Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O‘ZBEKISTONDA ALOHIDA TA‘LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR
BOLALARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR · Sabirova Xayotxon Shavkatovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2021
Аннотация
В данной статье освещены проекты, реализуемые в Новой Узбекистане по модернизации системы специального образования, программы медицинской реабилитации, направленные на восстановление слуха, процессы социальной интеграции и внедрение принципов инклюзивного образования. Ключевые слова: Новый Узбекистан, фонд «Замин», глухие и слабослышащие дети, инклюзивное образование, кохлеарная имплантация, FM-система, интегрированное обучение, принципы. O’zbekistonda alohida yordamga muhtoj ,xususan kar va zaif eshituvchi bolalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar so’nggi yillarda sezilarli darajada kengaytirildi. Davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ushbu bolalarning ta'lim olishi, ijtimoiylashuvi va kasbiy rivojlanishi uchun bir qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. 2021 yilda "Zamin" fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'lim sifatini oshirish maqsadida keng ko'lamli loyihani amalga oshirdi. [1] Buxoro viloyatidagi 123-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Zamin Education" sinfi tashkil etilib, o'quvchilar axborot texnologiyalari bo'yicha ko'nikmalarni egallashdi. Ular Scratch, Arduino, Minecraft dasturlash tillari va robototexnika asoslarini o'rgandilar. Loyiha doirasida 18 ta ixtisoslashtirilgan maktab 234 ta kompyuter va 18 ta interaktiv doska bilan ta'minlandi, shuningdek, zamonaviy metodologiyalar ishlab chiqilib, o'qituvchilar malaka oshirdilar. Bu chora-tadbirlar bolalarning eshitish qobiliyatini tiklashga va ularning jamiyatga integratsiyasiga xizmat qildi 2022 yilda BMT Taraqqiyot Dasturi ko'magida O'zbekistonda bolalar uchun birinchi inklyuziv san'at ustaxonasi tashkil etildi. Ushbu ustaxona 8 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan nogironligi bor bolalar va yosh kattalarga hunarmandchilikning turli turlarini o'rgatish orqali ularning ijtimoiylashuviga ko'maklashdi. Ishtirokchilar sopol idish yasash, miniatyura chizish, o'yinchoq yasash, an'anaviy kashtachilik va kigiz tikish kabi hunarmandchilik turlarini o'rgandilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha Rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv 76 ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi. Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilandi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali o'qituvchilari Farg'ona shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 1-sonli ta'lim muassasasiga tashrif buyurib, o'quv-metodik ishlar, elektron darsliklar va animatsion ishlanmalar yuzasidan amaliy ko'mak ko'rsatish bo'yicha kelishuvlarga erishdilar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning nutqini rivojlantirishda art-texnologiyalardan foydalanish usullari ham qo'llanilmoqda. Bu usullar bolalarning nutqiy faoliyatini yaxshilashda samarali natijalar bermoqda. Yuqoridagi tashabbuslar va loyihalar O'zbekistonda kar va zaif eshituvchi bolalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning kengayib borayotganini ko'rsatadi. Bu esa ularning jamiyatda to'laqonli ishtirok etishlari va kelajakda muvaffaqiyatli shaxslar bo'lib yetishishlariga zamin yaratadi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali o'qituvchilari Farg'ona shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 1-sonli ta'lim muassasasiga tashrif buyurib, o'quv-metodik ishlar, elektron darsliklar va animatsion ishlanmalar yuzasidan amaliy ko'mak ko'rsatish bo'yicha kelishuvlarga erishdilar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning nutqini rivojlantirishda art-texnologiyalardan foydalanish usullari ham qo'llanilmoqda. Bu usullar bolalarning nutqiy faoliyatini yaxshilashda samarali natijalar bermoqda. Yuqoridagi tashabbuslar va loyihalar O'zbekistonda kar va zaif eshituvchi bolalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning kengayib borayotganini ko'rsatadi. Bu esa ularning jamiyatda to'laqonli ishtirok etishlari va kelajakda muvaffaqiyatli shaxslar bo'lib yetishishlariga zamin yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. "Zamin" fondi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga
Доказательный фрагмент
«В данной статье освещены проекты, реализуемые в Новой Узбекистане по модернизации системы специального образования, программы медицинской реабилитации, направленные на восстановление слуха, процессы социальной интегра…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье освещены проекты, реализуемые в Новой Узбекистане по модернизации системы специального образования, программы медицинской реабилитации, направленные на восстановление слуха, процессы социальной интегра… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Новый Узбекистан, фонд «Замин», глухие и слабослышащие дети, integratsiyalashgan ta’lim, Yangi O‘zbekiston, tamoyillar ., Zamin fondi, koxlear implantatsiya, FM tizim, kar va zaif eshituvchi bolalar, inklyuziv ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024