К содержанию
РецензированоUZ2026

INTEGRASIYALASHGAN TA’LIM JARAYONI ORQALI BOSHLANG’ICH SINF OʻQUVCHILARIDA IZLANUVCHANLIKNI SHAKLLANTIRISH

OʻQUVCHILARIDA IZLANUVCHANLIKNI SHAKLLANTIRISH · Sultonova Oydin Jumanazarovna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Maqolada ta’lim sifatiga zamonaviy yondashuvlarning tahlillari va integratsion yondashuv komponentlari pedagogik jihatdan tahlil qilingan bo’lib. Maqolada shu bayon qilinganki bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish, ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish samarali omillardan batafsil ochib berilgan. Tayanch so‘zlar: Integratsiyalashgan ta’lim, boshlang’ich sinf o’quvchilari, tadqiqotchilik ko’nikmasi, kompitensiyaviy yondashuv. Ta’lim sifatiga zamonaviy yondashuvning tahlillari shuni koʻrsatmoqdaki, umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinf oʻquvchilarini hayoti davomida oʻqib-oʻrganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish, ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish samarali omillardan hisoblanadi. Ushbu holat boshlang’ich sinf oʻquvchilarining ijodiy faolligini oshiradi, tayanch kompetensiyalar asosida tadqiqotchilik koʻnikmalarini shakllantirishga asos yaratadi, bu esa oʻquvchilarning oʻz kasb yoʻnalishini tanlashlarida oʻta muhimdir [1]. Hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTSning qabul qilinishi ta’lim tizimi, shaxs, davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat boʻlgan Milliy modelning ayrim qismlaridagi ulkan oʻzgarishlar: xususan, davlat va jamiyatning tubdan oʻzgarishi, hayotimizga kirib kelgan axborot-kommunikasion vositalar, fanning eng soʻnggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq qiluvchi oʻzgacha fikrlovchi yoshlar vujudga kelganliklari bilan izohlanadi [5]. Undan tashqari, butun dunyoda boʻlayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar ham, xususan Janubiy–Sharqiy Osiyo davlatlari, Yevropa va Amerika qit’alaridagi 10-15 yildan buyon amalga oshirilayotgan ta’limga oid islohotlar ta’sirida Oʻzbekistonning kompetensiyali ta’lim strategiyasi yaratildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat Ta’lim Standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 187-son Qarori 1-ilovasining (3-bob) “Umumiy oʻrta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari”da oʻquvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi belgilab qoʻyilgan. Ushbu qarorda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTSda fanlarga oid kompetensiyalari alohida ajratib koʻrsatilgan. Jumladan, “Umumiy oʻrta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari boʻyicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, oʻquv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qoʻyiladigan talablardan iborat boʻlib, u quyidagilardan tashkil topadi [4; 5-b]: a. Bilim; 76 b. Koʻnikma; c. Malaka; d. Kompetensiya. Boshlang’ich sinf oʻquvchisining tayanch kompetensiyalari - u kim va qanday kasb egasi boʻlishidan qat’iy nazar, shaxsiy hayotida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etish uchun egallashi lozim boʻlgan layoqatlar, qobiliyatlar va hayotiy malaka va koʻnikmalar majmuidan iboratdir. Bunda har bir shaxs kommunikativ boʻlishi, axborot bilan ishlay olishi, shaxs sifatida oʻz-oʻzini rivojlantirishi, ijtimoiy faol fuqaro boʻlishi, umummadaniy xislatlarga ega va fan-texnika yangiliklaridan xabardor boʻlishi nazarda tutiladi. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida mana shunday xislatlar oʻquvchining yoshi, psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ta’lim va tarbiyani uygʻun amalga oshirish bilan fanlarni oʻqitish jarayonida shakllantirilib boriladi[2; 18-b]. Ma’lumki, Integrasiya (lot. integratio - tiklash, toʻldirish, integer - butun soʻzidan olingan): 1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha; 2) fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni, differensiasiya bilan birga kechadi; 3) 2 va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini oʻzaro muvofiqlashtirish va birlashtirish [4]. Integrativ yondashuv - axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz koʻp kichik qismlarning oʻzaro ajralmas bogʻliqligi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona toʻgʻri xulosani aniqlash jarayonidir. Bu yondashuv oʻrganilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega boʻlishi, bilimlarga tizimli yondashish, boshlang’ich sinf oʻquvchilari bilimlarini egallashning eng maqsadga muvofiq yoʻllarini oʻrgatishdan iborat. Integrativ yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonlariga kompleks yondashuv, tizimiy yondashuv, tizimiy tahlil tadqiqot metodlarini joriy etishda va bilishning induksiya hamda deduksiya metodlaridan foydalanishda qoʻl keladi. Integrativ yondashuv ta’lim va tarbiyani ierarxik tizim sifatida qarab, ular ustida olib boriladigan tadqiqotlar olib borishda ijobiy samaralarni kafolatlaydi. Oʻquv jarayoni oʻqituvchining

Доказательный фрагмент

«Maqolada ta’lim sifatiga zamonaviy yondashuvlarning tahlillari va integratsion yondashuv komponentlari pedagogik jihatdan tahlil qilingan bo’lib.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ta’lim sifatiga zamonaviy yondashuvlarning tahlillari va integratsion yondashuv komponentlari pedagogik jihatdan tahlil qilingan bo’lib. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Integratsiyalashgan ta’lim, kompitensiyaviy yondashuv., boshlang’ich sinf o’quvchilari, tadqiqotchilik ko’nikmasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники