Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI MEDIAKOMPETENTLIK: ILMIY ASOSLARI, TARKIBIY QISMLARI VA RIVOJLANISH OMILLARI
RIVOJLANISH OMILLARI · Mo’minova Madina Muxiddinovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli mediakompetentlik tushunchasi media savodxonlik, media ta’lim, raqamli media va raqamli savodxonlik bilan bog‘liq holda tahlil etiladi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va media muhitning kengayishi shaxsning media resurslardan ongli foydalanish, axborotni tahlil qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish qobiliyatini shakllantirishni talab etmoqda. Media savodxonlik va media ta’lim raqamli mediakompetentlikni rivojlantirishda asosiy vositalardan biri bo‘lib, shaxsning raqamli muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada ushbu kompetensiyalarning o‘zaro bog‘liqligi va ta’lim jarayonida ularni rivojlantirish strategiyalari yoritiladi. Kalit so‘zlar: raqamli mediakompetentlik, media savodxonlik, media ta’lim, raqamli savodxonlik, raqamli media, axborot xavfsizligi, tanqidiy fikrlash, kommunikativ kompetensiya, texnologik rivojlanish, media madaniyat, axborot muhiti, interaktiv ta’lim, axborot manipulyatsiyasi, axborot savodxonligi. Абстрактный. В данной статье анализируется концепция цифровой медиакомпетентности в контексте медиаграмотности, медиаобразования, цифровых медиа и цифровой грамотности. Развитие цифровых технологий и расширение медиасреды требуют формирования у человека умения осознанно использовать медиаресурсы, анализировать информацию, соблюдать правила безопасности. Медиаграмотность и медиаобразование являются ключевыми инструментами развития компетентности в области цифровых медиа, помогая повысить способность человека функционировать в цифровой среде. В статье рассматриваются взаимосвязи этих компетенций и стратегии их развития в образовательном процессе. Ключевые слова: цифровая медиакомпетентность, медиаграмотность, медиаобразование, цифровая грамотность, цифровые медиа, информационная безопасность, критическое мышление, коммуникативная компетентность, технологическое развитие, медиакультура, информационная среда, интерактивное образование, информационное манипулирование, информационная грамотность. Zamonaviy jamiyatda axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi natijasida insonlarning media mahsulotlar va raqamli resurslar bilan o‘zaro aloqasi ortib bormoqda. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, interaktiv ta’lim vositalari va multimediaviy kontentning keng tarqalishi media savodxonlik, media ta’lim va raqamli savodxonlik tushunchalarining ahamiyatini oshirdi. Raqamli mediakompetentlik esa ushbu tushunchalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxsning raqamli va media muhitda samarali faoliyat yuritish qobiliyatini ifodalaydi. Media savodxonlik shaxsning media vositalaridan ongli va tanqidiy foydalanish qobiliyatini o‘z ichiga oladi [1]. Media ta’lim esa ushbu ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir [2]. Raqamli savodxonlik esa raqamli texnologiyalarni to‘g‘ri ishlatish va ulardan samarali foydalanish qobiliyatini anglatadi [3]. Ushbu uch omil raqamli mediakompetentlikni shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. 100 Raqamli mediakompetentlikni shakllantirishda quyidagi ilmiy yondashuvlar asosiy ro‘l o‘ynaydi: Media savodxonlik yondashuvi – shaxsning media mahsulotlarini tahlil qilish, baholash va ulardan ongli foydalanish qobiliyatiga urg‘u beradi [4]. Kognitiv yondashuv – insonning axborotni qayta ishlash jarayonlarini o‘rganish va raqamli muhitda axborot bilan ishlash qobiliyatini shakllantirish [5]. Sotsiokultural yondashuv – media texnologiyalar orqali shaxsning ijtimoiylashuvi va axborot olish kanallarining shakllanishi [6]. Media ta’lim yondashuvi – ta’lim tizimida raqamli va media texnologiyalarni integratsiyalash orqali shaxsning mediakompetensiyasini rivojlantirish [7]. Media savodxonlik raqamli mediakompetentlikning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, shaxsning media vositalaridan to‘g‘ri foydalanish va axborotni tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi [8]. Raqamli mediakompetentlikni shakllantirishda media ta’lim muhim o‘rin tutadi. Media ta’lim media vositalari orqali axborot olish, uni qayta ishlash va taqdim etish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonidir [9]. Media ta’lim jarayonida raqamli mediakompetentlik quyidagi tarkibiy qismlar asosida rivojlantiriladi: Texnik kompetensiya – media texnologiyalar va raqamli vositalardan foydalanish qobiliyati. Axborot savodxonligi – ishonchli va noto‘g‘ri axborotni farqlash, axborot manipulyatsiyasini aniqlash. Kommunikativ kompetensiya – media va raqamli vositalar orqali samarali muloqot qilish. Tanqidiy fikrlash – media kontentni tahlil qilish va turli manbalarni solishtirish. Axborot xavfsizligi va maxfiylik – shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsiz internet foydalanish. Ijodiy kompetensiya – raqamli media vositalari yordamida kontent yaratish. Raqamli mediakompetentlikning rivojlanishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi: Raqamli savodxonlik darajasi – shaxsning raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyati. Ta’lim tizimi – media savodxonlik va media ta’lim bo‘yicha maxsus kurslar mavjudligi. Axborot muhiti – jamiyatda med
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada raqamli mediakompetentlik tushunchasi media savodxonlik, media ta’lim, raqamli media va raqamli savodxonlik bilan bog‘liq holda tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada raqamli mediakompetentlik tushunchasi media savodxonlik, media ta’lim, raqamli media va raqamli savodxonlik bilan bog‘liq holda tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- цифровая медиакомпетентность, медиаграмотность, axborot savodxonligi., axborot manipulyatsiyasi, axborot xavfsizligi, interaktiv ta’lim, media savodxonlik, raqamli mediakompetentlik, media madaniyat, texnologik rivojlanish, media ta’lim, raqamli media, kommunikativ kompetensiya, axborot muhiti, raqamli savodxonlik, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026