К содержанию
РецензированоRU2025

О‘ZBEKISTONDA О‘TKAZILGAN XALQARO FESTIVALLAR VA ULARDA MAHALLIY HUNARMANDLARNING ISHTIROKI

MAHALLIY HUNARMANDLARNING ISHTIROKI · Dusiyorova Maftuna Chori qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

In this thesis, the activities of our local craftsmen and their participation in international festevals, which have been held in the present-day New Uzbekistan since independence, were highlighted. Keywords: Samarkand, Bukhara, UNESCO, JEIKA, “Chuya marvaridi”, Festeval, crafts, jewelry. Respublikaga kо‘plab sayyohlarni jalb etish, vatanimiz tarixi bilan tanishtirish maqsadida mustaqillik yillari bir qator vazifalar amalga oshirildi. Masalan, Samarqand shahriga chet ellik sayyohlarni yanada kо‘proq jalb etish maqsadida qator qо‘shimcha tadbirlar ham amalga oshirilgan. Qadimiy Samarqand qog‘ozini tayyorlash sirlarini tо‘liq о‘zlashtirgan hunarmand Z.Muxtorov 1995-yilda “Konigil” qishlog‘ining Siyob anhori oqib о‘tadigan qismida О‘zbekiston, YUNESKO va Yaponiyaning JEIKA halqaro agentligi kо‘magida “Konigil-Meros” qog‘oz ishlab chiqarish hunarmandchilik markaziga asos soldi. Samarqandda faoliyat kо‘rsatayotgan “El Holding” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashabbusi bilan 2006-yilda “El merosi” tarixiy liboslar teatri tashkil etildi. Mazkur teatr va hunarmandchilik markazi faoliyati Samarqand shahriga tashrif buyuruvchi sayyohlarga shahar madaniyati va tarixi borasida qimmatli ma’lumotlar berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Payariq tumani Kо‘ltо‘sin mahallasida hozirgacha gilamlar jun, ipak, kanop, paxta va boshqa iplardan bir necha tur, yо‘nalish va usullarda tо‘qib kelinadi. Hozir Payariqda gilamning tikma va bosma turlari xonalarning hajmiga moslashtirib tо‘qish urfga kirgan. 49 Mart, 2025-Yil Navoiy viloyatida Hadicha Vohidova Bо‘stonda “Xadicha” xususiy firmasini ochishga muvaffaq bо‘ldi. Firma zardо‘zlikning buxorocha uslubi asosida 20 xildan ortiq mahsulot ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘ydi. Samarqand shahar hokimining 2010-yil 2-fevraldagi 214-sonli qaroriga binoan shaharning Toshkent kо‘chasida joylashgan ikki qavatli bino tо‘la ta’mirdan chiqarilib, bu yerda “Samarqand hunarmandlar markazi” tashkil etildi. 2009-2010-yillarda Samarqand viloyati hokimining tashabbusi bilan Toshkent kо‘chasida joylashgan barcha savdo dо‘konlari buzilib, ularning о‘rnida zamonaviy savdo rastalari barpo etildi. Ayni paytda mazkur rastalarda musiqa cholg‘ulari, zargarlik, tikuvchilik, zardо‘zlik, kashtadо‘zlik kabi 11 turdagi xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchi dо‘konlar faoliyati yо‘lga qо‘yildi. Bular tabiiyki, turizmni rivojlanitirishda hamda ayollar mehnatini qо‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishi yaqqol namoyon bо‘ldi. Shuningdek, ayollarni uydagi mehnatlarini qо‘llab-quvvatlash maqsadida pul mablag‘lari bilan ta’minlashda ham sharoitlar yaratildi. Masalan, 2011-yilda “Mikrokredit” bankdan imtiyozli ravishda 10 mln. kredit olgan Muhabbat Rahimova “Chuya marvaridi” nomli xususiy korxona ochib, tikuv mashinalari bilan jihozlab, 8 nafar kollej bitiruvchilarini ishga oldi. Xususiy korxonada ham 2012-yilda birgina Chuya iqtisodiyot kollejiga 8 mln. sо‘mlik talabalar formasi tikib berildi. 2018-yil 25-27-may kunlari Buxoro shahrida XVII xalqaro “Ipak va ziravorlar - 2018” festivali bо‘lib о‘tdi. “Ipak va ziravorlar - 2018” festivali “Hunarmand” uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qо‘mitasi, Buxoro viloyati hokimligi bilan hamkorlikda о‘tkazildi. Mazkur festival о‘zbek xalqi madaniy merosini asrash yо‘lida xizmat qiladi. Festivalning asosiy maqsadi - milliy hunarmandchilik, xalq xо‘jaligi yutuqlarini xalqaro miqyosda rivojlantirish, madaniy aloqalarni kengaytirish va Buxoro shahrini jahon turizmi markazlaridan biriga aylantirish edi. XVII xalqaro “Ipak va ziravorlar - 2018” festivali dasturidan milliy ansambllar chiqishlari, mamlakatning barcha burchaklaridan tashrif buyurgan ipak mahsulotlari va ziravorlar ishlab chiqaruvchilarining xalqaro kо‘rgazmasi bо‘lib о‘tdi. Shu bilan birga, 100 dan ortiq yurtimiz va xorijlik hunarmandlar tomonidan milliy hunarmandchilik mahsulotlari kо‘rgazma-savdosi tashkil etildi. Bundan tashqari, turli mahorat darslari, milliy о‘yinlar va kо‘ngilochar mashg‘ulotlar, tasviriy va amaliy san’at galereyasi kо‘rgazmasi bо‘lib о‘tdi. Festival doirasida, shuningdek, О‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan filmlar ham namoyish qilindi. 50 Mart, 2025-Yil 2019-yil 2-8-fevral kunlari О‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida 31-yanvar – “Xalqaro zargarlik kuni” ga bag‘ishlab 2019-yilning muzey zargarlik kolleksiyasining eng noyob asarlari о‘rin olgan “Umrboqiy zargarlik” nomli kо‘rgazma hamda ilmiy amaliy seminar tashkil etildi. Shu о‘rnida ta’kidlash lozimki, о‘zbek zargarligi juda qadimiy tarixga ega. Arxeologik topilmalardan ma’lumki, zargarlik san’ati juda qadimiy hunar bо‘lgan. Eramizgacha bо‘lgan I asrdan boshlab eramizni V asrgacha qadimiy qal’alarning chiroyli haykallar, devor bezaklari orqali zargarlik san’atini rivojlanganligini kо‘rish mumkin. Sharq mamlakatlarida zargarlik buyumlari qadimdan eng xaridorgir buyumlar sirasidan joy olgan. Endigina esini tanigan qizaloqqa ham bilaguzuk va sirg‘a taqish rasm bо‘lgan. Chaqalo

Доказательный фрагмент

«In this thesis, the activities of our local craftsmen and their participation in international festevals, which have been held in the present-day New Uzbekistan since independence, were highlighted.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this thesis, the activities of our local craftsmen and their participation in international festevals, which have been held in the present-day New Uzbekistan since independence, were highlighted. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Samarkand, Bukhara, UNESCO, JEIKA, “Chuya marvaridi”, Festeval, crafts, Buxoro, Samarqand, zargarlik., Yunesko, hunarmandchilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники