К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA INNOVATSION STRATEGIYALARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI · Zagitov Feruz Suleymanovich · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 45-52 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda O‘zbekiston tijorat banklarida innovatsion strategiyalarni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Mamlakat iqtisodiyoti va bank sektorining barqaror rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy bank xizmatlarini takomillashtirish maqsadida fintech ekotizimining kengayishi, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar (Big Data) texnologiyalaridan foydalanish, blokcheyn va ochiq bank (Open Banking) tizimlarini tatbiq etish zarurati dolzarb masala sifatida ko‘rilmoqda. Tezisda O‘zbekiston bank sektoridagi mavjud holat va innovatsion rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinib, bank xizmatlarining raqamlashtirilishi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimining avtomatlashtirilishi hamda kreditlash jarayonlarining optimallashtirilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritiladi. Shu bilan birga, innovatsion rivojlanishga to‘sqinlik qiluvchi asosiy muammolar – axborot texnologiyalariga investitsiyalarning yetishmovchiligi, kibertahdidlarning ortishi va bank tizimining fintech ekotizimiga yetarlicha integratsiyalanmaganligi kabi masalalar o‘rganiladi. Tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirish va ularning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun taklif etilayotgan istiqbolli strategik chora-tadbirlar ham muhokama qilinadi. Jumladan, fintech kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, innovatsion bank mahsulotlari va xizmatlarini joriy etish, mijozlar tajribasini yaxshilash va kiberxavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit soʼzlar: Tijorat banklari, innovatsion strategiyalar, raqamli transformatsiya, fintech, sun’iy intellekt, blokcheyn texnologiyasi, ochiq bank (Open Banking), katta ma’lumotlar (Big Data), kiberxavfsizlik, bank xizmatlarini avtomatlashtirish, raqamli bank xizmatlari, fintech hamkorliklari, kreditlash jarayonlari, bank-moliya sektori, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimi. Kirish. Bugungi kunda bank sektori jadal rivojlanayotgan texnologik innovatsiyalar ta’sirida tubdan o‘zgarib bormoqda. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish, bank operatsiyalarini avtomatlashtirish va xavfsizlikni mustahkamlash kabi omillar tijorat banklarining samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. O‘zbekiston tijorat banklari ham ushbu jarayondan chetda qolmay, innovatsion strategiyalarni joriy etish orqali xizmatlar sifatini oshirish va raqobatbardoshlikni mustahkamlashga intilmoqda. Mamlakatimizda bank-moliya sohasining isloh qilinishi va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, raqamli to‘lov tizimlarining rivojlanishi, mobil ilovalar orqali bank xizmatlarini ko‘rsatishning kengayishi, blokcheyn texnologiyasidan foydalanish va sun’iy intellekt asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlar tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, innovatsion rivojlanishga to‘sqinlik qiluvchi muammolar ham mavjud. Xususan, axborot texnologiyalariga investitsiyalar yetarli darajada bo‘lmaganligi, 35 kibertahdidlarning ortib borayotgani va fintech ekotizimining yetarlicha shakllanmaganligi bank sektorining innovatsion taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu tezisda O‘zbekiston tijorat banklarida innovatsion strategiyalarni rivojlantirishning hozirgi holati, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, bank xizmatlarini takomillashtirish, mijozlarga qulay va xavfsiz raqamli yechimlarni taqdim etish hamda fintech hamkorliklarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Innovatsion strategiyalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bank tizimining barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi va mamlakat iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda. Jahon moliya tizimi tobora raqamlashtirilayotgan bir sharoitda tijorat banklarining innovatsion strategiyalarni joriy etishi va rivojlantirishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bank tizimida nafaqat xizmat ko‘rsatish sifati va mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni yaxshilash, balki moliyaviy barqarorlikni oshirish va global raqobatbardoshlikni ta’minlash imkonini beradi. O‘zbekistonda bank-moliya sektorida islohotlar jarayoni jadallashib, innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi strategiyalar ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston tijorat banklarida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borilmoqda. 1-jadval: O‘zbekiston tijorat banklarida innovatsion texnologiyalar: rivojlanish yo‘nalishlari va istiqbollari Innovatsion Kelajak rivojlanish yo‘nalishlari Kutilayotgan natijalar yo‘nalishlar Raqamli bank Bank ekotizimini to‘liq Mijozlar tajribasini oshirish, xizmatlari raqamlashtirish, mobil ilovalarda operatsiyalarni tezlashtirish va AI yordamida aqlli maslahat xizmatlarga 24/7 kirish xizmatlarini joriy etish imkoniyati Fintech bilan Fintech kompaniyalar bilan Innovatsion moliyaviy integratsiya hamkorlikni kengaytirish, bank yechimlar, tezkor platformalarini startaplarga tranzaktsiyalar va ochish xiz

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda O‘zbekiston tijorat banklarida innovatsion strategiyalarni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda O‘zbekiston tijorat banklarida innovatsion strategiyalarni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fintech hamkorliklari, katta ma’lumotlar (Big Data), bank xizmatlarini avtomatlashtirish, raqamli transformatsiya, fintech, raqamli bank xizmatlari, kreditlash jarayonlari, Tijorat banklari, blokcheyn texnologiyasi, kiberxavfsizlik, bank-moliya sektori, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimi., sun’iy intellekt, innovatsion strategiyalar, ochiq bank (Open Banking)
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники