К содержанию
РецензированоRU2025

YOSH AVLODNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH MEZONLARI

Axmadaliyev Elmurod Raxmatovich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

В статье дается обратная связь по критериям и принципам воспитания подрастающего поколения в духе патриотизма. Ключевые слова: патриотизм, мир, нация, благородная мысль, справедливость, критерий. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash barchamiz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masaladir. Ushbu dolzarb masala uzluksiz jarayon bo‘lib, u birbiriga bog‘liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-mafkuraviy, madaniy- maʼrifiy tadbirlar majmuasidan iborat. Bugungi kunda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qurolli Kuchlarning umumharbiy nizomlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq olib borilmoqda. Xususan, “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da “Vatanparvar” tashkiloti bazasida yoshlarni mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishda ko‘mak berish masʼuliyati yuklatilgan. Shu bilan birgalikda ularning harbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borilishi ham aytilgan. Barchamizga ayyonki, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi umumiy tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, yoshlarda Vatanni fidokorona himoya qilishga tayyorlik va bunga qodirlikni shakllantirishga yo‘naltirlgan. 4 Mart, 2025-Yil Uning maʼnaviy-maʼrifiy va nazariy asosi Vatanni himoya qilish to‘g‘risidagi zamonaviy tegishli ilm-fan sohalarining xulosalari, xalqimizning Vatan va uni himoya qilish haqidagi tarixiy va zamonaviy amaliy tajribasi, ilmiy merosi hamda mazkur masala bilan bog‘liq umuminsoniy qadriyatlar va zamonaviy talablar hisoblanadi. Yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot g‘oya va tahdidlardan asrash, o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparavr insonlar etib tarbiyalash eng asosiy maqsadlardan biriga aylanmog‘i lozim. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoev taʼkidlanganidek, “tarbiya va taʼlimni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, yuksak maʼnaviyatli, shu bilan birga, bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash, tafakkur va zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi”. Jamiyatda vatanparvar va fidoyi insonlar ko‘payishi natijasida maʼnaviy-maʼrifiy hayotda hamda boshqa jabhalarda tub ijobiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bugungi kunda mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan azmu shijoatli yoshlarga eʼtibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Yangi O‘zbekistonning Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlash hamda uning tadrijiy rivojlanishga vatanparvar shaxs sifatida hissa qo‘shish barcha vatandoshlarimizning ezgu orzu umidlaridan biriga aylanmog‘i kerak. Darhaqiqat, “Yangi O‘zbekiston – barchamizning ezgu orzumiz, mehnatkash, tinchiliksevar xalqimizning orzusi. Unda xalqimizning azaliy umid-niyatlari, yuksalish sari intilishlari o‘ziga xos tarzda aks etmoqda. Uzoq o‘tmishdan hozirgi davrgacha milliy tafakkurimiz negizida shakllanib kelgan, turli g‘oya va amaliy harakatlarda o‘z ifodasini topgan el-yurtimizning orzu-umidlari bugungi kunda Yangi O‘zbekiston tushunchasiga jamuljam bo‘ldi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishmizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan mehnat qilsak, albatta hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi” – deydi Prezident Shavkat Mirziyoev. Istiqbolli rejalar va tub demokratik islohotlar vatanparvarlik tarbiyasini yangicha qarashlar va yondashuvlar asosida olib borishni taqozo etmoqda. Birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkuri va qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularni shakllantirish amaliyotini “Yangi O‘zbekiston”, “Uchinchi Renessasans sari”, “Аrmiya va xalq – bir tanu bir jondir”, “Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy”, “Har bir nuroniy – besh nafar yoshga murabbiy”, “Bir bolaga yetti mahalla – ota-ona”, “Jaholatga qarshi maʼrifat, g‘oyaga qarshi 5 Mart, 2025-Yil – g‘oya bilan kurashish”, “Biz g‘ururi, oriyati, maʼnaviyati baland xalqmiz”, “Yangi O‘zbekiston – maʼrifatparvar davlat”, “Buyuk sarkardalarimizning jasorati va harbiy merosi”, “Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik”, “Millatning dardiga darmon bo‘lmoq – chin vazifangizdir” , “Inson qadri uchun” tushunchalarning mazmun-mohiyatini tushintirishdan boshlab, milliy g‘oya va uning mafkuraviy negizlarini takomillashtirishga ko‘proq eʼtibor qartomg‘imiz lozi

Доказательный фрагмент

«В статье дается обратная связь по критериям и принципам воспитания подрастающего поколения в духе патриотизма.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье дается обратная связь по критериям и принципам воспитания подрастающего поколения в духе патриотизма. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
patriotism, world, nation, noble thought, justice, criterion, millat, ezgu fikr, mezon., vatanparvarlik, adolat, dunyo
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники