К содержанию
РецензированоUZ2025

O`LIM JAZOSI JINOYATNI OLDINI OLISH UCHUN SAMARALI YECHIMMI?

Rasulova Ruxshona Zafar qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

As we all know, the death penalty is never left out when talking about penal systems. Although the origin of this punishment dates back a very long time, it is still used as the ultimate punishment in many countries of the world. This article discusses the importance of the death penalty in the fight against crime and its impact on human rights. Keywords: death penalty, humanity, crime, execution, history, corruption, constitution, human rights, crime, person. ЯВЛЯЕТСЯ ЛИ СМЕРТНАЯ КАЗНЬ ЭФФЕКТИВНЫМ РЕШЕНИЕМ ДЛЯ ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ ПРЕСТУПНОСТИ? Аннотация. Как мы все знаем, смертную казнь никогда не забывают, когда речь идет о пенитенциарных системах. Хотя это наказание возникло очень давно, оно до сих пор используется в качестве высшей меры наказания во многих странах мира. В статье обсуждается значение смертной казни в борьбе с преступностью и ее влияние на права человека. Ключевые слова: смертная казнь, гуманность, преступление, казнь, история, коррупция, конституция, права человека, преступление, личность. So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘lim jazosining qo‘llanilishi jinoyatchilikni kamayishiga olib kelishi haqida asossiz muhokamalar avj ola boshladi. 1 53 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Aslida, o‘lim jazosining bor yoki yo‘qligi jinoyatchilik darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Negaki, Chezare Bekkaria ta`kidlaganidek «jinoyatchilikni oldini olishda jazoning shavqatsizligi emas, balki uning muqarrarligi ko‘proq ahamiyatga ega». Bu fikrlar ayni haqiqatdir. Shunday ekan, o‘lim jazosi haqida gapirganda uning nafaqat huquqiy tomonini, balki ijtimoiy, axloqiy va psixologik jihatlarini ham e’tiborga olish lozim. Shunday bo‘lsa-da, ko‘plab davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham oliy jazo sifatida o‘lim jazosi butun umrlik yoki katta muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan. Umuman olganda, o‘lim jazosi insoniyat abadiy tortishib o‘tadigan, aniq to‘xtamga kelish qiyin bo‘lgan bahslardan biridir. O‘lim jazosi — qonun tomonidan yo‘l qo‘yiladigan oliy jazo turi bo‘lib, og‘ir jinoyatlari uchun insonning qatl etilishi. O‘lim jazosi ijro etilayotgan vaqtda davlat tomonidan belgilangan vakillar ishtirok etishi va aynan ular qatlni amalga oshirishlari shart, aks holda bu jarayon qotillik deya baholanadi. Hozirda dunyoning 130dan ortiq davlatida o‘lim jazosi qo‘llanilmaydi. Lekin insoniyat borki, bu jazo turi ham mavjud. Butun dunyo huquqshunoslari baravar bu jazoga qarshi chiqqanlarida ham uning yo‘qolib ketishiga ishonish qiyin. Yildan-yilga kamayib borayotgan bo‘lsa-da, hali-hamon ko‘pchilik davlatlarda o‘lim jazosi muntazam qo‘llanilib kelinadi. Bu davlatlar qatorida o‘zining huquqiy tizimi bilan barchaga o‘rnak bo‘lishga harakat qiladigan AQSh ham bor. Yevropada esa aksincha, deyarli barcha davlatlar bu jazo turidan voz kechishgan. Lekin tarix nuqtai nazaridan bu jazoni eng ko‘p qo‘llagan va takomillashtirgan xalq sifatida Yevropa xalqini keltirishimiz mumkin. O`zbekiston Respublikasi nuqtai nazaridan qaraydigan bo`lsak, bizda o‘lim jazosi tayinlanadigan jinoyatlar soni bosqichma-bosqich kamaytirilib, bu jazo to‘liq bekor qilingan. Shunga qaramasdan, ayrim fuqarolar tomonidan o‘lim jazosini tiklash, uni jinoyat qonunchiligiga qayta kiritish haqida takliflar ham ilgari surilmoqda. Vaholanki, demokratik va insonparvar g‘oyalarni oliy qadriyat darajasiga ko‘targan dunyodagi aksariyat davlatlarda o‘lim jazosi bekor qilingan. Chunki yashash huquqi – har bir insonning tabiiy huquqi bo‘lib, unga bu huquqni davlat emas, Yaratganning o‘zi ato etgan. 1994 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Jinoyat kodeksida 33 ta modda bo‘yicha o‘lim jazosini tayinlashi mumkin edi. 1 54 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Keyinchalik jinoiy jazolarni liberallashtirish natijasida 2008-yilgacha qonunchilikka muvofiq ikki turdagi jinoyat, ya’ni javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlarini sodir etganlik uchun o‘lim jazosi nazarda tutilgan edi, 2008- yil 1-yanvardan barcha jinoyatlar uchun bekor qilindi. O‘zbekiston Respublikasida 2008-yilning 1-yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinsin va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilsin.1 Huquqshunos Farhod Primovning ta’kidlashicha, o‘lim jazosini qo‘llash jinoyatchilikka qarshi kurashishda malakali yoki samarali yechim hisoblanmaydi. “O‘lim jazosi bekor qilinganidan keyin jinoyatchilik soni ko‘payganmi, degan masalani tahlil qilib ko‘rdik. Bilamizki, 2008-yilgacha qasddan odam o‘ldirgan shaxs uchun o‘lim jazosi belgilangan edi. Hozir qasddan odam o‘ldirish holatlari ko‘paydimi? 2008—2021-yilgacha qasddan odam o‘ldirish va qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish holatlari 2 baravar kamaygan. Ha, jazo bekor qilingandan keyin ham kamayish kuzatilgan. Yaʼni o‘lim jazos

Доказательный фрагмент

«As we all know, the death penalty is never left out when talking about penal systems.»

Образец извлечения

Демо-превью

As we all know, the death penalty is never left out when talking about penal systems. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
death penalty, humanity, crime, execution, history, corruption, constitution, jinoyat, qatl, shaxs., tarix, o`lim jazosi, korrupsiya konstitutsiya, inson huquqlari, insoniyat, jinoyatchilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники