Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RIVOJLANGAN DAVLATLARDA YER RESURSLARINI BOSHQARISHNING ILG‘OR USLUBLARI
Ataullayev Jafar
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
This article describes the management of land resources in the CIS countries, their rational use, rational use of land and land protection, maintaining and increasing soil fertility, andimproving theenvironment. Kalit so’zlar. Yer resurslarini boshqarish, bozor munosabatlari, muxofaza qilish, MDH davlatlari, fermer, tuproq unumdorligi Ключевые слова. Управление земельными ресурсами, рыночные отношения, охрана, страныСНГ,фермер,плодородиепочв Key words. Management of land resources, market relations, conservation, CIS countries, farmer, soil fertility Kirish. MDH davlatlarida yer resurslarini boshqarish asosan respublikamizda yuritilayotgan Yer resurslarini boshqarishning tamoyillariga hamda vazifalariga yaqin uslubda olib boriladi. Ammo shu bilan bir qatorda ba’zi bir xususiyatlarga egadir. Bunday xususiyatlar asosan MDH davlatlarida yer maydonlarining bir qismini xususiylashtirilganligi, to‘g‘ridan – to‘g‘ri bozor munosabatlariga tortilganligi bilan bog‘liqdir. Rossiya federatsiyasida yer kadastrini yuritish asosan yer resurslari va yer tuzish Davlat qo‘mitasiga yuklatilgan. Davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatini Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Prezidenti farmonlariga, Davlat dumasining va Rossiya Federatsiyasi hukumatining qarorlariga muvofiq holdaamalga oshiradi. Rossiya Federatsiyasi yer resurslari va yer tuzish Davlat qo‘mitasining asosiy vazifalariga quyidagilarkiradi: yerlardan oqilona foydalanish va yerlarni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini saqlash vaoshirish, atrofmuhitni yaxshilash bo‘yicha davlat siyosatini o‘tkazish; yerlarni xususiylashtirish bilan bog‘liqbo‘lgan ishlarni tashkiletish vao‘tkazish; yerdan foydalanish va muhofazaqilishbo‘yicha davlat nazorati; davlat yer kadastri va monitoringini yuritish; yer tuzish, davlat yer kadastri vamonitoringi ishlarini tashkil etishva o‘tkazish; federal vaboshqa yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarbankini yuritish; yerdan oqilona foydalanish va xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini rivojlantirishning iqtisodiy manfaatdorligi bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish. 482 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue2,March 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Germaniya tajribasi - Germaniya yer qonunchiligida qishloq xo‘jalik yerlariga bo‘lgan mulkchilik va yer ijarasidagi har qanday o‘zgarishlarni qat’iy hisobi va nazorati o‘rnatilgan. Masalan, barcha qishloq xo‘jalik yer turlaridan foydalanish boshqa sub’ektga o‘tishidagi foydalanish bo‘yicha huquqlarni o‘tishida uchta ko‘rinishda masalan maxsus xal qilishni talab etadi: Birinchidan, qishloqxo‘jalik yerlarini noqishloqxo‘jaligi maqsadlarida foydalanishga o‘tgandagi huquqiymaqom; Ikkinchidan yer uchastkasini 1 gektardan kam bo‘lgan maydonda xo‘jalik yuritish, ya’ni «parchalanib»ketish xolatlari kuzatilganda; Uchinchidan 400-500 gektardan iborat bo‘lgan yirik yer egaliklarini paydo bo‘lishini oldini olishgaqaratiladi. Germaniyada qishloq xo‘jalik yerlarini boshqa maqsadlarda foydalanishga qonunchilik asosida yo‘l qo‘yilmasa ham qonunga asosan jamoat ehtiyojlari uchun ma’lum xajmda yer ajratish holatlari kuzatiladi. Shveysariya tajribasi - Shveysariya davlatining «Yer mulkchiligi to‘g‘risida»gi qonunida (1994 y.) yer siyosatni yuritish maqsadida yer faqat undan bevosita foydalanuvchiga mulk sifatida biriktirilishiqayd etilgan. Bundan tashqari qonunda fermerning optimal (maqbul) yer maydonining minimal va maksimal miqdoriham belgilab qo‘yilgan. Masalan, fermerning minimal yer maydonini belgilashda o‘rtacha bitta ishchini yil davomida mehnat bilan band bo‘lishi 75% dan, ya’ni 2100 soatdan kam bo‘lmagan, holda shu ko‘rsatkichning maksimumqiymati esa 2,5-3 ishchiniyillik daromadi darajasidan ortmasligi belgilab qo‘yilgan. Shvesiyada yerni meros qilib qoldirishda yaxlit yer maydonini saqlab qolish maqsadida va yerdan foydalanishga oid boshqa masalalarni hal etishda davlat tomonidan tartibga solishga yuqori darajada e’tiborqaratiladi. Bunda asosan sub’ektlar tomonidan yerlarni ikkilamchi va uchlamchi ijaraga berish, fermer xo‘jaligini hayotiy ehtiyojlarini himoya qilishvarentabelli faoliyat yuritishiga e’tiborqaratilgan. Fransiya tajribasi - Fransiyada agar fermerning yeri bir nechta merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimslanganda «merosxo‘rustuvorligi»tamoyiliqo‘llaniladi. Bunda mahalliy sud tomonidan eng malakali merosxo‘r tanlanadi va xo‘jalik yuritish unga topshiriladi. 10 yil muddatda u boshqa merosxo‘rlar ulushini to‘lashi belgilab qo‘yilgan. Yer merosi masalasida boshqa yechimlar ham tavsiya etiladi, ya’ni merosxo‘rlarni guruh bo‘lib xo‘jalik yuritishda, ularni o‘zaro kelishuviga asosan manfaatlari uyg‘unlashgan holda yerdan samarali foydalanish ta’
Доказательный фрагмент
«This article describes the management of land resources in the CIS countries, their rational use, rational use of land and land protection, maintaining and increasing soil fertility, andimproving theenvironment.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the management of land resources in the CIS countries, their rational use, rational use of land and land protection, maintaining and increasing soil fertility, andimproving theenvironment. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Management of land resources, market relations, conservation, CIS countries, Yer resurslarini boshqarish, muxofaza qilish, tuproq unumdorligi, MDH davlatlari, bozor munosabatlari, fermer
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024