К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARIDA LIDERLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Karimova Madinabonu Baxromjon qizi

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

mazkur tezisda maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlarining liderlik sifatlarini rivojlantirishda ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik shart-sharoitlar yoritilgan. Rahbar shaxsining pedagogik yetakchi sifatida shakllanishi uchun zarur tashkiliy-muhandislik, psixologik va metodik omillar ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Liderlik sifati ta’lim jarayonining sifat ko‘rsatkichlari bilan bevosita bog‘liqligi dalillar asosida ochib beriladi. Maqola maktabgacha taʼlim tashkilotlari boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish jarayonida rahbar shaxsini kompleks rivojlantirish zaruriyatiga urgʻu beradi. Kalit so‘zlar: liderlik, pedagogik shart-sharoitlar, maktabgacha taʼlim, rahbarlik kompetensiyalari, taʼlim sifati, innovatsion boshqaruv. Zamonaviy taʼlim jarayoni rahbar shaxsidan nafaqat boshqaruv malakasi, balki kuchli liderlik xususiyatlarini ham talab etmoqda. Ayniqsa, maktabgacha taʼlim tizimida bu talab yanada dolzarb bo‘lib, bu sohada faoliyat yuritayotgan rahbarlar bolalar rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhitni boshqarish, jamoani bir maqsad sari birlashtirish, innovatsiyalarni joriy etish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar rahbarlik faoliyatini faqat nazorat asosidagi boshqaruvdan strategik va innovatsion yetakchilik darajasiga olib chiqishni nazarda tutmoqda. Shunday ekan, maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarida liderlik sifatlarini rivojlantirish uchun qanday pedagogik shart-sharoitlar zarur degan masala bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. V.A.Sadiyev o`zining “Oliy ta’lim muassasasi transformatsiyasining tashkiliy-pedagogik sharoitlarini yaratish” dissertatsiya ishida OTM transformatisyasini amalga oshirishning quyidagi pedagogik shart-sharoitlarini keltirib o`tgan: kadrlar resurslari, normativ, o`quv metodik ta’minot, texnologik, moddiy-ma’naviy ta’minot, moliyaviy barqarorlik, raqamli axborot muhiti. G.N.Nigmatova “Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakllantirish” tadqiqot ishida uch xil pedagogic shart-sharoitlarni keltirgan. Birinchi pedagogic sharoit – maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining shaxsiy darajada iqtisodiy 172 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference kompetentlikni shakllantirishga ta’limiy ehtiyojini o`rganish. Ikkinchi pedagogic shart-sharoit – bu androgogik ta’lim dasturini amalga oshirishning modulli tizimi. Uchinchi pedagogic shart-sharoit – iqtisodiy kompetentlikning shakllantirilishini monitoring qilib borish. Sh.N.Qosimova maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining ehtiyojga asoslangan uzluksiz malakasini oshirish jarayonida pedagogik shartlar deb quyidagilarni hisoblaydi: - umumiy tayyorgarlik, umumkasbiy tayyorgarlik, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik hamda variativ bloklarni o‘z ichiga olgan o‘quv rejasiga asoslangan malaka oshirish ta’lim mazmuni; - maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv faoliyatidagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda maxsus qisqa kursning mazmuni; - malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining motivatsiyasini rivojlantirish va o‘zaro ishonch, hamkorlik muhitida boshqaruv faoliyati usullari va shakllarining mazmuni; - malaka oshirish jarayonidagi MTT direktorining boshqaruv faoliyatini rivojlanishida qo‘llab-quvvatlovchi andragog-o‘qituvchining holati. N.Sh.Miryusupova “Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirish” ilmiy ishida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirish uchun malaka oshirishni tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari sifatida quyidagilarni belgilagan: 1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kvalitologik va kompetentligini rivojlantirishni aksiologik, akmeologik, tizimlilik, kompetentli va refleksivlik yondashuvlar asosida takomillashtirish modeli va yondashuvlarning tamoyillaridan kelib chiqqan holda qisqa muddatli kurslar dasturi asosida MTT rahbarlari bilan malaka oshirish jarayonini tashkil etish; 2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarini kvalitologik kompetentligini rivojlantirish jarayonida psixologik-androgogik qo`llab-quvvatlash, rahbar kadrlarning ta’lim sifatini boshqarish zaruriyatini anglash darajasini muntazam oshirib borishga amal qilishdan iborat. Pedagogik shart-sharoitlarning mazmuni. Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlarida liderlik sifatlarini rivojlantirishda quyidagi pedagogik shart- sharoitlar ajralib turadi: 1) Tashkiliy-metodik sharoitlar  Rahbarlar uchun muntazam malaka oshirish kurslari tashkil etilishi;  Innovatsion boshqaruv metodikalari bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilishi; 173 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference  Amaliy liderlik vazifalarini bajarish orqali tajriba orttirish imkoniyatlari yaratilishi. 2) Psixologik-pedagogik muhit  Erkin fikrlash va qaror qabul qilish uchun ochiq muhit yaratish;  Ra

Доказательный фрагмент

«mazkur tezisda maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlarining liderlik sifatlarini rivojlantirishda ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik shart-sharoitlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur tezisda maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlarining liderlik sifatlarini rivojlantirishda ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik shart-sharoitlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktabgacha taʼlim, pedagogik shart-sharoitlar, innovatsion boshqaruv., taʼlim sifati, rahbarlik kompetensiyalari, liderlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники