Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PETR I DAVRIDA ROSSIYANING XIVA XONLIGIGA BO’LGAN QIZIQISHI
NEW RENAISSANCE · Erkinboyev Fozilbek Zokirjon o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Petr I davrida Rossiya imperiyasining Xiva xonligiga bo‘lgan qiziqishi tahlil qilinadi. Rossiyaning bu hududga e’tibor qaratishining asosiy sabablarini iqtisodiy manfaatlar, savdo yo‘llarini nazorat qilish va geosiyosiy strategiya bilan bog‘lash mumkin. Xiva xonligi Hindiston va Eron bozorlariga olib boruvchi muhim karvon yo‘llari ustida joylashgani sababli Rossiya uchun jozibador nuqta bo‘lib xizmat qilgan. Maqolada 1714–1717-yillarda Rossiya tomonidan uyushtirilgan diplomatik va harbiy ekspeditsiyalar, ularning maqsadi hamda natijalari yoritiladi. Rossiya hukumatining Xiva xonligiga bo‘lgan qiziqishi keyingi yillarda ham davom etgan va bu jarayon Rossiya-O‘rta Osiyo munosabatlariga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu tadqiqot mavzu bo‘yicha tarixiy jarayonlarni tushunishga yordam berishi bilan ahamiyatlidir. Kalit so’zlar: Astraxan va Volgabo‘yi, Do‘st Bahodir, O‘zboy, A. B. Cherkasskiy, Guryev, senat, Mang‘ishloq, Eshmixo‘ja, Volinskiy, Mirza Tavakkalov, Porsu, otin qum, Sherg‘ozi Jonto‘ra o‘g‘li. XVIII-asr Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat keskin o‘zgarishlarga boy bo‘lib, Rossiya imperiyasi bu hududga o‘z ta’sirini o‘tkazishga harakat qilgan davr edi. Shu davrda Xiva xonligi Markaziy Osiyoning muhim siyosiy va iqtisodiy markazlaridan biri bo‘lib, mustaqilligini saqlab qolish uchun turli diplomatik va harbiy choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi. Rossiya imperiyasining janub tomon kengayish siyosati Xiva bilan aloqalarni murakkablashtirdi va ikki davlat o‘rtasida savdo, diplomatiya hamda harbiy to‘qnashuvlar yuzaga keldi. Rossiya, ayniqsa, Petr I davrida Markaziy Osiyoga qiziqish bildirgan bo‘lib, bu hududni iqtisodiy va harbiy jihatdan o‘z ta’sir doirasiga kiritishga harakat qilgan. Xiva xonligi esa o‘z navbatida, tashqi kuchlarning aralashuviga qarshi tura oladigan darajada kuchli harbiy va siyosiy tizimga ega edi. Shunga qaramay, Rossiyaning savdo manfaatlari, asirlarni ozod qilish kabi masalalar Xiva bilan aloqalarni davom ettirish zaruratini keltirib chiqardi. Iqtisodiy va savdo manfaatlari; Xiva xonligi Hindiston va Eron bozorlariga olib boruvchi karvon yo‘llari ustida joylashgani sababli Rossiya savdogarlari uchun ahamiyatli edi. 24 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 Astraxan va Volgabo‘yi savdogarlari O‘rta Osiyo bozorlariga chiqishni istar, bu esa hudud barqarorligini ta’minlash zaruratini tug‘dirardi. Geosiyosiy va strategik ahamiyat; Rossiya O‘rta Osiyo hududida o‘z ta’sirini oshirishga harakat qilgan davrda Xiva xonligi muhim nuqta bo‘lib xizmat qilardi. Amudaryo va Kaspiy dengizi orqali savdo va harbiy yo‘llarni mustahkamlash imkoniyati Rossiya uchun jozibador edi. 1714–1717-yillardagi harakatlar; Rossiya hukumati Xiva bilan diplomatik va harbiy aloqalarni o‘rganish maqsadida turli ekspeditsiyalar uyushtirdi. Bu yurishlar savdo-sotiq, strategik hamkorlik va harbiy kuch imkoniyatlarini baholashga qaratilgan edi. Biroq bu tashabbuslar kutilgan natijalarni bermadi. Petr I davrida Rossiyaning Xiva xonligiga bo‘lgan e’tibori asosan iqtisodiy va geosiyosiy manfaatlar bilan bog‘liq edi. Ushbu harakatlar keyingi asrlarda ham davom etgan Rossiya-O‘rta Osiyo munosabatlariga asos soldi. Xiva xonligining muhtasham tarixida Chor Rossiyasi bilan munosabtalari alohida o’ringa egadir. Markazlashgan davlatga aylanayotgan Rossiya asta-sekin mustahkamlanib, avval turkiy xalqlarning Qozon, Astraxan va Qrim xonliklarini o‘ziga bo‘ysundirgan, keyinchalik esa Sibir xonligiga yurish boshlagan edi. Ushbu harakatlarni diqqat bilan kuzatgan ingliz siyosatchilari Osiyodagi o‘z manfaatlarini himoya qilish mustahkamlash uchun turli choralar ko‘rishga harakat qilgan. Masalan, ular Eron va Hindiston bilan uzoq yillik aloqalarga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo xonliklarining hukmron doiralarini o‘z ta’sir doirasiga tortishni maqsad qilgan. Shu sababli, savdogar va sayyohlar ko‘rinishida josuslar yuborilgan. 1688-yilda esa Buxoro qo‘shinlari Xorazm hududini zabt etib, Subhonqulixon Xiva taxtiga o‘z noibi Jo‘jixonning o‘g‘li Shoh Niyozni o‘tqazgan. Buxoro mustaqillikka erishish yo‘llarini izlayotgan bir paytda uning vassal hukmdori rus podshosi Petr Iga Do‘st Bahodir ismli elchisini yuborib, yordam so‘radi. 1700-yil 30-iyunda1 rus podshosining ishonch yorlig‘ini qo‘lga kiritgan Shoh Niyoz o‘zini xon deb e’lon qildi. Ammo uning hukmronligi uzoq davom etmadi. Shoh Niyoz 1702-yilda hayotdan ko‘z yumdi. Taxtga yangi hukmdor – Arab Muhammad kelganida, u o‘z nomiga yorliq olish uchun Do‘st Bahodirni yana Petr I huzuriga yo‘lladi. Rus podshosi unga yorliq bilan birga, tuhfa sifatida 1000 ta oltin tanga, 40 ta qimmatbaho suvsar terisi va 3 dona miltiq hadya qildi.2 1713-yilda Astraxanga yetib kelgan mang‘ishloqlik turkman savdogari Xo‘ja Nafas O‘zboy hududida oltin 1 Попов А. Сношение России с Хивой и Бухарою при Петре Великом. СПб., 1893. Турк. сб. Ташкент, т. 77, с. 388; Жуковский С. В. Сношение России с Бухарой и Хивой за последнее трёхстолетие. Петроград, 1915, с. 42;
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Petr I davrida Rossiya imperiyasining Xiva xonligiga bo‘lgan qiziqishi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Petr I davrida Rossiya imperiyasining Xiva xonligiga bo‘lgan qiziqishi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Porsu, O‘zboy, Volinskiy, A. B. Cherkasskiy, Eshmixo‘ja, Astraxan va Volgabo‘yi, Sherg‘ozi Jonto‘ra o‘g‘li., senat, Do‘st Bahodir, Mirza Tavakkalov, Guryev, Mang‘ishloq, otin qum
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийAND NOWROZ”, Fozilova OgiloFayoz kizi2025