The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILARI XAVFSIZIGINI SUD PRPTSESSIDA TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Ш.Х. Маматалиева (Tashkent State University of Law, Tashkent, Republic of Uzbekistan)
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В данном тезисе речь пойдет о понятии безопасности, в частности о понятии безопасности на судебной стадии уголовного судопроизводства. Также изучается мнение ученых о понятии “безопасность” и проводится научная дискуссия. Ключевые слова: безопасность, безопасность в уголовном процессе, безопасность участников уголовного процесса, защита, государственная защита, формы защиты. Jinoyat protsessi ishtirokchilari xavfsizligi barcha bosqichda, jumladan sud bosqichida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sudning sud muhokamasini tayyorlash va sud majlisini o‘tkazishdagi roli asosiy bo‘lib, barcha jinoyat-protsessual kodeksidagi ko‘rsatmalarini bajarish uchun tegishli shart- sharoitlarni yaratish, jinoyat protsessining tamoyillarini amalga oshirish va sud taraflarini jinoyat ishi bo‘yicha dalillarga asoslangan faoliyatda teng huquqlilik bilan ta’minlashda 22 bevosita bog‘liqdir. Bundan tashqari, xavfsizlikni ta’minlash, agar buning uchun asoslar va shartlar mavjud bo‘lsa, nafaqat ish bo‘yicha adolatli yakuniy qaror chiqarish uchun dalillarni o‘rganishga ta’sir qiladi, balki jarayon ishtirokchilarining hayot, sog‘liq va boshqa imtiyozlarni himoya qilish huquqini amalga oshirishning jiddiy kafolati hisoblanadi1. Jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisidagi xavfsizlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu sudlanuvchining aybdorligi (aybsizligi) va jinoiy jazo tayinlash (undan ozod qilish) masalasini hal qilishda sudning alohida roli bilan bog‘liq. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018-yil 15-martda 2981-son bilan ro‘txatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 23-fevraldagi 11-87-20-son qaroriga ilova tarzida “Sud binolari, sud protsesslari va ularning xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 5.1-bandida sud protsessi ishtirokchilari, ularning oila a’zolari va yaqin qarindoshlarining hayoti, salomatligi, sha’ni qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini ta’minlovchi barcha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risidagi sudning yozma topshirig‘i asosida ichki ishlar organlari tomonidan ularning xavfsizligi ta’minlanishi belgilangan. Sud jarayonida quyidagi jinoyat-protsessual xavfsizlik choralarini qo‘llash imkoniyatini beradi: - yopiq sud majlisi (JPK 19-modda); - jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra audio-va videoyozuvdan hamda videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin (JPK 19-modda); - sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida ularning taxalluslari ko‘rsatilishi (JPK 380-modda); - jinoyat ishi jinoyat sodir etilgan joydan, boshqa joyda sud muhokamasini ko‘rish xavfsizlik choralarining bir turi sifatida ko‘rish mumkin (JPK 48-bob); - gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchiga, guvohga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlari telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish (JPK 170-modda); - sud ularning shaxsiga oid maʼlumotlarni oshkor qilmasdan, tanib olinuvchining tanib oluvchini koʻrib turishi istisno etiladigan sharoitda so‘roq qilish (JPK 127-modda). Biroq, yuqorida keltirilgan xavfsizlik choralari, himoya choralarini bir debocha hisoblanadi, agar ular kompleks tarzda qo‘llanilmasa, barcha amalga oshirilgan protsessual harakatlar behudaga ketishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi, sud bosqichlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilishi mumkin: 1) jinoyat ishini yopiq sud majlisida ko‘rib chiqish; 2) sud majlisida videokonferensaloqa vositasini qo‘llsh. Bizning jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash zarurligini ko‘plab huquqiy hujjatlarda aniqlash mumkin. Ular orasida, yuqorida aytib o‘tganimizdek, O‘zbekiston Respublikasining 14.01.2019-yildagi “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni alohida o‘rin tutadi. Sud 1См.: Писаревский И.И. Обоснованность и мотивированность приговора -необходимые составляющие права на судебную защиту в истолковании Конституционного Суда РФ и ЕСПЧ // Российский судья. 2020. N 9. С. 36–40; Писаревский И.И. Внешнее выражение обоснованности приговора (сравнительно-исторический аспект) / И.И. Писаревский // Вестник Томского государственного университета. Право. 2017. N 24. С. 59–66; Банников Г.Н. Проблемы реализации права граждан на судебную защиту в Российской Федерации: Диссертация кандидата юридических наук / Г.Н. Банников. Саратов, 2006. 230 с. идр. 23 jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik choralari tizimi faqat yuqorida keltirilgan qonunning 6-moddasida ko‘rsatilgan narsalar bilan cheklanmaydi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat-protsessual kodeksining normalari sud tomonidan sud bosqichlarida xavfsizlik choralarini qo‘llash, o‘zgartirish, uzaytirish yoki bekor qilish, shu jumladan hukm mazmunini hal qilish zarurligini tartibga soladi. Protsess ishtirokchisining xavfsizlik holati to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan jinoyat ishi bo
Доказательный фрагмент
«В данном тезисе речь пойдет о понятии безопасности, в частности о понятии безопасности на судебной стадии уголовного судопроизводства.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данном тезисе речь пойдет о понятии безопасности, в частности о понятии безопасности на судебной стадии уголовного судопроизводства. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- security, security in criminal proceedings, security of participants in, xavfsizlik, himoya shakllari., jinoyat protsessida xavfsizlik, davlat himoyasi, jinoyat protsessi ishtirokchilari xavfsizligi, himoya qilish
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019