К содержанию
РецензированоEN2025

ABDULLA QAHHORNING “BEMOR” HIKOYASINING LINGVISTIK TAHLILI

Safarova HamrooyQahramonqizi

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

There is a close connection between literature and language. While language is the main medium of literature, literature is a form of artistic expression of language. These two concepts complement and develop each other. In literature, such artistic techniques are used as the artistic richness of language, figurative expressions, metaphors, phraseological units, linguistic combinations, epithets. This article also provides data from a linguistic analysis based on Abdullah Kahhor's short story “The patient,” about the interaction of language and literature, theexpression,and thestructure oflanguage combinations used in thecharacters'speech. Keywords: literature, language, phrase, image, speech, linguistic, figurative expression, epithet, citizen. Til – bu insonlar o‘rtasida muloqot qilish, fikr almashish va ma’lumotlarni saqlashning asosiy vositasi. Til orqali insonlar o‘z his-tuyg‘ularini, bilimlarini va tajribalarini keyingi avlodlarga yetkazishadi. Til shuningdek, milliy madaniyat, an’analar va qadriyatlarni saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi. Adabiyot va til esa insoniyatning madaniy, ijtimoiy va ruhiy rivojlanishida muhim omillardir. Ular orqali insonlar o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari va tajribalarini ifodalaydilar, shuningdek, milliy va universal qadriyatlarni saqlab qolishadi. Adabiyot va tilning o‘zaro bog‘liqligi ularning rivojlanishidamuhimrol o‘ynaydi. 324 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue2,March 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Badiiy asarlarda lingvistik birliklarning qo‘llanilishi adabiyotshunoslik va tilshunoslikning muhim masalalaridan biridir. Lingvistik birliklar – bu tilning o‘ziga xos elementlari bo‘lib, ular orqali muallif o‘z asarida ma’no, uslub va badiiy tasvirni yaratadi. Bu birliklar so‘z, ibora, gap, sintaktik konstruksiya, fonetik jihatlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Badiiy asarlarda lingvistik birliklarning qo‘llanilishi muallifning badiiy maqsadiga erishish, obrazlar yaratish va o‘quvchiga chuqur ta’sir ko‘rsatish uchun muhimdir. So‘z, ibora, gap, fonetik va semantik vositalar, shuningdek, stilistik usullar orqali asarning badiiyligi va ma’nosi boyitiladi. Har bir lingvistik birlik asarning umumiy badiiy tuzilishida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Shu jumladan, “Bemor” hikoyasi – bu o‘zbek adabiyotining eng yorqin namunalaridan biri bo‘lib, unda insonlarning ichki dunyosi, ijtimoiy muammolar va hayotiy haqiqatlar chuqur tasvirlangan. Hikoyaning lingvistik tahlili uning badiiy jihatlarini, tilning o‘ziga xos xususiyatlarini va muallifning uslubiy qarashlarini tushunishga yordam beradi. Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasi – bu nafaqat badiiy jihatdan, balki lingvistik jihatdan ham boy asardir. Hikoyada qo‘llanilgan leksik, sintaktik, fonetik va stilistik vositalar uning badiiyligini oshiradi va o‘quvchiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Bu hikoyada bemor bir odamning ichki kechinmalari va uning atrofidagi odamlar bilan munosabati o‘z ifodasini topgan. Lingvistik tahlil orqali asarning til xususiyatlari, uslubi va badiiy vositalarini yanada oshirib bergan. Abdulla Qahhorning tilga nisbatan nozik munosabati va xalq tilidan foydalanish uslubi hikoyani o‘zbek adabiyotining yorqin namunalaridan biriga aylantiradi. “Abdulla Qahhor ijodi namunalari xalqqa hamdardligi ohanglari bilan ham ajralib turadi. Uning asarlarida aholi dardi tabiiy tarzda ufurib turadi. U o‘z asarlarida bayon qilgan vaziyatlar bir qarashda odamzot dilini xiralashtiruvchi bo‘lib tuyulsa-da, u umidsizlik yoki kinizmni targ’ib etmaydi. Aksincha, u inson ruhiyatining kuchi va chidamliligini, shu bilan birga, qiyinchiliklarga duch kelganda shaxslarning ma’no va maqsadni topish qobiliyati qay darajada yuksalishi mumkinligini namoyish etadi. “Bemor” hikoyasi o‘zining adabiy salohiyati, insoniyatning cheklangan va bepoyon imkoniyatlarini erkin yoritganligi bilan keng maqtovlar va olqishlarga sazovor bo‘ldi. Tanqidchilarning ta’kidlashicha, hikoyada ijtimoiy va iqtisodiy omillarning shaxslar hayotini shakllantirishdagi o‘rni, qashshoqlik va tengsizlik masalalari yetuk bir ijodkor tomonidan qalam kuchining noyob qirralarida tasvirlab berilgan.”1 Yozuvchilar iboralardan foydalana olishi ularning asarlarini yanada jozibador va ta’sirli qilish uchun poydevor vazifasini o‘tashini ko‘rsatib berishadi. Iboralar tilning boyligini namoyish etadi va o‘quvchilarga ma’lum bir mavzu yoki g‘oya haqida chuqurroq tushuncha beradi. Iboralar yordamida yozuvchilar hikoya qilish uslubini boyitishlari mumkin. Bu o‘quvchilarni asarga jalb qilish va ularning diqqatini saqlashga yordam beradi. Abdulla Qahhor ham har bir hikoyasida iboralardan o‘rinli qo‘llay olishi, hikoya mazmuni ochiqroq tarzda yetkazib b

Доказательный фрагмент

«There is a close connection between literature and language.»

Образец извлечения

Демо-превью

There is a close connection between literature and language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
literature, language, phrase, image, speech, linguistic, figurative expression, epithet, obrazli ifoda, epitet, Adabiyot, til, lingvistika, fuqaro., nutq, obraz, frazema
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники