Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FOLKLOR ASARLARINI O‘QITISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Sabitova T.
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
ushbu maqolada bugungi kunda xalq og’zaki ijodi va uning rivojlanishiga doir pedagogic qarashlar yoritilgan. O’zbek olimlarining xalq og’zaki ijodini o’qitishdagi roli va ahamiyati borasidagi yondashuvlari ilmiy nazariy jihatdan tahlil etilgan. Kalit so’zlar: epos, doston, xalq og’zaki ijodi, tasvir, ta’lim, tarbiya, ijod, adolat, badiiy xususiyat. Bashariyatning eng qadimiy tafakkuriy madaniy-ma’rifiy jarayonlarini aniqlashda eng avvalo turkiy dostonchilikning ildizlariga diqqat-e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Bu nihoyatda qiziq va g‘aroyibdir. Turkiy dostonchilik jahon xalqlari eposlari singari o‘zining yuksak g‘oyaviyligi, badiiy kamoloti bilan alohida o‘rin tutadi. Doston epik ijodiyotning juda qadimiy turi sifatida barcha xalqlar og‘zaki adabiyotida mavjud. Uning yuzaga kelishi ko‘p xalqlar hayotidagi epik- qahramonlik davriga borib taqaladi. Albatta, dostonlarning yuzaga kelishidan oldin katta epik asarlar, ya’ni epos yaratilgan. Demak, qadimiylik barcha xalqlar eposlari uchun tipologik hodisa bo‘lib, uning yaratilishi xalqining boshidan kechirgan muayyan iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlar, uning tarixidagi voqealarning bosqichlari bilan bog‘liqdir. Folklor ilmning bilimdoni, o‘zbek xalq og‘zaki ijodining asoschilari V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifovlar o‘zlarining tadqiqotlarida turkiy xalqlarning eposlari va dostonlari haqida juda qimmatli, shuningdek kelajak avlodga ibrat bo‘ladigan o‘zlarining fikrlarini yozib qoldirganlar. Ayniqsa, bu tadqiqotlar ularning juda katta, monumental asarlari “Tyurkskiy geroicheskiy epos”1 va “Uzbekskiy narodniy geroicheskiy epos”2 hamda boshqa asarlarida o‘z ifodasini topgan. Albatta, biz mana shu asarlarga tayangan holda ushbu kitobimizda bu qimmatli fikrlarni berish asnosida o‘z qarashlarimizni ham bayon etishga harakat qilamiz. Demak, epos qadimiyatning ulkan ehsoni, o‘zi yaratilgan davrning umumiy dunyoqarashi, ayni paytda, jonli an’anaviy ijod va ijro shoroitlarida davrlararo xalq ruhining obektiv holatini ifodalab, mazmun va shakl jihatidan goh ko‘lamlashib, goh siqiq tarzda avlodlarga yetib kelgan buyuk obidadir. Har bir xalq milliy tarixining afsonalar qobig‘iga o‘ralgan qahramonlik voqealari xalq dostonlarining yaratilishi uchun boy material berdi. Epik dostonning asosiy shartlaridan biri uning xalqchilligidir: shoirning o‘zi ham voqeaga o‘z xalqining ko‘zlari bilan qaraydi, voqeadan o‘z shaxsini ayirmaydi. “Doston xalq xayotini obyektiv-bayoniy xarakterda tasvirlovchi keng ko‘lamli, ko‘p tarmoqli asardir”. Unda o‘tmishdagi ulkan burilishlar, keskin o‘zgarishlar aks etadi. “Eposning asosi mundarijasini voqea, dunyoning umumiy ahvolini tubdan o‘zgartiruvchi tarixiy konkret voqea tashkil etadi. Bu shunchaki odatdagi voqea emas, balki tarixda misli ko‘rilmagan, davr qiyofasini uzoq yillarga o‘zgartiruvchi ulkan voqea. Eposga asos qilib olinadigan bunday voqealar jumlasiga, odatda, urushlar, xalqlar orasidagi jangu-jadallar kiradi. Tasvirga olingan voqeaning faqat ko‘lamdorligi emas, balki badiiy-tasviriy vosita va usullarning sistematasi, mubolag‘a va tashbihlar, tafsilotli tasvirlar, xodisa va manzaralarning sokin va tantanavor oqimi ham eposda ulug‘vorlik va dunyoviy qamrov taassurotini tug‘diradi”. 1 Жирмунский В.М. Тюркский героический эпос. Л., 1974 2 Жирмунский В.М. Узбекский народный героический эпос.М.,1947 174 Ana shu ulug‘vorlik va dunyoviy qamrov har bir lavxasida, epik ohang va bo‘yoqlarida, boy tasviriy vositalarida, uziga xos ijodkorlik va ijrochilik san’atida barq urib turgan o‘zbek xalq dostonlari turkiy xalqlar arxaik folklori zaminida yuzaga keldi va qadimiy milliy tariximizning, ulkan moddiy hamda ma’naviy madaniyat ijodkori bulgan jonajon xalqimiz ruhiyatining, orzu-umidlarining, ishonch-e’tiqodlarining o‘ziga xos badiiy ifodasi bo‘ldi, uni yaratilishi xalqimizning ma’naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoy-siyosiy kurashlari, ahloqiy-yestetik qarashlari, adolat va xaqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi ideallari bilan mahkam bog‘liqdir, asriy kurashlar va ideallar uning mavzusi, g‘oyaviy mazmuniy, obrazlar sistemasi, syujet va kompozisiyasi mohiyatini belgilaydi. Dostonlarimizdagi ulug‘vor poetik umumlashma va yuksak badiiy obrazlar ularni dunyo folklorining tengsiz namunalari-rus bilinlari, ukrain dumalari, karelo-fin runlari, yoqut olonxosi, qozoq botirlar jiri, buryat uligerlari, qirg‘iz “Manas”i va qoraqalpoq “Qirq qizi”, hind “Mahabxarata”si qisqasi, G’arb va Sharqning ulkan eposlari qatoriga qo‘ydi. Bu esa, uning qonuniy vorisi - sovet kishisi qalbida cheksiz milliy iftihor, yuksak internasionalizm tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdiradi. Doston so‘zi qissa, hikoya, shonu shuxrat, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy termin sifatida bu nom ostida xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik xajmli epik asarlar nazarda tutiladi. Biroq ular hayotni tasvirlash vositalari va usulari jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq qiladilar. Xalq dostonlari juda uzoq kechmishda jonli og‘zaki ijodda yuzaga keladi.
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada bugungi kunda xalq og’zaki ijodi va uning rivojlanishiga doir pedagogic qarashlar yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada bugungi kunda xalq og’zaki ijodi va uning rivojlanishiga doir pedagogic qarashlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, xalq og’zaki ijodi, epos, doston, ta’lim, ijod, tasvir, adolat, badiiy xususiyat.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024