К содержанию
РецензированоUZ2026

KIRISH GAPLI MURAKKABLASHGAN SODDA GAPLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Nurillayeva Shoxsanam Anvarovna · INTRODUCTORY SENTENCE

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Kirish gaplar sodda gaplarni ham mazmunan, ham shaklan murakkablashtirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada kirish gaplar vositasida murakkablashgan sodda gaplarni ergash gapli qo‘shma gaplardan hamda kiritma qurilmalar vositasida murakkablashgan sodda gaplardan farqlovchi jihatlar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: propozitsiya, modus, kirish, kiritma qurilma, aktuallashuv, pragmatik belgi. PRAGMATIC CHARASTERISTICS OF COMPLEX SIMPLE SENTENCES WITH AN INTRODUCTORY SENTENCE Annotation: Introductory sentences serve to complicate simple sentences. This article analyzes the aspects distinguish simple sentences that are complicated by introductory sentences from compound sentences with adverbial clauses and simple sentences complicated by means of input devices . Key words: proposition, modus, introductory words, input device, actualization, pragmatic sign. Murakkablashgan sodda gaplar o‘zbek tilida fikrni aniqroq, to‘liqroq va ta’sirchanroq ifodalash, bildirilayotgan fikrga so‘zlovchining munosabatini bildirish uchun keng qo‘llaniladi. Kirishli gaplar o‘zbek tilidagi murakkablashgan sodda gaplarning bir turidir. Ular asosiy gapga qo‘shimcha ma’lumot beradi, so‘zlovchining o‘zi ifodalayotgan fikrga munosabatini yoki izoh vazifasini bajaradi. Kirish gaplar ma’no turiga ko‘ra so‘zlovchining fikrga munosabatini bildiruvchi, ma’lumot manbasini ko‘rsatuvchi, fikrning tartibi va bog’lanishini ko‘rsatuvchi, izoh beruvchi kabi turlarga bo‘linadi va bunday gaplar tilshunoslikda modus deb ataladi. Kirish birliklar shakliy tuzilishiga ko’ra kirish so‘z shaklida, so‘z birikmasi va gap shaklida kela oladi. Kirish gapli murakkablashgan sodda gaplar va ergash gapli qo‘shma gaplar o‘zbek tilida uchraydigan muhim sintaktik tuzilmalar bo‘lib, ular orasida muhim farqlar mavjud. Ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar sintaktik jihatdan tobelanish munosabatida bog’langan bo‘ladi va har biri o‘z predikativ markaziga ega bo‘ladi. Kirish gaplar esa sodda gap tarkibiga kiritiladi, ammo asosiy gap bilan grammatik aloqaga kirishmaydi, faqat ma’no jihatdan bog’langan bo‘ladi. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra kirish gaplar so‘zlovchining fikriga munosabatini, ma’lumot manbasini, izohni ifodalashga; ergash gaplar esa bosh gapning biror bo‘lagini to‘ldirishga, aniqlashtirishga yoki izohlashga xizmat qilishiga ko‘ra farqlanadi. Kirish gaplar asosiy gap bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi bois uning qo‘llanilmay tushirib qoldirilishi asosiy gap mazmuniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar esa qo‘shma gapning ajralmas qismi hisoblanadi, ulardan birini tushirib qoldirish gap mazmuniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq ergash 73 gapli qo‘shma gaplarda shunday bir holat kuzatiladiki, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplardan biri propozitsiya ifodalamaydi, ikkinchi gap mazmunini aktuallashtiruvchi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday vazifada bosh gaplar ham, ergash gaplar ham kelishi mumkin. Modusni ifodalovchi bunday gap mazmunan kirish gapga teng bo‘ladi. H.Xoliqovning ko‘rsatishicha, “Kirishlar kirish bo‘lak (demak, ehtimol), kirish birikma (uning fikricha, gapning to‘g’risi) va kirish gap (men sizga aytsam) shaklida bo‘ladi”. Olimning o‘z ilmiy ishida kirish gapga keltirgan namuna fikrimizni dalillaydi. Sirasini aytganda, Safura mashina haydashni astoydil o‘rganmoqni istamasdi. Erkin A’zamov. Bayramdan boshqa kunlar. Qissa. 87-b. T. 1988-y. / Sirasini aytsam, Safura mashina haydashni astoydil o‘rganmoqni istamasdi. / Sirasi , Safura mashina haydashni astoydil o‘rganmoqni istamasdi. Yuqoridagi har uch holatda ham ifodalangan Safura mashina haydashni o‘rganishni astoydil istamaganligi haqidagi propozitsiya o‘zgarishsiz saqlangan . Modus ham o‘sha: so‘zlovchi o‘z fikrining asosiy mohiyatini so‘zlayotgani haqida tinglovchiga xabar beryapti. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida dolzarb bo‘lgan mazmundan shaklga qarab tahlil qilish tamoyiliga asoslanadigan bo‘lsak, har uchala gapni kirish birliklar ishtirok etgan murakkablashgan sodda gaplar deb baholay olamiz. O‘zbek tilshunosligida kirish va kiritma qurilmalar bir-biridan alohida hodisalar sifatida tadqiq qilingan. H.Xoliqovning haqli e’tirozicha, “kirish qismlarni “kiritmalar” deb atash ikki mustaqil kategoriyaning qorishtirib yuborilganini ko‘rsatadi”. Kirish gaplar asosiy gap bilan grammatik va intonatsion aloqaga kirishmaydi. Asosiy gapdan vergul bilan ajratiladi. Asosan, gap boshida kelgan kirish gaplarga namunalarni ko‘rishimiz mumkin: Turgan gapki, ular Hindistondan quruq kelishmabdi. Erkin A’zam.Bayramdan boshqa kunlar. Qissa. T.1988-y. 13-b. Asosiy gapdagi Chinnibek va Barnoshaning Hindistondan quruq kelishmaganligi haqidagi axborot tabiiy holat ekanligi, ehtimolligi yuqori, aniq hodisa ekanligi haqidagi so‘zlovchining ishonchi kirish gapdan anglashilgan modusda ifodalangan. Kiritma qurilmalar esa asosiy gapga qo‘shimcha fikrni ifodalagani uchun gap boshida kela olmaydi. I.Toshaliyevning ta’kidlashicha, kiritmalar “…hali aytilmagan, lekin o‘quvchining bi

Доказательный фрагмент

«Kirish gaplar sodda gaplarni ham mazmunan, ham shaklan murakkablashtirishga xizmat qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Kirish gaplar sodda gaplarni ham mazmunan, ham shaklan murakkablashtirishga xizmat qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
proposition, modus, introductory words, input device, actualization, kiritma qurilma, kirish, aktuallashuv, pragmatik belgi., propozitsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3