К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEK GRAFIKA SAN’ATIDA ANVAR MAMADJANOV IJODINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Turabekova Marjona Usubali qizi · UZBEK GRAPHIC ART (Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti)

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

The comparative analysis of the topic is such that a deep analysis of the life and work of Anvar Mamadjanov, a bright representative of Uzbek graphic art, is carried out in it. The creative assars of the graphic artist of Uzbekistan and the methods of its work are studied. This article, aimed at fully covering this topic, provided the necessary information for future graphic artists. Keywords: Graphic art, book graphics, composition, visual style, modern and classical harmony. МЕСТО И ЗНАЧЕНИЕ ТВОРЧЕСТВА АНВАРА МАМАДЖАНОВА В ГРАФИЧЕСКОМ ИСКУССТВЕ УЗБЕКИСТАНА Аннотация. Сравнительный анализ темы заключается в том, что в ней дается глубокий анализ жизни и творчества Анвара Мамаджанова, выдающегося представителя узбекского графического искусства. Изучено творчество узбекского художника-графика и методы его работы. Цель данной статьи — полностью раскрыть эту тему и предоставить информацию, необходимую будущим художникам-графикам. Ключевые слова: Графика, книжная графика, композиция, живописный стиль, современная и классическая гармония. 3 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Barchamizga ma’lumki, o‘zbek xalqi o‘zining san’atsevarligi, san’atning barcha turlarini qadrlashi bilan nom chiqargan xalqdir. Ayniqsa, xalqimiz orasida musavvirlik san’ati yuksak qadrlanib kelgan, musavvirlarga alohida hurmat va e’tibor ko‘rsatilgan. Asrlar osha insonlarga go‘zallik hadya etib kelayotgan musavvirlik uzoq yillar davomida shakllangan, sayqallanib kelgan ijod turi desak o‘rinli bo‘ladi. Ayniqsa, tasviriy san’at xazinasidan munosib o‘rin olgan grafika san’ati Sharq xalqlarining mushtarak badiiy mеrosi hamdir. U nodir adabiy asarlarni ziynatlash bilan birga, mazkur asarlarning mazmunini ochib berishga, ulardagi ilgor insonparvarlik g‘oyalari, oliyjanoblikka bo‘lgan intilish, go‘zallik to‘g‘risidagi tasavvurni ifodalashga ham xizmat qilgan. Turli san’atkorlar - xattot, rassom, mo‘zaxxib, muqovasoz, jadvalkash va boshqalarning ijodii hamkorligida yaratilgan nodir qo‘lyozmalar o‘sha davr madaniy, ijtimoiy hayotini badiiy- estеtik qarashlarini o‘rganishda qimmatli manbalardan hisoblanadi. O‘zbek rassomlarining grafik asarlarini badiiy tahlil qilishda kompozitsiya, ranglar, detallar, ma’no va mavzular o‘ziga xos ahamiyatga ega. Bu asarlar nafaqat tashqi dunyoni tasvirlash, balki insonning ichki dunyosini, uning tarixiy, ijtimoiy va ma’naviy holatini aks ettirishga qaratilgan. O‘zbek grafikasi o‘zining estetik go‘zalligi va chuqur mazmuni bilan nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo san’ati tarixida o‘ziga alohida o‘rin tutadi. O‘zbekistonda ko‘plab grafika rassomlari ijod qilishgan. Ular orasida Mamadjanov Anvar Alimjanovich ijodi alohida o‘rin tutadi. Mamadjanov Anvar Alimjanovich o‘zbek grafik san’ati sohasida o‘ziga xos o‘rin tutgan, yurtimizda taniqli bo‘lgan ustoz rassomlardan biridir. U o‘zining ijodi bilan o‘zbek grafik san’atining rivojiga katta hissa qo‘shgan va o‘z asarlari orqali yangi uslublarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Musavvir Anvar Mamadjanov 1950 yilning 22 may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 1968-1973 yillarda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr-rassomlik institutining kulolchilik bo‘limida tahsil olib, talabalik yillari o‘z davrining buyuk rassomlari E.Liyepene va B.Shupak ustaxonalarida mahorat sirlarini o‘rganadi. 1973 yilda o‘quv yurtini tamomlab, o‘n yil amaliy san’at fabrikasida turli kulolchilik buyumlarini yasash bilan shug‘ullangan bo‘lishga qaramay doim grafikaga qiziqib, ijod qilishdan to‘xtamagan. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyiga ishga taklif qilinib, u yerda deyarli 20 yil 3 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ davomida asosan ertaklar, she’rlar to‘plamlari uchun illusstratsiyalar chizgan va bolalar adabiyoti dizayni bilan shug‘ullangan. Ijodiy faoliyati davomida Alisher Navoiy, Pirimqul Qodirov, Muhammad Ali, Azim Suyun, Xurshid Davron, Yamin Qurbon, Muxtor Xudoyqulov asarlariga, shuningdek xalq dostonlari, afandi latifalariga ilyustratsiyalar ishlagan. Shaxsiy ko‘rgazmalari AQSH, Bahrayn, Belgiya, Liviya, Marokash, Tunis, Hindiston kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan. Yigirmadan ortiq xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchisi va sovrindori hissoblanadi. Uning ijodi o‘ziga xos yondashuv bilan ajralib turadi. Mamadjanovning san’ati nafaqat tasviriy san’at, balki o‘zbek milliy madaniyati, an’analari va qadriyatlarini tasvirlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Mamadjanovning grafik asarlari, asosan, milliy motivlar va an’anaviy o‘zbek san’atining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. U o‘zining rang-barang va mazmunli ishlari orqali xalqimizning qadriyatlarini, tarixini, madaniyatini ifodalab kelayotgan rassom. San’atkorning grafika asarlari, shu bilan birga, zamonaviy dizayn va kompozitsiya elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan, shu bilan birga klassik grafik san’atning a

Доказательный фрагмент

«The comparative analysis of the topic is such that a deep analysis of the life and work of Anvar Mamadjanov, a bright representative of Uzbek graphic art, is carried out in it.»

Образец извлечения

Демо-превью

The comparative analysis of the topic is such that a deep analysis of the life and work of Anvar Mamadjanov, a bright representative of Uzbek graphic art, is carried out in it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Graphic art, book graphics, composition, visual style, modern and classical, zamonaviy va klassik uyg‘unlik., Grafika san’ati, tasviriy uslub, kompozitsiya, kitob grafikasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники