К содержанию
РецензированоRU2026

VVER-1200 TO'LIQ SOVITISH REJIMIDA ISSIQLIK TASHUVCHINING ISSIQ QUVURLARIDAGI VA BOSIM KOMPENSATORIDAGI HARORAT FARQINI BOSHQARISH MODELINI YARATISH

Xayitbayeva Mashhura Shavkat qizi · Avezov Ismoil Yoshuzoq o‘g‘li (tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi)

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

В данной работе рассматривается построение математической модели управления разностью температур между теплоносителем в горячих нитках петель и компенсаторе давления в режиме полного расхолаживания реакторной установки ВВЭР-1200. Основное внимание уделяется анализу процессов теплообмена, динамике изменения температуры, а также особенностям регулирования параметров системы. Применение данной модели позволяет улучшить эффективность управления тепловыми процессами и повысить безопасность эксплуатации реакторной установки. Kalit so‘zlar: VVER-1200, issiqlik tashuvchi, bosim kompensatori, harorat farqi, matematik model, to‘liq sovitish, boshqarish, harorat dinamikasi. ~ 82 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Ключевые слова: ВВЭР-1200, теплоноситель, компенсатор давления, разность температур, математическая модель, полное расхолаживание, управление, динамика температур. Boshqaruv obyektining analitik modellari haqida umumiy ma’lumot Matematik modelni ishlab chiqish uchun tizimning muvozanat shartlarini aniqlash, fizik hodisalarning rivojlanishi va o‘zaro ta’sirini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Tizim – bu muayyan tartibda tashkil etilgan komponentlar majmuasi bo‘lib, ular birgalikda aniq maqsadga erishish uchun ishlaydi. Tizimlar turli xil fizik hodisalar yoki real boshqaruv jarayonlarini tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Tizimni ifodalovchi mos modelni tanlash uchun avvalo uning dinamik yoki statik ekanligini aniqlash zarur: Statik tizimlar – kirish o‘zgaruvchilarining o‘zgarishiga qarab doimiy o‘zgarishlarga uchraydi, lekin muvozanatini yo‘qotmaydi. Dinamik tizimlar – agar muvozanatda bo‘lmasa, vaqt o‘tishi bilan o‘z holatini o‘zgartiradi. Boshqaruv obyektining modeli fizik hodisalar va boshqariluvchi parametrlarning o‘zaro ta’sirini aks ettiradi va odatda dinamik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Matematik modelni yaratishda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim: Modelni soddalashtirish – tizimni umumiy tamoyillar asosida tushunarli shaklda ifodalash; Asosiy ta’sir omillarini aniqlash – tizimga eng katta ta’sir ko‘rsatadigan omillarni tahlil qilish; Muvozanatni saqlash – modelning aniqligi va soddaligini muvozanatda ushlab turish. Shuning uchun tizimning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini aks ettiruvchi differensial tenglamalar tizimini tuzish zarur. Bu tenglamalar har bir o‘zgaruvchining tizimga ta’sirini aks ettiradi va shovqin darajasiga qarab tizim qanday o‘zgarishini ifodalaydi. ~ 83 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Bunday tenglamalar tizimdagi o‘zgaruvchilarni chiziqli kombinatsiya shaklida tasvirlash mumkin. Boshqaruv obyektining printsipial sxemasi va fizik jarayonlari. YPC04 regulyatori reaktor qurilmasining qizdirish va sovutish rejimlarida bosim kompensatori va issiq halqalar orasidagi harorat farqini belgilangan qiymatda ushlab turish uchun mo‘ljallangan. Belgilangan harorat farqi (55℃) quyidagilar yordamida saqlanadi: KD (kompensator bosimi) zonasidagi issiqlik tashuvchining haroratini boshqarish; Birinchi halqaning sovuq qismidan issiqlik tashuvchini purkash orqali harorat o‘zgarishini ta’minlash. Boshqaruv qonuni – proportsional-integral regulyatsiya asosida ishlaydi. Kirish signallari: Berilgan harorat farqi (55℃); Issiq halqalarning maksimal harorati; KD dagi issiqlik tashuvchining harorati. Chiqish signali: YP13S02 regulyator klapani orqali KD ga purkaladigan suv sarfini o‘zgartirish. ~ 84 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Boshqaruv obyektining matematik modeli uchun shartlar va cheklovlar: Tadqiq etilayotgan tizim bo‘yicha tenglamani ishlab chiqish va boshqaruv obyektini matematik model yordamida ifodalash maqsadiga erishish uchun quyidagi shartlarni kiritish zarur. Hajm kompensatori (KO) ishini modellashtirish xususiyati shundan iboratki, turli rejimlarda uning ichida bug‘ va suv muvozanat holatida ham, muvozanatsiz holatda ham bo‘lishi mumkin. Barqaror rejimda bug‘ va suv muvozanatda bo‘ladi, ya’ni harorat va bosim bir xil bo‘lib, ular to‘yingan holatdagi qiymatlarga mos keladi. Avariya holatida, ya’ni sovuq issiqlik tashuvchining KO ga kelib tushishi natijasida, muvozanatsiz rejim yuzaga keladi. Bunda isitgichlarning ishlashi tufayli suv asta-sekin qiziydi va to‘yingan haroratgacha yetadi. Reaktor qurilmasi ishga tushirilayotganda, dastlab azot yostig‘i hosil bo‘ladi, so‘ngra u asta-sekin bug‘ bilan siqib chiqariladi. Shunday qilib, bug‘ va suvning to‘rtta holat kombinatsiyasi mavjud: Qizigan bug‘ – to‘yingan suv Qizigan bug‘ – to‘yinmagan bug‘ To‘yingan bug‘ – to‘yingan suv To‘yinmagan bug‘ – to‘yinmagan suv Bu holatlar quyidagilarni aniqlashga asoslanadi: Elektr isitgichlar yoqilganda suvning aralashish harorati. Bug‘

Доказательный фрагмент

«В данной работе рассматривается построение математической модели управления разностью температур между теплоносителем в горячих нитках петель и компенсаторе давления в режиме полного расхолаживания реакторной установк…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной работе рассматривается построение математической модели управления разностью температур между теплоносителем в горячих нитках петель и компенсаторе давления в режиме полного расхолаживания реакторной установк… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ВВЭР-1200, теплоноситель, компенсатор давления, to‘liq sovitish, harorat dinamikasi., issiqlik tashuvchi, bosim kompensatori, boshqarish, VVER-1200, harorat farqi, matematik model
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники