Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIBBIY KO‘RIK NATIJALARINI BASHORAT QILISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING ILMIY-METODIK ASOSLARI VA AMALIY TATBIQI
VA AMALIY TATBIQI · Saxibova Go‘zaloy Alisher qizi · Umurzakova Muattar Rustamjonovna (Andijon davlat tibbiyot instituti, Ijtimoiy gigiyena) · Hasanova Shoiraxon Abdujabborovna (Andijon davlat tibbiyot instituti, Ijtimoiy gigiyena)
Инновационные исследования в науке · 6-2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining zamonaviy tibbiyotda, xususan tibbiy ko‘rik natijalarini bashorat qilishdagi roli, amaliy imkoniyatlari va ilmiy asoslari keng yoritilgan. Tadqiqot doirasida AI asosida ishlab chiqilgan bashoratli modellar Andijon viloyatida to‘plangan real klinik, laborator va ijtimoiy-gigiyenik ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, AI modellar yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va boshqa surunkali xastaliklarni erta aniqlashda yuqori aniqlik ko‘rsatmoqda. Shuningdek, maqolada AI texnologiyalarining sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq huquqiy, texnologik va psixologik omillar, milliy sharoitga mos modellashtirish muhimligi ham yoritilgan. Xulosa sifatida, AI texnologiyalarini mahalliy tibbiy amaliyotga bosqichma-bosqich, ilmiy asoslangan va etik yondashuvlar bilan joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, tibbiy ko‘rik, bashoratli model, sog‘liqni saqlash, diagnostika, ijtimoiy-gigiyenik omillar, AI texnologiyalari, tibbiy informatika, Andijon viloyati, kasallik xavfi, klinik tahlil, elektron sog‘liq, individual yondashuv. Zamonaviy tibbiyot ilm-fanining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, ayniqsa, texnologik yutuqlarning diagnostika, profilaktika va davolash jarayonlariga tobora chuqurroq kirib borishi bilan bevosita bog‘liq. Bugungi kunda axborot texnologiyalarining har bir sohaga, ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiyalashuvi yangi ilmiy-paradigmalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shular jumlasidan biri — bu tibbiyotda sun’iy intellekt (Artificial Intelligence – AI) texnologiyalarining tadbiq etilishi bo‘lib, u kasalliklarni aniqlash, bemorlarning holatini bashorat qilish, davolash samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va hatto sog‘liqni saqlash siyosatini 73 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference shakllantirishda ham muhim rol o‘ynay boshladi [1]. An’anaviy diagnostika usullaridan farqli o‘laroq, AI algoritmlari katta hajmdagi tibbiy ma’lumotlar — elektron tibbiy yozuvlar, laborator va instrumental tekshiruv natijalari, genetik axborotlar hamda ijtimoiy-gigiyenik ko‘rsatkichlar asosida bashoratli tahlil olib borishga qodir. Aynan mana shu xususiyati sababli AI texnologiyalari sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonida eng strategik yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda [2]. Bugungi global tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, AI yordamida bemorlarning sog‘lig‘ini tahlil qilish, individual xavf omillarini aniqlash, kasalliklarning rivojlanish dinamikasini modellashtirish va shunga muvofiq profilaktika choralarini ishlab chiqish orqali bemorga yo‘naltirilgan (personally-oriented) tibbiyot tamoyillarini real hayotga joriy etish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, AI algoritmlari yordamida yurak ishemik kasalliklari xavfini 94-96 foiz aniqlik bilan bashorat qiluvchi tizimlar AQShdagi Mayo Clinic hamda Angliya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati (NHS) tomonidan klinik amaliyotda sinovdan o‘tkazilgan [3]. Shuningdek, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi texnologik yetakchi davlatlarda AI asosida o‘tkaziladigan rentgen, MRT (magnit-rezonans tomografiya), KT (kompyuter tomografiya) natijalarini aniqlashdagi aniqlik inson shifokorlarining klassik tashxisidan yuqori ko‘rsatkichlarga ega ekani tasdiqlangan [4]. Bu holatning eng e’tiborga molik jihati — AI’ning nafaqat mavjud axborotlar asosida analiz va bashoratlar berishi, balki o‘z-o‘zini o‘rgatish (self-learning) xususiyati orqali yangi ilmiy bilimlarni hosil qila olishi bilan bog‘liqdir. Tabiiyki, AI shunchaki algoritmik tahlil vositasi emas, balki tibbiy jarayonlarni optimallashtirish va tizimlashtirishga qodir intellektual vosita sifatida qaralmoqda. Tibbiyotda AI’ning muhim jihatlaridan biri – uning tibbiy ko‘rik natijalarini bashorat qilishda yuqori samaradorlik ko‘rsatishidir. Ko‘pgina hollarda kasallik simptomlari oddiy klinik tekshiruvda to‘liq namoyon bo‘lmasligi mumkin. Aynan shunday vaziyatlarda AI algoritmlari tasodifiy (random forest), neyron tarmoqlar (neural networks), support vector machines (SVM) kabi uslublar asosida yashirin holatdagi kasallik belgilari va xavf omillarini aniqlay oladi [5]. Ayniqsa, ko‘p omilli (multifaktorial) kasalliklarda – masalan, qandli diabet, arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, onkologik kasalliklar va ruhiy holatlar – AI tizimlari klassik yondashuvlarga qaraganda ko‘proq omillarni hisobga olib, tahlil samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, AI yordamida bashoratli modellar yaratilib, ularning yordamida kasallik rivojlanishining keyingi bosqichlarini nazorat qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bu esa davolash 74 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference jarayonida individual rejalashtirish va oldini olish strategiyalarini ishlab chiqishda katta yordam beradi [6]. Boshqa tomondan, AI’ning tibbiy ko‘riklardagi muvaffaqiyati uning ishlash tamoyili
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining zamonaviy tibbiyotda, xususan tibbiy ko‘rik natijalarini bashorat qilishdagi roli, amaliy imkoniyatlari va ilmiy asoslari keng yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining zamonaviy tibbiyotda, xususan tibbiy ko‘rik natijalarini bashorat qilishdagi roli, amaliy imkoniyatlari va ilmiy asoslari keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tibbiy informatika, ijtimoiy-gigiyenik omillar, klinik tahlil, individual yondashuv., diagnostika, bashoratli model, elektron sog‘liq, Andijon viloyati, kasallik xavfi, sog‘liqni saqlash, tibbiy ko‘rik, AI texnologiyalari, Sun’iy intellekt
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025