiy Pomir-Oloy), janubiy Tojikiston va janubiy O‘zbekistonning endemi. Em-xashak va oziq-ovqat o‘simligi sifatida foydalanilgan. Bahorda yosh poyalar aholi tomonidan iste’mol qilinadi. Yoqimsiz hidga ega qatron saqlaydi va tibbiy maqsadda ishlatiladi. Hozirgi paytda qatronni yig’ish bo‘yicha texnologik ko‘rsatmalar ishlab chiqilmoqda. Agar texnologik ko‘rsatmalarga rioya etilsa, o‘simlik xomashyosining yig’imidan keyingi ikkinchi yilda qayta o‘sib, tabiiy populyatsiyalarga hech qanday zarar yetkazilaydi [2]. Bu turning Qizil kitobdagi maqomi 3. Tabiatda yakka-yakka yoki kichik-kichik populyatsiyalarni tashkil qilgan holda o‘sadi. Umumiy soni aniqlanmagan. Bu turlar urug’idan ko‘payadi. So‘ngi 20 yil mobaynida tabiatda foydalanuvchilar tomonidan o‘simlik shirasining rejasiz va nazoratsiz yig’ib olinishi natijasida tabiiy zaxiralari va populyatsiyalarining o‘sish maydonlari keskin qisqarishi kuzatilmoqda [4]. Ferula tuberifera ning sistematikasi: Bo‘lim:Magnoliophyta-Magnoliyatoifa Sinf: Magnoliales-Magnoliyasimonlar Oila:Apiaceae-Ziradoshlar Turkum: Ferula- Kovrak Tur: Ferula tuberifera – Tugunak
Доказательный фрагмент
«It discusses the inclusion of two species of the Ferula family, distributed in the Surkhan State Reserve, in the Red Book of the Republic of Uzbekistan, and their importance in human life and economy.»
Образец извлечения
Демо-превьюIt discusses the inclusion of two species of the Ferula family, distributed in the Surkhan State Reserve, in the Red Book of the Republic of Uzbekistan, and their importance in human life and economy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Surkhan State Reserve, Red Book, Ferula tadshikorum, Ferula, Ferula tuberifera.
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016