Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF OʻQUVCHILARIDA TADQIQOT FAOLIYATI MUAMMOLARINI REJALASHTIRISH VA YECHISH USULLARINI TANLASH MEZONLARI
TANLASH MEZONLARI · Sultonova Oydin Jumanazarovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Maqolada ta’lim sifatiga zamonaviy yondashuvlarning tahlillari va integratsion yondashuv komponentlari pedagogik jihatdan tahlil qilingan bo’lib. Maqolada shu bayon qilinganki bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish, ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish samarali omillardan batafsil ochib berilgan. Tayanch so‘zlar: Integratsiyalashgan ta’lim, boshlang’ich sinf o’quvchilari, tadqiqotchilik ko’nikmasi, kompitensiyaviy yondashuv. Barcha insonlarda oʻz-oʻzidan vujudga keladigan va anglab yetmagan tadqiqotchilik faoliyati mansubdir. Dastlabki, bizning qiziquvchanligimiz tadqiqotchilik qilishimizga sabab boʻladi. Ilmiy bilish ish uslubi oʻquvchiga tadqiqot maqsadini belgilashning tamoyillarini, kuzatish va ifodalash (iboralar va grafika yordamida) usullarini oʻzlashtirish, olingan tadqiqot natijalarini va sabab-oqibat bogʻlanishlarini anglab etishga imkoniyat yaratadi. Shundan kelib chiqib boshlang’ich sinf oʻquvchilarida shakllanayotgan hamda takomillashib borayotgan tadqiqotchilik faoliyati qanday talablarga javob berishi kerak? Oʻsib kelayotgan yosh avlodning mafkurasi qanday faoliyatlar asosida shakllanmogʻi va takomillashmogʻi lozim? degan savollar hamon oʻz javobini kutmoqda. Chunki shaxsning mafkuraviy ongi, muayyan faoliyatlar muvozanatida oʻz yechimiga ega boʻlmogʻi lozim. Shuning uchun uzluksiz ta’lim tizimida shakllanadigan boshlang’ich sinf oʻquvchilarining tadqiqotchilik koʻnikmalari faqat yangi bilimlarni oʻrganish, ma’lumot olish bilan cheklanadigan boʻlsa, uning ijtimoiy mohiyati bir tomonlamaligicha qolib ketadi [2]. Tadqiqot jarayonida hissiy idrok etish, abstrakt tafakkur, amalda sinab koʻrish oʻz ifodasini topadi. Tadqiqot jarayoni yaxlit tizimga ega boʻlib, asosan uzluksiz ta’lim jarayonida shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Uning dastlabki bosqichi maktab davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda oʻquvchilarda tadqiqot olib borish boʻyicha boshlangʻich tushunchalar shakllanadi. Keyingi bosqichlarda 107 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bilim, koʻnikma va malakalar hosil qilinadi. Tizimning yuqori bosqichlari tadqiqot ishlarini olib borishning amaliy tatbiqini ifodalaydi [3]. Oʻqitishda tadqiqot usullarining mohiyati, funksiyalari va metodikasi boʻyicha tasavvurlar rivojlanishining davomi muammoli oʻqitish konsepsiyasining vujudga kelishi bilan bogʻliq. Xuddi evristik suhbatlar (oʻqitishning qadimiy usullaridan biri) kabi tadqiqot usuli ham muammoli oʻqitish usullar tizimiga uygʻun ravishda qoʻshildi. “Oʻquv tadqiqoti bilan amaliy tadqiqotning umumiyligi nimada?” va “Ular bir–biridan nima bilan farq qiladi?”, degan savolga javob berishga harakat qilamiz. Ushbu savollar pedagogika fanining diqqat e’tiboriga bir necha bor tushgan va takroriy kuzatuvlar va taqqoslashlar natijasida oʻquv tadqiqoti va amaliy tadqiqotlar quyidagi umumiy bosqichlardan iborat, degan xulosaga kelingan: 1. Masalani ifodalash. 2. Taxminiy yechim –taxmin, gipoteza. 3. Taxmin va gipotezalarni kuzatish, tajriba, nazariy tahlil orqali tekshirish. 4. Masala yechimi va tekshiruvi [1]. 5. Natijalarni yozuv, rasm, kolleksiya va hokazo shakllarda qayd etish. Shunday qilib, amaliy tadqiqotning ham, fundamental tadqiqotning ham asosida kuzatuv, gipoteza, tajriba va mantiqiy xotima, xulosalar chiqarish yotadi. Tadqiqotning ikki turi orasidagi farq esa, ularning hajmi va yangilik darajasidan iborat: amaliy tadqiqot ob’ektiv muammoni oʻquv tadqiqot esa oʻquvchiga taalluqli boʻlgan sub’ektiv muammoni hal etadi. Maktab tadqiqotchilik ishlarining quyidagi tiplari mavjud. Birinchi tip ta’kidlovchi tadqiqot. Uning maqsadi - kuzatish orqali narsalar yoki hodisalarning muhim belgilari (masalan, hajmi, shakli, ogʻirligi, rangi, va h.k.)ni ochib beradi [4]. Ikkinchi tip - mantiqiy tadqiqot - kuzatishdan foydalanadi va unga tajribani qoʻshish orqali hodisalar orasidagi sabab-oqibatlarni aniqlaydi. Uchinchi tip - yakunlovchi tadqiqot boʻlib, bunda boshlang’ich sinf oʻquvchilari oʻz kuzatishlari va tajribalari asosida mustaqil ravishda tadqiq qilishni oʻrganadi. Oʻquv-tadqiqot faoliyati boshlang’ich sinf oʻquvchisining shaxsiy tajribasiga asoslanadi. Ushbu shart pedagog oldida oʻziga xos qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Koʻpincha, oʻqituvchilar uchun oʻquv-tadqiqot vazifalarini 108 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference belgilashning boshlangʻich nuqtasi-oʻquvchi tajribasi ancha chegaralanganday koʻrinadi. Tadqiqotchilik, birinchi navbatda, fan uchun emas, balki oʻquvchi uchun yangilikni kashf etishni taqozo etadi va muammolarni oʻrganish oʻquvchining hayotiy tajribasi va qiziqishlari bilan bogʻliq boʻlishi kerak. Quyida biz boshlang’ich sinf oʻquvchilarining tadqiqotchilik koʻnikmalarini shakllanganligining mezonlarini yoritishga harakat qildik: 1. Muammoning ehtiyojga mosligi - muammo oʻquvchi yoki oʻqu
Доказательный фрагмент
«Maqolada ta’lim sifatiga zamonaviy yondashuvlarning tahlillari va integratsion yondashuv komponentlari pedagogik jihatdan tahlil qilingan bo’lib.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ta’lim sifatiga zamonaviy yondashuvlarning tahlillari va integratsion yondashuv komponentlari pedagogik jihatdan tahlil qilingan bo’lib. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Integratsiyalashgan ta’lim, kompitensiyaviy yondashuv., boshlang’ich sinf o’quvchilari, tadqiqotchilik ko’nikmasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026