К содержанию
РецензированоUZ2026

QADIMDAN INSON TURMUSHIDA KENG QO‘LLANILIB KELINGAN KIMYOVIY JARAYONLAR

KIMYOVIY JARAYONLAR · M.A. Kuchkarov · O. Ro‘ziyeva

Interpretation and researches · 2 · 165-168 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada kimyoning inson kundalik hayotidagi qo‘llanilishi tarixi tahlil etilgan. Kimyo, qadim zamonlardan buyon insoniyatning turli sohalarida qo‘llanilib, jamiyatni rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan. Kimyoning tibbiyot, oziq-ovqat sanoati, kosmetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalardagi foydalanish tarixiga oid ilmiy faktlar va misollar keltirilgan. Tadqiqot, kimyoning insonning ijtimoiy va madaniy hayotidagi o‘rnini chuqur tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, u uning rivojlanish jarayonidagi muhim bosqichlarni yoritadi va hozirgi kunda kimyoning kundalik hayotda qanday ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Kimyo tarixi, hayotiy tajribalar, bioximyoviy jarayonlar, qatiq ivitish, sumalak tayyorlash, mikrobiologiya, fermentatsiya, probiotiklar, ekologiya, tibbiyot. Kimyo tarixi insoniyatning eng qadimgi ilmiy sohalaridan biri sifatida, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Qadimda kimyo, alkimyo shaklida mavjud bo‘lib, insonlar metallarning sirli o‘zgarishini va ularning boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishish xususiyatlarini o‘rganishga intilishgan. Alkimyoviy tajribalar, shubhasiz, zamonaviy kimyoning poydevorini yaratdi, chunki bu jarayonlar ilmiy metodologiyaning rivojlanishiga olib keldi. Keyinchalik, Boyl qonuni va Lavuazening kashfiyotlari kimyoning asosiysi bo‘lib, uni ilmiy talqin ~ 69 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya qilishga sabab bo‘ldi hamda bugungi kungacha ko‘plab jarayonlarni tushuntirishda asosiy bilim manbaiga aylandi. Kimyo va biologiya o‘rtasidagi kesishgan sohalar, xususan, biokimyoviy jarayonlar, eng qiziqarli va dolzarb ilmiy tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir. Biokimyoviy jarayonlar organizmdagi moddalar almashinuvini va energiya oqimini o‘rganish uchun ilmiy asos bo‘lib, bu jarayonlarning aniqlanishi tibbiyot, ekologiya va biotexnologiyalarda katta ahamiyatga ega. Odam tanasida amalga oshadigan kimyoviy reaksiyalar va ular bilan bog‘liq energiya o‘zgarishlari, masalan, fermentatsiya va oksidlanish-reduksion reaksiyalar, hayotning davomiyligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega [1]. Odamlarning kundalik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan qatiq ivitish, mikrobiologiya va probiotiklar bilan bog‘liq jarayonlar, asosan, fermentatsiya hodisasining misolidir. Qatiq, dunyoning turli burchaklarida qadim zamonlardan beri tayyorlanadigan mahsulotlardan biridir. Uning tayyorlanish jarayoni mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Sutga probiotik bakteriyalar qo‘shilganida, ular sut shakarini (laktoza) fermentatsiya qilib, sut kislotasi va boshqa kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Natijada, sutning pH darajasi pasayib, kazein oqsili koagulyatsiya qilishi tufayli qatiq hosil bo‘ladi. Qatiq ivitish jarayoni, sutdagi laktozani laktobasillarning fermentatsiyasi orqali sut kislotasiga aylantirishni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon faqat mikroorganizmlar faoliyatini tushunish orqali izohlanishi mumkin [2]. Qatiq tayyorlashda, mikroorganizmlar fermentatsiya orqali sut tarkibidagi laktozani fermentatsiya qiladi va natijada sifatli probiotiklar hosil bo‘ladi. Probiotiklar, o‘z navbatida, ichak mikroflorasining salomatligini saqlashda va immun tizimining samarali ishlashida yordam beradi. Shunday qilib, qatiq ivitish nafaqat ozuqa tayyorlash san’ati, balki inson salomatligini mustahkamlashdagi ilmiy jarayon sifatida ham ahamiyatlidir. Sumalak - Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy taomini tayyorlash jarayonidir. Bu jarayon o‘zida bir necha biokimyoviy o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Fermentatsiya jarayoni, sumalakning xushbo‘y hidini va maxsus ta’mini beradi. Fermentatsiya jarayoni davomida bug‘doydagi ozuqa moddalarining (qandlar, ~ 70 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya oqsillar, vitaminlar va minerallar) hosil bo‘lishi ko‘p miqdorda bo‘ladi, bu esa sumalakni energiya bilan boyitadi va uning foydaliligini oshiradi. Sumalak tayyorlash ham fermentatsiya jarayoniga asoslangan an’anaviy va biokimyoviy jihatdan foydali bo‘lgan kashfiyotlardan biridir. Bu jarayonda, bug‘doy ko‘kati (amilaza) ishtirokida un tarkibidagi kraxmal gidroliz qilinib glyukoza hosil qilinadi. Sumalak tarkibidagi vitaminlar va minerallar, ayniqsa antioksidantlar, organizmni yangilash va energiya bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi [3]. Mikrobiologiya, o‘z navbatida, mikroorganizmlar - bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslarning tabiati, xususiyatlari va ular bilan bog‘liq biologik jarayonlarni o‘rganadigan ilmiy soha sifatida, kimyo va biologiyaning ajralmas qismiga aylangan. Fermentatsiya jarayonining mikrobiologik asoslari ko‘plab biologik va sanoat jarayonlarida qo‘llaniladi. Misol uchun, spirtli ichimliklar, non va pishiriqlar tayyorlashda, fermentlar yordamida, tabiiy ravishda amalga oshiriladigan kimyov

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kimyoning inson kundalik hayotidagi qo‘llanilishi tarixi tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kimyoning inson kundalik hayotidagi qo‘llanilishi tarixi tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sumalak tayyorlash, mikrobiologiya, probiotiklar, hayotiy tajribalar, tibbiyot., bioximyoviy jarayonlar, qatiq ivitish, ekologiya, fermentatsiya, Kimyo tarixi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники