Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQ DOSTONLARINI O’QITISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Sabitova T.
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
ushbu maqolada bugungi kunda xalq og’zaki ijodi va uning rivojlanishiga doir psixologik qarashlar yoritilgan. Psixolog olimlarining xalq og’zaki ijodini o’qitishdagi roli va ahamiyati borasidagi yondashuvlari ilmiy nazariy jihatdan tahlil etilgan. Kalit so’zlar: epos, doston, xalq og’zaki ijodi, tasvir, ta’lim, tarbiya, ijod, adolat, badiiy xususiyat. Folklor asarlarini o‘qitish orqali talaba yoshlarda ijodiy ishtiyoqqa qiziqishni oshirish, uning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Insonda tassavurni yanada boyitadi. Folklor asarlarini o‘qitish natijasida inson tafakkurida tasavvur rivojlanadi uning hayoliyotining rivojiga va o‘zining erkin tasavurrini shakllantirishiga xizmat qilishi bilan ajiralib turadi. Xalq pedagogikasining asosiy vositalari xalq og‘zaki ijodi, xalq qo‘shiqlari, xalq raqslari va musiqasida ko‘rinadi. Buning barchasi folklorda mujassamlashgan. Buning natijasida kelajak avlodga folklor asarlarini tushunarli va o‘zgarishlarsiz yetakazib berish zaruriyati mavjuddir. Folklor asarlarining saqlab qolinishi va rivojlanishi millatning, davlatning o‘ziligini saqlab qolish imkoniyatini yanada kuchaytiradi. Shunday ekan, yoshlarning hissiy holatlarini rivojlantirish va ularning faolliklarini oshirishda folklor asarlarining psixologik imkoniyatlari va pedagogik ahamiyati borasida tadqiqotchi Ye.A.Medvedevaning fikriga ko‘ra “san’at bilan bog‘liq va ontogenezning dastlabki bosqichlarida namoyon bo‘lgan faoliyat insonning madaniyat subyekti sifatida individualligini namoyon etishga yordam beradi” . Insoniyat tarixi davomida folklor shaxsni shakllantirish tizimida asosiy o‘rinlarni egalab kelgan. Folklor asarlari orasida xalq og‘zaki ijodi va musiqa san’atining roli insonga psixofiziologik jihatdan metobolizmni follashtirish, qonning daqiqali xajmiga, yurak urishining tezligiga, qon bosimiga sezilarni ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘rish, eshitish va boshqa reseptorlarning faollashishiga hamda tananing fiziologik, biologik ritmlarini o‘zgarishi va reaksiyalarni oshirishga olib keladi. Folklor asarlarini o‘rganish psixologik jihatdan va inson salomatligiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Kichik tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, folklor asarlarini o‘rganish shaxsning hissiy rivojlanishiga, hissiy sezgirlik va idrokning rolini oshishiga, 191 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tinglovchida his tuyg‘ular, fikrlar va hissiy intelektual, insonning ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Folklor asarlarini o‘rganish orqali insonda quyidagi holatlarda o‘zgarish bo‘ladi: Birinchi navbatda, aqliy faoliyat faollishadi Ikkinchi navbatda, intelektual va ijodiy faoliyat optimallashadi Uchinchi navbatda, diqqatni jamlashga yordam beradi To‘rtinchi navbatda, qisqa muddatli hotirani yaxshilaydi Beshinchi navbatda, og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan aql ko‘rsatkichlarini oshiradi Oltinchi navbatda, tasavvurni rag‘batlantiradi Yettinchi navbatda, inson xatti-harakatlarini o‘zgartiradi. Inson psixologiyasining o‘zgarishi va uning rivojlanishiga faolklor asarlarining ijobiy ta’siri doirasida N.V.Shutova o‘zining tadqiqotlarida bolalik davrida aqliy tuzilmalar rivojlanishining notekisligi va plastikligini hisobga olgan holda folklor asarlarining muxsus tashkil etgan tarkibiy va dinamik tizimini taklif qiladi. Folklor ta’sirini tuzilishi integratsiyalashgan tizimning iyerarxik darajalari bo‘lgan uchsta quyi tizimning o‘zaro ta’siri bilan ifodalaydi. 1) psixofiziologik daraja: vizual, eshitish va boshqa reseptorlarning faollashishi, so‘ngra tananing fiziologik va biologik ritmlari (qon aylanishi, nafas olish, ichki sekresiya va boshqalar) o‘zgaradi.), jismoniy ishlashning oshishi, reaksiyalarning o‘zgarishi; 2) psixologik daraja: hissiy va ixtiyoriy sohada o‘zgarishlar yuz beradi, shaxsning psixologik faoliyati, uni idrok etish, e’tibor, xotira o‘zgaradi; 3) ijtimoiy-shaxsiy daraja: shaxsga ta’sir qiluvchi musiqa unda katartik reaksiyaga sabab bo‘ladi, uni o‘zgartiradi va uyg‘unlashtiradi; dunyoqarash, qadriyatlar tizimi, shaxsga yo‘naltirish, xarakter uning ta’siriga tushadi. Shunday qilib, tadqiqotchi N.V.Shutovaning fikriga ko‘ra, umuman olganda, folklor odamga psixofiziologik, psixologik, ijtimoiy-shaxsiy darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun uning bola psixikasiga ta’sirining tabiatini o‘rganish ushbu murakkab ta’sirni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Bunday konseptual yondashuv yangi istiqbollarni ochib beradi, bunda folklor asarlari bir vaqtning o‘zida bolaning hissiy va aqliy faoliyatini optimallashtirish vositasi bo‘lib, uning shaxsiyatining ma’naviy o‘sishi va axloqiy yaxshilanishiga olib keladi . Bolalar folklorining eng yirik tadqiqotchisi G.S.Vinogradovning so‘zlariga ko‘ra, “bolalar folklori psixologlar uchun ham, ilmiy fikr vakillari uchun ham, 192 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference amaliy o‘qituvchilar uchun ham qiziqish uyg‘otadi”. Bolalar folklorining induvidual janrlarini ularnin
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada bugungi kunda xalq og’zaki ijodi va uning rivojlanishiga doir psixologik qarashlar yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada bugungi kunda xalq og’zaki ijodi va uning rivojlanishiga doir psixologik qarashlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, xalq og’zaki ijodi, epos, doston, ta’lim, ijod, tasvir, adolat, badiiy xususiyat.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026