Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BAHOLASHDA LOYIHA ISHLARIDAN FOYDALANISH
Abdiraimov Shohruh Samad oʻgʻli · ASOSIY QISM.
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Globallashuv ta’limda yumshoq ko‘nikmalarni shakllantirishni taqozo etmoqda. Shu bois o‘qitish va baholash jarayonida loyiha ishlaridan faol foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur tezishda loyiha ishi, uning turlari, tayyorlash bosqichlari, baholash mezoni hamda baholashda loyiha ishlaridan foydalanishning hamiyati haqida so‘z boradi. Shuningdek, mavjud nazariy qarashlar umumlashtirildi, tahlil etildi va umumiy xulosa bayon etildi. Kalit soʻz: baholash, loyiha ishi, loyiha ishi turlari, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, jamoda va hamkorlikda ishlash Maʼlumki, taʼlim oluvchilarining bilim va koʻnikmalari turli baholash instrumentlari yordamida baholanadi. Jumladan, testlar, yozma ishlar, ogʻzaki taqdimotlar, amaliy ishlar va boshqalar. Shular qatorida, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholashda loyiha ishlaridan ham foydalaniladi. Eʼtiborli jihati, ushbu baholash instrumenti nafaqat oʻquvchilarning bilimlarini, balki mustaqil fikrlash, ijodkorlik, jamoada ishlay olish va oʻz pozitsiyasini bayon eta olish kabi “yumshoq” koʻnikmalarini ham baholashga imkon beradi. Shu bois ham jahon pedagogikasida loyihaga asoslangan taʼlim ommalashmoqda. ASOSIY QISM. Loyiha ishi – oʻquvchilardan tadqiqot oʻtkazish, muammolarga yechim topish, yangi gʻoyalarni taqdim etishni talab etadigan oʻquv topshirigʻi[6: 114]. Taʼlim jarayonida ulardan faol foydalanish fanlarni real hayotga yaqinlashtiradi va oʻquvchilarning darsga boʻlgan motivatsiyasini oshiradi. Taʼlim jarayonida loyiha ishlarining bir qator turlaridan foydalaniladi(1- rasmga qarang): 1-rasm. Loyiha turlari Loyiha ishlari taqdim etish shakliga koʻra amaliy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyiha ishlariga ajratiladi[1]. 124 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Amaliy loyihalar – hayotiy masalalarni amaliy hal etishga qaratilgan loyihalar. Jumladan, shaharda jamoat transporti xizmatini yaxshilash, chiqindilardan qushlarga in qurib berish, lugʻatlar tayyorlash kabilar boʻlishi mumkin. Ilmiy-tadqiqot loyihalari – muayyan bir mavzuga oid ilmiy izlanishlarni oʻtkazish, nazariy maʼlumotlar toʻplash, tahlil qilish va umumlashtirib nazariy xulosalar chiqarishdan iborat boʻlgan loyiha ishlari. Jumladan, Oʻzbek tilining fonetik xususiyatlari haqida tadqiqot yoki Oʻzbek tilida fikr bayonida tasviriy ifodalarning roli kabi mavzularda boʻlishi mumkin. Innovatsion loyihalar – muayyan hayotiy masalalarni fan-texnologiyalari yutuqlaridan foydalanib innovatsion hal etishga qaratilgan loyihalar. Bunda veb dasturlar, robototexnika, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. Jumladan, Inson aralashuvisiz ishlovchi darsda tanaffus boshlangani maʼlum qiluvchi tizimini yaratish yoki Oson yuklanuvchi hamda oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshiruvchi mikro-mobil oʻyinlari yaratish Loyiha ishlari sohasi va mavzusiga koʻra bir qator turlari farqlanadi. Jumladan, ijtimoiy, ijodiy, ekologik, moliyaviy loyiha ishlari kabilar. Ijtimoiy loyihalar – mahalliy yoki global ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan loyiha ishlari. Masalan, Mahallamiz ijtimoiy muhitini yaxshilash uchun takliflar dasturini ishlab chiqish, Qoʻshnilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni yaxshilash dasturini ishlab chiqish. Ijodiy loyihalar – yangi ijodiy mahsulot yaratishga qaratilgan loyiha ishlari. Bunda audiomateriallar, videomateriallar, grafik tasvir materiallari kabilar tayyorlanadi. Masalan, “Oʻrmonni ifloslantirgan va tabiat gʻazabini qoʻzgʻatgan odamlarning qismati” mavzusida ertak tayyorlash yoki “Dahshat hikoyasi asosida asar muallifi bilan suhbat” mavzusida intervyu tayyorlash Ekologik loyihalar – mahalliy yoki global ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan loyiha ishlari. Masalan, Eko-shaharning 3D maketini tayyorlash, Mahalliy hududda chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish dasturini tayyorlash. Moliyaviy loyihalar – iqtisodiy masalalarni yangicha yechimini topishga qaratilgan, oʻquvchilarning moliyaviy savodxonligini oshiradigan loyiha ishlari. Jumladan, “Chiqindilarni qayta ishlash orqali daromad olish”, “Onlayn xaridlar va ularning moliyaviy samaradorligini baholash” mavzularda loyiha ishlari tayyorlash. Loyiha ishlari kim tomonidan bajarilishiga koʻra ikki guruhga ajratiladi: – individual loyiha ishlari; 125 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference – jamoaviy loyiha ishlari. Individual loyiha ishlari – bir kishi tomonidan bajariladigan loyiha ishlari. Jumladan, chiqindilardan qushlarga in qurib berish. Jamoaviy loyiha ishlari – guruh yoki jamoa tomonidan bajariladigan loyiha ishlari. Jumladan, Eko-shaharning 3D maketini tayyorlash. Loyiha ishi muayyan bosqichlarda tayyorlanadi[2:10](2-rasmga qarang). 2-rasm. Loyiha ishini tayyorlash bosqichlari Bunda quyidagi qadamlar ketma-ketligida bajariladi: 1-qadam. Mavzu tanlash. Bu bosqichda oʻquvchilarning qiziqishlari va bilish darajasiga mos mavzu tanlaydi. Shundan soʻng loyihani tayyorlash uchun aniq maqsad belg
Доказательный фрагмент
«Globallashuv ta’limda yumshoq ko‘nikmalarni shakllantirishni taqozo etmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюGloballashuv ta’limda yumshoq ko‘nikmalarni shakllantirishni taqozo etmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodkorlik, loyiha ishi turlari, baholash, jamoda va hamkorlikda ishlash, loyiha ishi, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026