Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MIGRATSIYA, ASOSIY TUSHUNCHALAR, TURLARI VA MOHIYATI
Maxmudov O‘ktamjon Muxsinjon o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Quyida migratsiya va uning hususiyati, shakli, sabab va maqsadi va ba’zi omillari ko‘ra uning turlariga tariflar beriladi va o‘zaro farqlar oydinlashtiriladi. Kalit so‘zlar: Migratsiya, immigratsiya, emigratsiya, repatriatsiya, antropologik, genetik, lingvistik yondashuvlar. Migratsiya – bu odamlarning turli sabablarga ko'ra yashash joyidan boshqa joyga ko'chishi. Migratsiya odamlarning ma'lum bir hududdan tashqariga doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyiga ko'chib o'tishi bilan sodir bo'ladi. 1 Tilimizda migratsiya, immigratsiya va emigratsiya so‘zlari doimiy muomalada yuradi lekin ularning mazmun mohiyati ko‘pincha chalkash holatda ishlatiladi. Ularning mazmuniga ko‘ra kichik farqlari mavjud. Ularni quyidagicha izohlash mumkin. Migratsiya – bu umumiy tushuncha bo‘lib, odamlarning bir hududdan boshqasiga ko‘chishi jarayonini bildiradi – ichki bo‘lishi ham mumkin, xalqaro bo‘lishi ham. Immigratsiya – bu ko‘chib kirish degani – biror shaxs yoki guruh boshqa mamlakatga kelib, u yerda yashay boshlaydi. Masalan, Amerikaga immigratsiya yildan yilga ortib bormoqda. Emigratsiya – bu ko‘chib chiqish degani – biror shaxs yoki guruh o‘z mamlakatidan chiqib, boshqa mamlakatga ketadi. Masalan O‘zbekistondan Rossiya va Amerikaga emigratsiya ham yildan-yilga ortib borayotganligini taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari migratsiyaga oid relokatsiya, repatriatsiya tushunchalari ham qo‘llaniladi. Relokatsiya – bu joyini o‘zgartirish, ya’ni shaxs, kompaniya yoki tashkilotning bir joydan boshqa joyga ko‘chishi degan ma’noni anglatadi. Lug‘aviy ma’nosi ham qayta joylashtirish tushunchasini bildiradi. Repatriatsiya – bu ham ilmiy ishlarda qo‘llanadigan atama, lekin u odatda qochqinlar, quvg‘inda bo‘lgan shaxslar yoki urushdan keyingi jarayonlarga nisbatan ko‘proq ishlatiladi. 1 https://uz.wikipedia.org 55 Mart, 2025-Yil Qisqa qilib “vatanga qaytish” deb izohlash ham mumkin. Ushbu atamalarning ma’nosini to‘liq tushunish va turlarini batafsil o‘rganish, Migratsion jarayonlarning qaysi davr nuqtai nazarida bo‘lsa ham osonroq va chuqurroq tushunish va tahlil qilishga yordam beradi. Migratsion jarayonlar O‘zbekistonda asosan bugungi kunda dolzarb masalalardan biri sifatida turli fan tarmoqlari jumladan: iqtisod, sotsiologiya, siyosat nuqtai nazaridan ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, tarixiy rakursdan o‘rganilish natijalari yetarli emas. Holbuki u qadim davrlardan buyon sodir bo‘lib kelayotgan uzviy jarayon sifatida inson hayotining muhim bir qismi bo‘lib rivojlanib kelmoqda. Bugungi globallashuv davrida bu jarayon yanada jadallashmoqda. Dunyoda deyarli hech bir xalq, millat yoki elat yo‘qki migratsiya qilmagan, tarixiy shakllanish jarayonida o‘zga xalqlar hamda elatlar bilan assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonini boshdan kechirmagan bo‘lsa. Buni bilish zarurati insonlarning o‘zligini anglash yo‘lidagi faoliyatida ushbu masalalarni o‘rganish ahamiyatini yanada oshirib beradi. Bu jarayonni anglash esa o‘z-o‘zidan jamiyatda irqchilik, millatchilik, ayirmachilik va diskriminatsiya holatlarining kamayib borishiga xizmat qilishi shubhasizdir. Migratsiya ko‘lami, maqsadi, shakli va hususiyatiga ko‘ra turlicha tasniflanishi mumkin. Uning avvalo asosiy ikki turi mavjud: 1) Ichki – ma’lum bir davlat, shahar, tuman ichida yuz beruvchi; 2) Tashqi – asosan kengroq hududni qamrab olishi bilan harakterlanadi va davlatlararo, ma’lum siyosiy, geografik chegaralarni kesib o‘tish orqali sodir bo‘luvchi migratsiya. Sodir bo‘lish yo‘nalishiga ko‘ra: a) Qishloqdan – qishloqqa; b) Shahardan – shaharga; c) Qishloqdan – shaharga; d) Shahardan – qishloq hududlariga migratsiyalarni tasniflash mumkin. Sodir bo‘lish sabablariga ko‘ra: Iqtisodiy; Ijtimoiy; Siyosiy; Ekologik; Harbiy kabi turlarga bo‘linadi. Maqsadiga ko‘ra: Mehnat migratsiyasi; Ta’lim migratsiyasi; 56 Mart, 2025-Yil Turmush migratsiyasi kabi turlarga ajratish mumkin. Migratsiyaga migrantning munosabatiga ko‘ra: Ixtiyoriy; Majburiy; Davomiyligiga ko‘ra: Vaqtinchalik; Doimiy; Shuningdek turli aspektlariga tayanib uyushgan yoki uyushmagan, qonuniy yoki noqonuniy va yana turlicha tasniflanishi mumkin. Bu klassifikatsiyalar bugungi kundagi migratsion jarayonlarning hususiyatlariga tayanib ishlab chiqilgan bo‘lib barcha davrlar uchun birdek ahamiyatli bo‘lmasligi mumkin. Masalan, ma’lumki bugngi kunda mehnat migratsiyasi, ta’lim migratsiyasi siyosiy migratsiya eng dolzarb va ko‘p uchraydigan turlardan bo‘lsa, o‘rta asrlarda (XIV-XV asrlar) harbiy, ijtimoiy, majburiy, siyosiy migratsiya ko‘proq ko‘zga tashlanadi. “Aholi migratsiyasi” tushunchasiga turli tadqiqotchilar turlicha yondashishadi. Ammo migratsiya sohasida dastlabki chuqur nazariy tadqiqot muallifi ingiliz olimi Y.G. Ravenshteynning Buyuk Britaniya va Shimoliy Amerikadagi migratsiya jarayonlari tahlili asosidagi 11ta migratsiya qonuni jahonda umume’tirof etilgan. Bu qonunlar migratsiya sohasidagi boshqa ko‘pchilik nazariyalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi ular quyidagilardan iborat: 1.Migratsiya eng ko‘p qisqa masofalarga a
Доказательный фрагмент
«Quyida migratsiya va uning hususiyati, shakli, sabab va maqsadi va ba’zi omillari ko‘ra uning turlariga tariflar beriladi va o‘zaro farqlar oydinlashtiriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюQuyida migratsiya va uning hususiyati, shakli, sabab va maqsadi va ba’zi omillari ko‘ra uning turlariga tariflar beriladi va o‘zaro farqlar oydinlashtiriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- immigratsiya, emigratsiya, genetik, Migratsiya, antropologik, lingvistik yondashuvlar., repatriatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024