К содержанию
РецензированоUZ2026

ADABIYOT DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING HAYOTIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI

RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI · Abdullayeva Maftuna Odiljon qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article discusses trends in developing students’ life skills in literature classes, modern literature classes, and the stages of developing life skills. Keywords: trend, life skills, differentiated approach, interactive methods, stimulating creativity, debates, multimedia presentations, interactive whiteboards, formative assessment, rubrics, portfolio, facilitator. XXI asr texnologiya asri bo‘lib, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ongiga salbiy ta’sir etadigan, ularning ma’naviy dunyoqarashini pasaytiradigan dasturlar soni ortib bormoqda. Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom, ajdodlarimizga munosib qilib tarbiyalash ta’lim tizimi oldida turgan muhim masaladir. Mamlakatimiz prezidenti Sh.M. Mirziyoyev qator asarlari va ma’ruzalarida yosh avlod tarbiyasi masalasiga a’lohida e’tibor qaratib, ularni milliy pedagogik qadriyatlar asosida tarbiyalash, nazariy bilimlarni Sharq mutafakkirlarining ilmiy-ma’rifiy ijodiyotiga oid g‘oyalari, 170 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 pand-nasihatlari va o‘gitlari asosida madaniyatli, ma’naviyatli qilib shakllantirish lozimligini uqtiradi. Jumladan, Prezident raisligida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi: ―Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi- bozor tramoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi- ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat. Xalqimiz orasida bilimsizlik, saviyasizlikni yo‘qotish, mamalakatimizni dunyo miqyosida rivojlangan davlatlar safiga qo‘shishda milliy mafkuraning orni beqiyos. Shu bois Prezident mamlakatimiz mafkurasining asosiy g‘oyasini ta’kidlab otdi: “Biz yashayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan” [1],- deydi Sh. Mirziyoyev. Аdabiy taʼlim tizimida oʼquvchilarning adabiyotga boʼlgan qiziqishi va bilimini toʼgʼri yoʼnaltirish, darslikdan oʼquv materiallarining asosiy va muhim jihatlarini ajrata olish koʼnikmalarini shakllantirish orqali adabiy tahlil kompetentsiyasini rivojlantirishda badiiy matn ustida ishlashga oʼrgatish usullari muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy matnni toʼgʼri tahlil va talqin qila olish malakasi insonning umummadaniy saviyasi, maʼnaviy-maʼrifiy balogʼati, dunyoni anglash salohiyati, hissiy-estetik idrokining taraqqiyoti uchun hissa qoʼshadi. [3,327- 334-b] Zamonaviy adabiyot darslari o‘z mohiyatiga ko‘ra an’anaviy darslardan sezilarli darajada farq qiladi. Ular nafaqat adabiy asarlarni tahlil qilishga, balki o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, kommunikatsiya va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Quyida zamonaviy adabiyot darslarining asosiy xususiyatlari keltirilgan: 1. O‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim: • Markazda o‘quvchi: Dars jarayonida asosiy e’tibor o‘quvchining faolligiga, uning o‘z fikrini bildirishiga, munozaralarda ishtirok etishiga qaratiladi. • Differensial yondashuv: Har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini, qiziqishlarini hisobga olgan holda ta’lim berish. • Mustaqil o‘rganish: O‘quvchilarga mustaqil ravishda ma’lumot izlash, tahlil qilish, xulosa chiqarish imkoniyatini berish. 2. Interaktiv metodlar: 171 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 • Munozaralar: Asar mavzusi, qahramonlar xarakteri, muammolari yuzasidan munozaralar tashkil etish. • Rollari o‘yinlar: Asar qahramonlari rolini o‘ynash orqali o‘quvchilarning empatiyasini rivojlantirish. • Guruhli loyihalar: Guruhli loyihalar orqali hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish. • Kichik guruhlarda ishlash: Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish. • Debatlar: Bahsli mavzular yuzasidan debatlar tashkil etish, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish ko‘nikmasini shakllantirish. 3. Kreativlikni rag‘batlantirish: • Ijodiy insholar: O‘quvchilarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etish imkoniyatini beruvchi ijodiy insholar yozishni taklif qilish. • She’rlar, hikoyalar yozish: Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish. • Rasmlar chizish, kollajlar yasash: Vizual tasavvurini rivojlantirish. • Sahna ko‘rinishlari: Asar asosida sahna ko‘rinishlari tayyorlash va namoyish etish. 4. Texnologiyalardan foydalanish: • Interaktiv doskalar: Dars jarayonini vizual tarzda boyitish. • Onlayn resurslar: Ma’lumot izlash, elektron kitoblar o‘qish, interaktiv testlar ishlash. • Multimedia taqdimotlar: Dars mavzusini yanada qiziqarli va tushunarli qi

Доказательный фрагмент

«This article discusses trends in developing students’ life skills in literature classes, modern literature classes, and the stages of developing life skills.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses trends in developing students’ life skills in literature classes, modern literature classes, and the stages of developing life skills. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
trend, life skills, differentiated approach, interactive methods, stimulating, formative baholash, rubrikalar, multimedia taqdimotlar, portfolio, interaktiv doskalar, kreativlikni rag‘batlantirish, debatlar, differensial yondashuv, interaktiv metodlar, tendensiya, hayotiy ko‘nikma, fasilitator.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники