Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
VEYTNAM KARP BALIQ ZOTINING YARATILISHI
Norbaev Bakhrom Baxtiyorovich · Jabborov Abdurashid Rayimovich · Normurodova Gulmira G’ulom qizi (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti)
Interpretation and researches · 544 · 253-266 · 2026
Аннотация
The article describes the development of the Vietnamese carp breed. Currently, the following carp breeds and breed groups have been established: Hungarian, Tatai, Ukrainian, Ropsha, Sarboyan, Krasnodar, Central Russian, Belarusian, Kazakh, German, Vietnamese, Stavropol, and others. Among the most widely distributed breeds are the Hungarian, Ukrainian, Czech, and Vietnamese carp. To improve the genetic production quality of local Vietnamese carp, a new Vietnamese carp breed was created through crossbreeding three genetic lines: local white-colored carp × Hungarian scaled carp × Indonesian yellow-colored carp. Kalit so‘zlar: sazan,karp,morfologik ko‘rsatkich,akvakultura,kenja tur,zot,venger karp baliq zoti,veytnam karp baliq zoti,mahsuldorlik. Ключевые слова: сазан, карп, морфологический показатель, аквакультура, подвид, порода, венгерский порода, въетнамские порода, рыбопродуктивность Keywords: Cyprinus carpio, carp, morphological indicator, aquaculture, subspecies, breed, Hungarian carp, Vietnamese carp, fish productivity KIRISH. Sazan (Cyprinus carpio) – juda o‘zgaruvchan tur bo‘lib, turli yashash akvatoriyalaridan ko‘plab turli xil populyatsion shakllarini o‘z ichiga oladi. Morfologik ma’lumotlarga asoslanib, sazanning to‘rtta kenja turi aniqlangan ya’ni Cyprinus carpio carpio (yevropa yoki ponto-kaspiy sazani), Cyprinus carpio haematopterus (Amur daryosini basseynidan to Janubiy Xitoygacha), Cyprinus carpio viridiviolaceus (janubiy veytnam sazani) va Cyprinus carpio aralensis (FAO, 2013; Kirpichnikov, 1967). Mitoxodrial va mikrosatellit DNK tahlillariga asoslangan keyingi genetik tadqiqotlar Cyprinus carpio aralensis ning kenja tur ekanligini tasdiqlamadi.Chunki u genetik jihatdan Cyprinus carpio carpio ga yaqin. (Kohlmann et al., 2003; Kohlmann et al., 2005; Memiş and Kohlmann, 2006). Sazanning xonakilashtirilgan shakli karp deyiladi. Dastlab sazan 5000 yil oldin Xitoyda xonakilashtirilgan. Xonakilashtirish jarayonida uning morfologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga olib kelgan. Tanasi kengayib, tana uzunligi qisqarib, turli shakldagi tangachalar paydo bo‘lgan. Tangachalar tana bo‘ylab har joyga ~ 18 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya sochilgan yoki to‘g‘ri chiziq bo‘ylab joylashgan. Hatto butkul tangachasizlarini ham uchratish mumkin. Oynasimon (zerkalniy) karp juda katta tangachalarga ega, huddi oynaga o‘xshash, nomi ham shundan kelib chiqqan. Katta tangachalar noto‘g‘ri qator yoki tartibsiz joylashgan, shuningdek baliqning asosiy sezgi organi hisoblangan yon chiziqlari bo‘ylab joylashgan. Karp (Cyprinus carpio L.) Karp dunyoning deyarli barcha, iliq chuchuk suv havzalarida uchraydi. Sharqiy Yevropa va Osiyo davlatlari (Vengriya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Vet’nam va boshqa) baliqchilik xo‘jaliklarida akvakultura ob’ekti sifatida keng foydalaniladi. Karp akvakultura sharoitida yetishtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda (oq amur, oqdo‘ngpeshona baliqlaridan keyin) tursa, O‘zbekiston va Rossiyada birinchi o‘rinni egallaydi. FOA ma’lumotiga ko‘ra karp balig‘i 2022-yilda dunyo bo‘yicha akvakultura sharoitida 4 mln tonnadan ortiq yetishtirilgan va 120 ming tonna ovlangan. Shu bilan birga akvakultura sharoitida karp balig‘ini yetishtirish yildan yilga o‘sib bormoqda. Hozirgi kunda karpning jahonda 100 ga yaqin zot va zot tiplari mavjud bo‘lib, ular turli baliq yetishtirish joylarida yetilib standart talablarga javob beradi. Masalan, yuqori darajada o‘sish va saqlanuvchanligi, qishni yaxshi o‘tkazishi, kasalliklarga chidamligi va hakozalar. Ushbu xilma-xillik asosida karpning quyidagi zot va zot guruhlari kelib chiqqan: venger, tatay, ukrain, ropshin (karp bilan amur sazani gibridi), sarboyan, krasnodar, o‘rtarus, belorus, qozoq, nemis, vetnam, stavropol, va boshqa. Ancha keng tarqalgan zotlaridan venger, ukrain, chex va vetnam karp baliq zotlaridir. Vengriyada Akvakultura va baliq ovlash ilmiy-tadqiqot institutida karp baliqlarining 30 dan ziyod zoti va krosslari yaratilgan. Rossiya Federatsiyasining davlat regestr ro‘yhatiga karp baliqlarni 15 zoti, 3 zot tipi va 4 kross olingan. Vetnam karp baliq zoti Vetnam davlatida sanoat baliq ovlash va akvakultura sharotida karp balig‘ini yetishtirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Vetnamning o‘zida karpning (Cyprinus carpio) 8 ta mahalliy va 3 ta iqlimlashtirilgan shtamm (gibrid) va zotlari mavjud. ~ 19 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya Vetnamning mahalliy (yovvoyi) karplari tropik iqlimga moslashgan bo‘lib, tabiiy ozuqalarni yaxshi istemol qilishi, o‘simliklar va detritlar bilan ham oziqlanish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Mahalliy vetnam karp baliqlari go‘shtining ta’mi juda mazali bo‘lishi bilan birga, bir qancha kamchiliklari ham mavjud. Ularning tana o‘lchami mayda, tovar baliq
Доказательный фрагмент
«The article describes the development of the Vietnamese carp breed.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article describes the development of the Vietnamese carp breed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Cyprinus carpio, carp, morphological indicator, aquaculture, sazan, venger karp baliq zoti, kenja tur, karp, morfologik ko‘rsatkich, zot, mahsuldorlik., veytnam karp baliq zoti, akvakultura
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025