Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGIDA PIROTEXNIKA MAHSULOTLARINI SAQLASH VA YO‘Q QILISHGA OID TALABLAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ilyosbеk Tojaliyеv (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2004
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida pirotexnika mahsulotlarini saqlash va yo‘q qilishga oid talablar tahlil qilinadi. Pirotexnika vositalarining huquqiy maqomi, ularni saqlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablariga rioya qilish, yaroqsiz mahsulotlarni yo‘q qilish usullari va ekologik ta’siri yoritilgan. Shuningdek, ushbu mahsulotlar bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarning oldini olish va nazorat qilish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada tegishli qonun hujjatlari, ilmiy manbalar va amaliy tadqiqotlardan foydalanilgan. Kalit so‘zlar: Pirotexnika mahsulotlari, saqlash talablari, yo‘q qilish usullari, qonunchilik, xavfsizlik, ekologik ta’sir, noqonuniy aylanma, nazorat mexanizmi. Pirotexnika mahsulotlari zamonaviy hayotda turli marosimlar, bayram tadbirlari va ko‘ngilochar tadbirlarda keng qo‘llaniladi. Biroq, ularning xavfli kimyoviy tarkibi, portlash ehtimoli va salomatlikka salbiy ta’siri bois, ularni saqlash va yo‘q qilish bo‘yicha qat’iy qonuniy tartiblar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi ham bu masalani e’tibordan chetda qoldirmagan. Xususan, pirotexnika vositalarini saqlash, tashish va yo‘q qilish bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlar mavjud bo‘lib, ularning asosiy maqsadi – fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, noqonuniy aylanmani oldini olish va ekologik muvozanatni saqlab qolishdan iborat. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish ushbu buyumlarni xorijdan mamlakatimiz hududiga qonunda belgilangan tartibni buzib olib kirilishida izohlanadi. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 maydagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan portlovchi materiallarni (shu jumladan, signal raketalari, yomg‘ir yog‘diriladigan raketalar, tumanga qarshi signallar va boshqa pirotexnika buyumlarini) O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.”[1] Pirotexnika mahsulotlarini saqlashda birinchi navbatda maxsus jihozlangan, xavfsizlik me’yorlariga javob beradigan omborxonalar zarur. Ichki ishlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining qo‘shma buyrug‘iga asosan, bunday omborlar mustahkam devorli, yong‘inga chidamli materiallardan qurilgan bo‘lishi va harorat, namlik, havoning aylanishi kabi parametrlarga doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lishi lozim [3]. Mahsulotlar orasidagi masofa, ularni qadoqlash shakli va ombor hududida boshqa yonuvchan materiallar mavjud emasligi qat’iy tekshiruvdan o‘tkaziladi. 4 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Bundan tashqari, pirotexnika vositalarining joylashuvi to‘g‘risida maxsus reestr yuritiladi. Ushbu reestrda mahsulotning nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, muddati, saqlovchining ma’lumotlari va saqlash joyi aniq ko‘rsatiladi [4]. Pirotexnika mahsulotlari amal qilish muddati o‘tib ketgan, yaroqsiz holatga kelgan yoki noqonuniy ravishda musodara qilingan bo‘lsa, ularni yo‘q qilish zarur. Bu jarayon qat’iy tartib asosida, mutaxassislar ishtirokida va xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Odatda bu jarayon Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ekologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Yo‘q qilishning eng xavfsiz va ekologik toza usuli – maxsus poligonlarda kontrolli portlatish yoki yoqish hisoblanadi. Bunda atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, odamlar salomatligini xavf ostiga qo‘ymaslik birinchi o‘rinda turadi [3]. Agar pirotexnika vositalari tarkibida o‘ta xavfli kimyoviy moddalar bo‘lsa, ular alohida ajratilib, kimyoviy neytrallash yo‘li bilan zararsizlantiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi hamda Jinoyat kodeksida pirotexnika mahsulotlarini qonunga xilof ravishda saqlash, tashish yoki yo‘q qilish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Xususan, bunday harakatlar jamoat xavfsizligiga tahdid solsa yoki salbiy oqibatlarga olib kelsa, jinoiy ish qo‘zg‘atiladi va tegishli jazo chorasi qo‘llaniladi [2]. Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Bojxona qo‘mitasi mazkur mahsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi asosiy organlar hisoblanadi. Har yili yangi yil oldidan hamda yirik tadbirlar arafasida reydlar o‘tkazilib, noqonuniy savdo bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlanadi. Pirotexnika vositalarining yo‘q qilinishi jarayonida chiqariladigan zararli gazlar, chang va issiqlik nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan bu jarayonlarda ekologik ekspertiza o‘tkazish talabi mavjud. Mazkur ekspertiza yo‘q qilish usulining xavfsizligini baholaydi va tegishli tavsiyalar beradi [5]. Pirotexnika mahsulotlari xavfli texnik vosita sifatida e’tiborga olinadi va ularni saqlash ham
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida pirotexnika mahsulotlarini saqlash va yo‘q qilishga oid talablar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida pirotexnika mahsulotlarini saqlash va yo‘q qilishga oid talablar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pirotexnika mahsulotlari, xavfsizlik, yo‘q qilish usullari, saqlash talablari, ekologik ta’sir, qonunchilik, noqonuniy aylanma, nazorat mexanizmi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025