Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATIDA SINONIMLARNING AHAMIYATI
Norova. Sh. · Xayitmamatova Charosxon Yodgorbekovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the fact that the work of the Uzbek people's poet Muhammad Yusuf is distinguished by its rich content and impressive style of expression. His skillful use of synonyms in poetry is analyzed. Keywords: synonym, synonym, poem, dominant, style, neutral, Turkish. ЗНАЧЕНИЕ СИНОНИМОВ В ПОЭЗИИ МУХАММАДА ЮСУФА Аннотация. В статье рассматривается творчество узбекского народного поэта Мухаммада Юсуфа, отличающееся богатым содержанием и впечатляющей манерой выражения. Анализируются такие вопросы, как умелое использование синонимов в поэзии. Ключевые слова: синоним, синоним, стихотворение, доминанта, стиль, нейтральный, турецкий. Nutqda eng ko’p tarqalgan hodisalardan biri sinonimlik hodisadir. Sinonimlar – ma’nodosh so’zlar deb ham ataladi, shakli har xil, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin so’zlar bo’lib, har bir tilning nuqt boyligidir. Ma’nodosh so’zlar bir ma’noni xilma-xil so’zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda, so’z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Bir ma’noni ifodalovchi so‘z yoki qo‘shimchalarga sinonimlar deyiladi. 2 83 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lgan so‘z yoki qo‘shimchalar sininimlar uyasi yoki sinonimlar qatori deyiladi. Sinonimlik qatorda bitta so‘z dominanta (asosiy so‘z) bo‘lib, barcha (so‘zlashuv, badiiy, ilmiy, publististik, rasmiy) uslublarda qo‘llana oladi1. Masalan: katta, ulug’, buyuk, gigant, bahaybat, ulkan sinonimik qatordagi katta so‘zi dominant (uslubiy betaraf, neytral so‘zdir. Ma’nodosh so’zlar bir ma’noni ifodalasa ham, lekin ularning ma’no darajasi, ijobiy va salbiy jihatga egaligi, ma’lum uslub xoslanishi bilan farq qiladi. Yuz so‘zini misol qilib oladigan bo‘lsam: yuz, oraz, chehra, ruhsor – ijobiy tarafi. Salbiy taraf: bet, aft, turq, bashara kabilarni ko‘rsatishimiz mumkin. Muhammad Yusuf she’riyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ham shu aslida. Shoir Muhammad Yusuf o’z ijodida sinonim so’zlardan mahorat bilan foydalana olgan. So‘zning qanchalar jilokorligini, inson qalbiga yetib borguvchi ilohiy bir qudrat ekanligini shoir o‘zining o‘tkir qalami orqali yoritib bergan. Har bir so’zni qadrlagan, uni o’z va ko’chma ma’nolarini topib o’z o’rnidan qo’llay olgan. Bunday usullar she’rlarning rang-barangligini ta’minlab, ularning xalq qalbi va ongiga muhrlanib qolishi uchun imkon yaratgan. Hammamizga malumki shoirning ko‘pchilik she’rlari qo‘shiq qilib kuylangan. Shoir har bir yozgan she’rlarida sinonimlardan oqilona foydalangan. Yozuvchining hamma uchun tanish va hatto qo’shiq bo’lib kuylangan mashhur “Vatanim” she’rida sinonimlarni tahlil qiladigan bo‘lsak: Men dunyoni nima qildim, O’zing yorug’ jahonim. O’zim xoqon, O’zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg’izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O’zing mening ulug’lardan Ulug’imsan, Vatanim2. 1 R.Sayfullayeva, B.Mengliyev va boshqalar. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Toshkent-2009. 2 Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.13-bet. 2 84 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ushbu bandga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak, shu birgina bandning o’zida bir nechta sinonimlarni ko‘rishimiz mumkin: Jahonim – vatanim, xoqon – sulton, yolg’izim –yagonam. She’r tarkibidagi bu kabi sinonim so’zlarning qo’llanishi she’r mazmunining kengayishiga, ta’sirchanligiga fikrning rang-barangligini ko’rsatishga, yordam beradi. Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga. Bandidagi chechak so‘ziga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak aslida bu gul manosida kelyapti. Chechak so‘zi sof turkiycha so‘z hisoblanadi. Men ketsam, yomondan Yiroq bo’l, ohu, Chunki sen chiroyli, Ko’rkli bir juvon. Hali to’ylar qilib Charchaysan, erkam Gulim, yaqinroq kel, Qara, ne savdo, Bu ajib ishlarni Dil lavhiga yoz. Kimga qasr yetmas, Kimga mol-dunyo, Ko’ksimkuyib borar, Ko’krak yonmoqda3 Hammaning qalbi va yuragidan joy olgan “Lolaqizg’aldoq” she’ridan olingan yuqoridagi parchaga nazar soladigan bo’lsak, shoir yoriga murojaat tarzida: ohu–erkam-gulim so’zlari ayol- yor so‘zlariga sinonim qilib olingan. Chiroyli-ko’rkli sinonimlari yorning go’zalligini ochib berishga qaratilgan. Savdo-ish esa har ikkalasi ham g’am-tashvish, mashaqqat va kulfat ma’nosidagina bir tushunchani ifodalab, she’rning ta’sir kuchi boyitib bergan. “Ko’ksim kuyib borar 3 Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.11-bet. 2 85 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ko’krak yonmoqda Iboralari frazaviy sinonimik qatorni tashkil qilmoqda. Bu sinonimik qatorlar she’r rang- barangligini ta’minlash, nozik ma’no qirralarini ochib berish uchun qo’llanilgan. Tirik yursa volidang Toqqa Kuching yetarkan, Onang o‘lsa boshingdan Oftob o‘tib ketarkan Jindekkina alam ham
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the fact that the work of the Uzbek people's poet Muhammad Yusuf is distinguished by its rich content and impressive style of expression.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the fact that the work of the Uzbek people's poet Muhammad Yusuf is distinguished by its rich content and impressive style of expression. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- synonym, synonym, poem, dominant, style, neutral, Turkish, uslub, she’r, turkcha., dominanta, neytral, sinonim, manodosh
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024