К содержанию
РецензированоUZ2025

YOSHLAR TARBIYASIDA ZAMONAVIY AXBOROT VOSITALARINING TA’SIRI

Xodjaeva Shahlo G‘ayratovna

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy axborot vositalarining yoshlar tarbiyasiga ko‘rsatayotgan ijobiy va salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Yosh avlod ongining shakllanishida ommaviy axborot vositalarining roli, ularning axloqiy va ma’naviy rivojlanishiga ta’siri yoritiladi. Shu bilan birga, bu vositalardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ilgari suriladi. Kalit so‘zlar:yoshlar tarbiyasi, axborot vositalari, internet, ijtimoiy tarmoqlar, ma’naviy tarbiya, zamonaviyjamiyat Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida axborot oqimi mislsiz darajada oshib bormoqda. Ayniqsa, internet, televideniye, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa zamonaviy axborot vositalari jamiyat hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib kelgan. Bu jarayon ayniqsa yosh avlodga kuchli ta’sir o‘tkazmoqda. Chunki yoshlar ongining shakllanishi, dunyoqarashi va axloqiy mezonlari aynan tashqi axborot ta’sirida rivojlanadi. Axborot vositalari orqali yetkazilayotgan ma’lumotlar ularning xulq-atvori, odob-axloqi, qadriyatlarga bo‘lgan munosabati vaijtimoiy faolligini belgilovchi muhimomillardan biriga aylangan. Yoshlar tarbiyasi har bir jamiyatning mustahkam poydevori, kelajagi va taraqqiyot kafolati hisoblanadi. Shu bois, bu jarayonda foydalanilayotgan vositalarning tabiati, mazmuni va ta’sir kuchi chuqur tahlil etilishi zarur. Zamonaviy axborot vositalari bir tomondan – yoshlarni dunyodagi yangiliklardan boxabar qiladi, bilim va tafakkurni kengaytiradi, dunyoqarashni boyitadi. Boshqa tomondan esa – noto‘g‘ri ma’lumotlar, ommaviy madaniyat ta’siri, zo‘ravonlik va axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi kontentlar orqali yosh ongini zaharlash xavfi mavjud. Shu sababli, ushbu maqolada axborot vositalarining yoshlar tarbiyasiga ijobiy va salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, axborot maydonida ongli, tanqidiy fikrlovchi, ma’naviy yetuk yoshlarni shakllantirish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. Mavzu doirasida zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan to‘g‘riva samarali foydalanish borasida tavsiyalarham ilgari suriladi. Zamonaviy axborot vositalari yoshlar tarbiyasining muhim omillaridan biriga aylangan. Bugungi kunda televideniye, internet, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar kabi kommunikatsiya vositalari yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ular orqali yoshlar nafaqat axborot oladi, balki o‘z dunyoqarashini shakllantiradi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ushbu vositalarning tarbiyaviy ta’sirini bir yoqlama baholash noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki ular o‘zida ham ijobiy, ham salbiy jihatlarni mujassamlashtiradi. Birinchidan, zamonaviy axborot vositalari yoshlarning tafakkurini rivojlantirish, ularning bilim doirasini kengaytirish, dunyo yangiliklaridan boxabar bo‘lishiga xizmat qiladi. Masalan, ilmiy- ma’rifiy ko‘rsatuvlar, hujjatli filmlar, onlayn ta’lim platformalari orqali yoshlar ko‘plab ijobiy ko‘nikmalarni egallab, intellektual salohiyatini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, interaktiv platformalar orqali yoshlar turli madaniyatlar, urf-odatlar va qadriyatlar bilantanishib, bag‘rikenglik, tolerantlik kabi ijtimoiy fazilatlarni o‘zlashtirmoqda. Ikkinchidan, internet va ijtimoiy tarmoqlar yoshlar o‘rtasida erkin muloqot va o‘z fikrini ifoda etish madaniyatini rivojlantirmoqda. Bu esa demokratik jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Yoshlar bloglar, videopodkastlar, forumlar orqali ijtimoiy muammolar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bildirishi, bahs- 379 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue2,March 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X munozaralarda ishtirok etishi orqali ijtimoiy faollikni oshirmoqda. Biroq axborot vositalarining ta’siri har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlarga haddan tashqari bog‘liqlik, noto‘g‘ri axborotlarga ishonch, zo‘ravonlik va axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi kontentlarning keng tarqalishi kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda. Virtual muhitda vaqtning ko‘p qismini o‘tkazish, real ijtimoiy aloqalardan chekinish, ruhiy tushkunlik, shaxsiy hayotga befarqlik kabi psixologik muammolar ham ortib bormoqda. Psixologlar bu holatni “axborot haddan tashqari yuklamasi” (informatsion stress)debatashadi vauningyosh ongiga salbiy ta’sirinialohida ta’kidlaydilar. Bundan tashqari, ba’zi axborot manbalarida diniy ekstremizm, radikalizm, pornografiya, qimor o‘yinlari, giyohvandlikni targ‘ib qiluvchi kontentlar ham uchrab turadi. Bu esa yoshlarning ma’naviy-axloqiy yetukligiga, ijtimoiy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatiga putur yetkazadi. Ayniqsa, axborotni tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmasi hali to‘liq sha

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada zamonaviy axborot vositalarining yoshlar tarbiyasiga ko‘rsatayotgan ijobiy va salbiy ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada zamonaviy axborot vositalarining yoshlar tarbiyasiga ko‘rsatayotgan ijobiy va salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yoshlar tarbiyasi, internet, ma’naviy tarbiya, axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, zamonaviy jamiyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники