К содержанию
РецензированоUZ2009

VIRTUAL OLAMDAGI O‘ZBEK ISMLARINING LEKSIK VA SEMANTIK TABIATI

EDUCATION SYSTEM

Наука и инновации в системе образования · 108-113 · 2009

Аннотация

The transition between the 20th and 21st centuries marked the rapid integration of computer technologies, shaping new communication processes. Virtual onomastics, the use of personal names in virtual interactions, reveals distinct linguistic features. This paper examines the structure, thematic categories, and linguistic characteristics of nicknames used in Uzbek virtual communication. Anthropomorphic, mixed, appellative, and alphanumeric patterns are identified, highlighting tendencies toward anonymity and individuality. The analysis of virtual communication sheds light on the interplay between the Uzbek language and international linguistic practices. Keywords: virtual communication, onomastics, nicknames, anonymity, uzbek language. XX va XXI asrlar chegarasi kompyuter texnologiyalarining jadal kirib kelishi bilan belgilandi. Shu munosabat bilan kompyuter orqali amalga oshiriladigan yangi aloqa turi - kompyuter vositasidagi kommunikatsiya haqida gapirish o'rinli. Olimlar orasida bu hodisaning nomlash va farqli xususiyatlarini ajratib ko'rsatish bo'yicha yagona fikr yo'q: Internet diskurs (N. A. Axrenova 2009, L. R. Diasamidze 2010, M. S. Rijkov 2010, G. N. Trofimova 2004), virtual diskurs (O. V. Lutovinova 2009), elektron diskurs (P. E. Kondrashov 2004), kompyuter diskursi (E. N. Galichkina 2001, A. I. Samaricheva http), tarmoq diskursi (N. L. Morgun 2002), internet kommunikatsiyasi (E. I. Goroshko 2009, N. V. Tselepidis 2009), virtual kommunikatsiya (N. G. Asmus 2005), elektron kommunikatsiya (V. A. Maslova 2008, F. O. Smirnov 2004), kompyuter kommunikatsiyasi (M. Kastels 2004), tarmoq kommunikatsiyasi (N. G. Bagdasaryan 2001), kompyuter vositasidagi kommunikatsiya (I. N. Rozina 2007, E. M. Chuxarev 2008, D. Crystal 2001, S. Herring). Internet kommunikatsiyasining rivojlanishi shaxsiy nomlarning keng qo'llanilishiga olib keldi. Virtual onomastika - bu shaxsiy nomlarning alohida faoliyat sohasi bo'lib, kompyuter vositasidagi kommunikatsiya sharoitida zarur bo'lgan qo'shimcha nomlash tizimi hisoblanadi [1]. Virtual antroponimikon - bu virtual maydondagi atoqli nomlar (odamlarning ismlari) majmuidir. Virtual 51 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference muloqotda atoqli nomlarning quyidagi shakllari farqlanadi: login, domen nomi, nikonim (nik, nikname, username). Login - kompyuter tizimiga kirish huquqini olishda foydalanuvchini identifikatsiya qiladigan belgilar ketma-ketligi. Loginga faqat login egasi va server biladigan maxfiy ma'lumot - parol ilova qilinadi (adminloginname, iablo, lochin, axrorova12). Domen nomi - bu sayt nomini bildiruvchi yoki elektron pochta qutilari nomlarida ishlatiladigan ma'lum harflar ketma-ketligi (ok.ru, facebook.com, x.com, umail.uz). Nikonim (nikname, nik, username) - onlayn muloqot, chatda ishlatiladigan nom (Bulbulcha, diablo, Bekzod Shukurov, qotil1995). Bir qator olimlar (N. G. Asmus 2005, E. G. Brunova 2009, P. E. Kondrashov 2004, L. V. Samoylenko 2010, Yu. V. Chepel 2009) nikni taxalluslar toifasiga kiritib, uni sun'iy maqsadli o'z-o'zini nomlash natijasida yaratilgan to'qima noasosiy nom sifatida belgilaydilar. K. V. Ovcharovan nikni rasmiy nom bilan mos kelmaydigan laqab sifatida, ismning alohida shakli sifatida ko'rib chiqadi [2]. Nik o'zining xususiyatlari tufayli bir qator belgilari bo'yicha laqab va taxallus bilan yaqinlashadi. Nikname – kommunikant tomonidan mavjud nomlar orasidan tanlanadigan yoki muloqot uchun o’ylab topiladigan soxta laqabdir. O’zbek virtual muloqotida ham niklardan foydalanish tobora urfga kirmoqda. O’zbek virtual kommunikantlari virtual muloqotga kirish jarayonida o’zlariga u yoki bu ismdan foydalanish, o’z shaxsini yashirish maqsadida to’qima nomlarni o’ylab chiqarish, boshqa virtual ishtirokchilarning diqqatini tortish uchun g’ayritabiiy nomlardan foydalanish, nik tanlashda nafaqat o’z lug’at boyligiga, balki xorijiy ismlarga murojaat qilish, niklarda multfilm qahramonlari, turli filmlar personajlari va boshqa nomlaridan foydalanish, userneym tarkibiga turli xil belgilar ishlatishi mumkin. Umaman olganda, chatlarning onomastik makonida niklarning quyidagi strukturaviy turlarini ajratishimiz mumkin:  Antroponimik, mavjud antroponimning rasmiy o'zgartirilishiga asoslangan (MukkaramSodiqova, Og’aBEK, Akmalnur);  aralash, antroponimik va umumiy elementlardan tashkil topgan (Ozo93, XuLLigAN_Anvar, dili_creative);  apellyativ, faqat turdosh elementlardan tashkil topgan (SexrliQizaloq, Oq_MERSdagi_shaxzoda, moi et toi);  harf-raqamli (Dxx~BrB, 99892344324Qil, K_15). O’zbek virtual nomlarining fonetik, strukturaviy-grafik va orfografik xususiyatlarini ko'rib chiqish quyidagilarni aniqlashga imkon berdi: 52 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference a) bir so'zli nikneymlar guruhi ustunlik qiladi (Akbar, Fozil, Muxarram); b) niklarning grafik ko'rinishida lotin o'rniga kirill alifbosining ko’proq ishlatilishi, ingliz va o’zbek hamda rus va o’zbek so'z

Доказательный фрагмент

«The transition between the 20th and 21st centuries marked the rapid integration of computer technologies, shaping new communication processes.»

Образец извлечения

Демо-превью

The transition between the 20th and 21st centuries marked the rapid integration of computer technologies, shaping new communication processes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
virtual communication, onomastics, nicknames, anonymity, uzbek language.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники