Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
PIROTEXNIKA BUYUMLARINING NOQONUNIY MUOMALASIGA OID ILMIY TADQIQOTLAR VA QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI
Ilyosbеk Tojaliyеv
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Maqola pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqiy, texnik va ijtimoiy muammolarni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Xalqaro tadqiqotlar va amaliy misollar asosida pirotexnikaning sog‘liqqa, ekologiyaga va xavfsizlikka salbiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda ushbu masalani tartibga solish uchun qonunchilikni takomillashtirish zarurati ilmiy asoslanadi. Tadqiqotda pirotexnika vositalarining texnik xususiyatlari, ularning noqonuniy savdosi va foydalanishining kriminologik jihatlari ikki guruhga bo‘linib o‘rganiladi. Maqola xavfsiz bayramlarni ta’minlash uchun qonun ijrosini kuchaytirish va aholini ma’lumotlantirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Kalit so‘zlar: pirotexnika, noqonuniy muomala, xavfsizlik, ekologiya , sog‘liqni saqlash, kriminologiya, javobgarlik, Pirotexnika buyumlari bugungi kunda bir qator bayramlarda faol ishlatib kelinmoqda. Odatda yangi yilyaqinlashib kelishi bilan, pirotexnika vositalarini respublika hududiga olib kirishga va noqonuniy savdosiga urinishlar ortadi. Ushbu buyumlar inson uchun estetik zavq va yoshlar uchun hushmanzara jarayonni keltirib chiqarishi mumkun, lekin uning foydalanishda bir qator huquqiy va texnik talablar mavjud bo‘lib, ma’lum bir me’yorlar qonunlar va qonun osti hujjatlari belgilab kelinmoqda. Xalqaro qonunchilik va turli tadqiqot natijalari pirotexnika buyumlaridan meyoridan ko‘p foydalanish va noqonuniy savdosiga chek qo‘yishga oid qonunlarni yanada kuchaytirishni talab etmoqda. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish jarayonida bir qator xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari, statistik ma’lumotlar va pirotexnika buyumlarini foydalanishning inson va tabiyat uchun zararli oqibatlariga oid ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi bo‘yicha nazariy yondashuvlar va ilmiy tadqiqotlarni o‘rganilish natijasiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh, perotexnika buyumlarini texnik xolati, yasalishi, moddalar tarkibi oid tadqiqotlar. Ikkinchi guruh tadqiqotlarga uning kiriminalogiyasi ya’ni pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi, chegaralarni aylanib o‘tib kirib kelishi, jinoiy javobgarlikni belgilash va uni oldini olishga oid ma’lumotlarni kiritish mumkin. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi bo‘yicha xalaqaro tajribalar va tadqiqot natijalari asosida O‘zbekistonda ham ushbu buyumlarni noqonuniy ishlatishga oid qonunlarni takomillashtirish hamda javobgarlikni yanada kuchaytirishni zarur ekanligini anglatmoqda. C.Michael va boshqalar tomonidan olib borilgan “Uncontrolled Burn Dimming the Spark of Illegal Fireworks in San Francisco” San-Fransisko shahri va okrugi 2023–2024 yilgi fuqarolik Grand Jury tadqiqotlarga asoslangan hisobotida San-Fransiskoda noqonuniy mushakbozlik keng tarqalgan va bu xavfsizlikka, sog‘liqni saqlashga, ekologiyaga va ijtimoiy tartibga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Shuningdek, amaldagi qonunlar noqonuniy mushakbozlikni nazorat qilish uchun yetarlicha samara bermayotganligi va jarimalar va 70 jazolar yetarlicha qo‘llanilmayotgani pirotexnika maxsulotlarini noqonuniy savdosini oshirishi sabab bo‘layotganligi tahlil qilingan. “2018 -yildan 2023 - yilgacha bo‘lgan davrda mushakbozlik bilan bog‘liq 960 ta murojaat politsiya tomonidan qayd etilgan. Pirotexnikani faol foydalanish natijasida politsiya va shifokorlarga murojaatlar asosan iyun-iyul oylarida ko‘paygan. Chunki ushbu oylarda AQShda milliy bayramlar o‘tkaziladi. San-Fransiskodagi taxminan 100,000 ta xonadon (har to‘rttadan biri) uy hayvonlariga ega bo‘lib, mushakbozlikning shovqini natijasida stressga tushganligi”[1] dan norozilik murojaatlari kelib tushgan. Tadqiqot hisobotida San-Fransisko shahrida noqonuniy mushakbozlikning xavflarini kamaytirish va xavfsiz bayramlar uchun keng ko‘lamli choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlaydi. Bu nafaqat qonun ijrosini kuchaytirish, balki aholi bilan yaqindan ishlash va ularning ushbu masalalarga bo‘lgan yondashuvini o‘zgartirishni talab qiladi. Ulbricht, Julia, Elke Doberentz, va Burkhard Madea tomonidan yozilgan “Death on New Year’s Eve caused by illegal fireworks-a firework shell”[2] maqolada Germaniyada yangi yilkechasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida so‘z yuritiladi. Ushbu hodisada noqonuniy ravishda ishlatilgan pirotexnika (firework shell) bir kishining o‘limiga sabab bo‘ladi. Tadqiqot hodisa tafsilotlarini, sud-tibbiy ekspertiza natijalarini va pirotexnik vositalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq xavflarni o‘rganishga qaratilgan. Maqolada ochib berilgan baxtsiz xodisa “Germaniyaning pirotexnika vositalarini ishlab chiqarish va foydalanish bo‘yicha tartibga solinuvchi qonunchiligi doirasida ko‘rib chiqilgan. Germaniya qonuniy pirotexnika vositalari DIN-EN 15947 standartlariga javob berishi kerak, bunday vositalar davlat organlari tomonidan sinovdan o‘tkazilib, xavfsizlik belgisi bilan tasdiqlanadi.”[3] Tadqiqotda “noqonuniy pirotexnika nat
Доказательный фрагмент
«Maqola pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqiy, texnik va ijtimoiy muammolarni o‘rganishga bag‘ishlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqola pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqiy, texnik va ijtimoiy muammolarni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- javobgarlik, xavfsizlik, noqonuniy muomala, pirotexnika, sog‘liqni saqlash, ekologiya, kriminologiya
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025