К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSH QISQA MASOFAGA YUGIRUVCHILAR HARAKATINI ANALITIK TAXLIL QILISH ASOSIDA TEHNIK TAYYORGARLIKNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI

Jonibekova Fotima Gʻulomjon qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda yosh sprinterlarning harakatlarini analitik tahlil qilish orqali texnik tayyorgarlikni rivojlantirish samaradorligi o’rganilgan. Maqolada sprint jarayonida sprinterlarning harakatlari, texnikani takomillashtirish uchun qo’llaniladigan metodikalar, shuningdek, ilmiy yondashuvlar va ilg’or texnologiyalar (videotahlil, biomekanik o’lchovlar, elektromyografiya) orqali olingan ma’lumotlar muhokama qilinadi. Sprinterlarning har bir harakatini tahlil qilish, texnikani yaxshilashga yordam beradigan metodlarni ishlab chiqish va trening jarayonida maxsus dasturlarni joriy qilishning ahamiyati ko’rsatiladi. Ushbu tahlil metodlari sportchilarning tezlik, kuch, chidamlilik va psixologik holatini yaxshilashga yordam berib, texnik tayyorgarlikning samaradorligini oshiradi. Kalit so‘zlar: Yosh sprinterlar, harakatlar tahlili, texnik tayyorgarlik, sprint, videotahlil, biomekanika, elektromyografiya, jismoniy tayyorgarlik, trening metodikasi, psixologik holat, tezlikni oshirish. Sprinterlarning texnik tayyorgarligi sportning eng muhim jihatlaridan biri bo’lib, ularning muvaffaqiyatli natijalariga bevosita ta’sir qiladi. Yosh sportchilarda to’g’ri texnika va harakatlar koordinatsiyasini shakllantirish, faqat jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajaga ko’tarilishi bilan emas, balki harakatlar o’rganiladigan va tahlil qilinadigan ilmiy yondashuv bilan ham amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan, sprinterlarning texnik tayyorgarligini rivojlantirishni tahlil qilish, nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Yosh sprinterlarning harakatlarini analitik tahlil qilish, ularning har bir harakatini alohida o’rganishni talab qiladi. Har bir sprinterning boshlang’ich pozitsiyasidan tortib, to finalga qadar bo’lgan harakatlar ketma-ketligini chuqur tahlil qilish, texnikani yaxshilashga imkon yaratadi. Sprint jarayonida tezlikning oshishi, to’g’ri boshlash, harakatlarning tengligi, tana holati, oyoq va qo’l koordinatsiyasi kabi omillarni analiz qilish zarur. Shu bilan birga, analiz natijalari sprinterlarning kuchini, tezligini va chidamliligini oshirishga yordam beradigan maxsus trening dasturlarini ishlab chiqishda qo’llaniladi. Sprinterlarning harakatlarining analitik tahlili, ilgari rivojlangan texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. Videotahlil, biomekanik o’lchovlar, elektromyografiya va boshqa ilg’or usullar sportchining harakatlarini yanada aniqroq va mukammal tahlil qilishga imkon beradi. Masalan, videokameralar yordamida tezlikni, harakatlarning samaradorligini va jismoniy harakatlarning to’g’ri bajarilishini tasvirga olish mumkin. Ushbu ma’lumotlar orqali sportchilarning individual xususiyatlari, rivojlanish darajasi va kuchli hamda zaif tomonlari aniqlanadi. Tahlil natijalari asosida olingan ma’lumotlar, yosh sprinterlar uchun texnik tayyorgarlikning samaradorligini oshirishga qaratilgan moslashtirilgan trening dasturlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Yosh sprinterlar uchun texnik tayyorgarlikni rivojlantirishda, sportchi tanasining barcha qismlarining to’g’ri ishlashi zarur. Sprintning har bir bosqichida tezlikni oshirish uchun sportchi tanasining barcha qismlarini maksimal darajada boshqarish zarur. Harakatlarni aniq va to’g’ri bajarish, natijada vaqtni qisqartirishga yordam beradi. Tezlikni oshirishda boshlanish 103 pozitsiyasining ahamiyati katta. Tizimlashtirilgan tahlil orqali sportchining startdagi harakatlari, oyoq bosish texnikasi va tana pozitsiyasining to’g’riligi aniqlanadi. Shuningdek, yosh sprinterlarning kuch ishlab chiqarish mexanizmlarini tushunish ham muhimdir. Sprint vaqtida qo’llaniladigan energiya sarfi va kuchlar jismoniy parametrlar orqali o’rganiladi. Sportchining energiya sarfini kamaytirish va kuchni optimal tarzda ishlatish orqali, uning samaradorligini oshirish mumkin. Shu bilan birga, tezlikni oshirish va unga ulanish jarayonida, psixologik holat ham katta rol o’ynaydi. Analitik tahlilning yuqori darajasi sportchilarga o’zlarining ruhiy va jismoniy holatlarini kuzatish va yanada samarali ishlash imkoniyatini beradi. Shu tarzda, yosh sprinterlarning harakatlarini analitik tahlil qilish texnik tayyorgarlikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Bu jarayon yosh sportchilarga texnikani takomillashtirish, o’z salohiyatini to’liq ochish, va natijalarni yaxshilashda yordam beradi. Tahlil qilish va shu tahlil asosida o’zgartirishlar kiritish texnik tayyorgarlikni samarali tarzda rivojlantirishga imkon yaratadi. Bu esa, kelajakda sportchining yuqori natijalarga erishishiga katta hissa qo’shadi. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Saliev T.A. Jismoniy tayyorgarlikning ilmiy asoslari. O‘qituvchi, 2020, Toshkent, 145 b. 2. Ibragimov M.T., Mahmudov A. Sprint sportining nazariyasi va metodikasi. Samarqand davlat universiteti, 2018, Samarqand, 210 b. 3. Khasanov S.N. Sportchilarni tayyorlashda biomekanik tahlil metodlari. Sport nashriyoti, 2017, Toshkent, 178 b. 4. Jonibekov B.D. Sportchilarda texnik tayyorgarlikni rivojlantirishning psixologik jihatlari. F

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda yosh sprinterlarning harakatlarini analitik tahlil qilish orqali texnik tayyorgarlikni rivojlantirish samaradorligi o’rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda yosh sprinterlarning harakatlarini analitik tahlil qilish orqali texnik tayyorgarlikni rivojlantirish samaradorligi o’rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
harakatlar tahlili, elektromyografiya, biomekanika, videotahlil, tezlikni oshirish., sprint, psixologik holat, Yosh sprinterlar, trening metodikasi, jismoniy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники