К содержанию
РецензированоRU2026

DAVLAT BOSHQARUVI TUSHUNCHASI, UNING IJTIMOIY-SIYOSIY MOHIYATI

Nurmurod Abduyusupovich Djuraуev

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье рассматриваются понятие государственного управления и его социально-политическая сущность. Освещаются теоретические основы государственного управления, историческое формирование и современные принципы. В рамках новой Конституции Узбекистана, законов и проводимых в последние годы политических реформ анализируются задачи, роль и перспективы развития государственного управления. Ключевые слова: государственное управление, конституция, политическая реформа, исполнительная власть, государственные органы Davlat boshqaruvi jamiyatning ijtimoiy va siyosiy hayotini tartibga solishda muhim o‘rin tutadi. Davlat boshqaruvining asosiy maqsadi — davlat va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtirish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalarni rivojlantirishdir. 72 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan tartib, shuningdek, bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Mazkur maqolada davlat boshqaruvining nazariy asoslari, tarixiy shakllanishi hamda zamonaviy tamoyillarini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Davlat boshqaruvining nazariy asoslari Davlat boshqaruvi – bu siyosiy hokimiyatni amalga oshirish, ijro va nazorat funksiyalarini bajarish orqali jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni barqaror ushlab turish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli faoliyatdir. Bunda davlat organlari xalqaro va milliy huquq me’yorlariga tayangan holda siyosiy qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishini ta’minlaydi. Natijada har bir sohada – moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik kabi jabhalarda samarali boshqaruv mexanizmlari shakllanadi. Davlat boshqaruvining ijro etish bosqichida mansabdorlar o‘z vakolatlariga binoan qarorlar qabul qilib, ularning ijtimoiy foydali natijalarga erishishini nazorat qiladi. Shu yo‘l bilan davlat nafaqat fuqarolarning huquqlarini himoyalaydi, balki turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasida uyg‘unlikni mustahkamlab, taraqqiyotning uzluksiz davom etishiga hissa qo‘shadi. Davlat boshqaruvining asosiy komponentlari va normativ-huquqiy bazaning mavjudligi – bu davlat boshqaruvi tizimi barqaror va samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan qonunlar, farmonlar, qarorlar hamda boshqa me’yoriy hujjatlar majmuasini nazarda tutadi. Ushbu baza davlat organlari, mansabdor shaxslar va keng jamoatchilikning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab, ularning vakolat doirasida ishlashiga imkon yaratadi. Shuningdek, mazkur huquqiy asos siyosiy islohotlar jarayonida siyosiy irodani qonun yo‘li bilan mustahkamlash, davlat funksiyalarini takomillashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning muntazam takomillashtirib borilishi, xalqaro tajriba va demokratik tamoyillarni inobatga olish imkonini berib, boshqaruv tizimini jadal rivojlanishga undaydi. Bu jarayon, shuningdek, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Tashkiliy tuzilma va resurslar – davlat boshqaruvi tizimini samarali yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan ichki tuzilma va moddiy-texnik bazani o‘z ichiga oladi. Avvalo, ixtisoslashgan bo‘limlar, vazirlik va idoralar aniqlangan vazifalar doirasida faoliyat yuritib, bir-biriga bog‘liq boshqaruv zanjirini shakllantiradi. Mazkur bo‘g‘inlar o‘rtasidagi hamkorlik xalqaro standartlar, 73 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tahliliy yondashuv va strategik rejalashtirish usullaridan foydalangan holda tashkil etiladi. Bunday uslub, mavjud mablag‘lar hamda inson resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ijtimoiy loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkiliy tuzilma qancha aniq va moslashuvchan bo‘lsa, ijro etish jarayoni shuncha izchil kechadi. Natijada boshqaruv amaliyotida barqarorlik, tezkor qaror qabul qilish va fuqarolarni keng jalb qilish imkoniyati yuksaladi. Operatsion jarayonlar – bu siyosiy qarorlardan amaliy natijalar yaratish uchun olib boriladigan aniq tartib-taomillar, reja va usullar majmuasidir. Unda barcha funktsional bo‘g‘inlar – vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat hamda boshqa tegishli tuzilmalar o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Jarayonlar, odatda, aniq strategik maqsadlar va me’yoriy-huquqiy me’zonlarga asoslangan holda bosqichma-bosqich olib boriladi. Tashkiliy chora-tadbirlar, kadrlar bilan ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda resurslardan oqilona foydalanish operatsion jarayonlarning samaradorligini oshiradi. Shu bilan birga, ijro etish bosqichi rejalashtirilgan ishlarning bajarilish darajasini, iqtisodiy samaradorlikni va ijtimoiy foydalilikni belgilaydi. Bunday mukammal mexanizm xalq va davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni kuchaytirish, taraqqiyotga eris

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются понятие государственного управления и его социально-политическая сущность.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются понятие государственного управления и его социально-политическая сущность. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
public administration, constitution, political reform, executive, siyosiy islohot, ijro hokimiyati, konstitutsiya, davlat organlari, davlat boshqaruvi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники