Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ARAB XALIFALIGI: ISLOM DUNYOSINING BARPO ETILISHI
Fargʻonaviloyati Rishton tumani
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
Islom madaniyati va O‘rta Osiyo Arab xalifaligi tomonidan istilo etilgan mamlakatlarda yangi – arab sivilizatsiyasi vujudga keldi. Uning paydo bo‘lishida islom dinining ahamiyati nihoyatda katta. G‘arbiy Osiyoning qadimgi yuksak madaniyatli o‘lkalariga kelgan arablar dastlab yunonlar, yahudiylar, suriyaliklar, forslar, sug‘diylarga nisbatan qoloq edi. Ammo ushbu xalqlar madaniyatini o‘zlarida singdirib, yanada yuksakroq madaniyatning vujudga kelishiga sharoit yaratdi. Ushbu maqolada Arab xalifaligining shakllanishi, kengayishi, ijtimoiy- iqtisodiy tuzumiva madaniy merosi haqida mulohazayuritilgan. Kalit so’zlar:Arab xalifaligi, Islom davlatchiligi, Roshidun xalifalari, Umaviylar, Abbosiylar, Islom oltin asri, xalifalikning kengayishi, Bayt al-Hikma, xalq qo'zg'olonlari, arab madaniyati, xalifalikning inqirozi. Arab xalifaligi insoniyat tarixidagi eng qudratli davlatlardan biri bo‘lib, Islom dunyosining shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Islom dini paydo bo‘lgandan so‘ng, Muhammad (s.a.v) va sahobalar davrida Arabiston yarim oroli yagona diniy g‘oya atrofida birlashdi. Muhammad (s.a.v) vafotidan keyin xalifalik tizimi joriy etildi va bu davlat o‘z ta’sir doirasiniSharq vaG‘arbga kengaytirib, tarixdaeng yirik imperiyalardan biriga aylandi. Arab xalifaligining paydo bo‘lishi. Arab xalifaligi Islom dini paydo bo‘lishidan so‘ng vujudga kelgan davlat bo‘lib, uning poydevori Muhammad (s.a.v) da’vatlari asosida shakllandi. Muhammad (s.a.v) vafotidan so‘ng, musulmon jamoasini boshqarish uchun xalifa lavozimi joriy etildi. Birinchi to‘rt xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali) "Roshidun xalifalari" deb atalib, ularadolatli boshqaruv va Islomniyoyish bilan mashhur bo‘lishdi. Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin uning yaqin safdoshi abu Bakr (632–634) xalifalikka (o‘rinbosar) saylanadi. Uning boshqaruvi davrida Arabiston yarimoroli aholisi islomni to‘liq qabul qildi. Keyingi xalifa Umar (634–644) islom dunyosida o‘zining saxiyligi, adolatparvarligi va din masalalarida qat’iyligi bilan shuhrat qozongan. Uning davrida arablar Falastin, Suriya, Misrva Liviyani, Eronning kattaqisminiistiloqilgan. Usmon xalifaligi davrida (644–656) Eron to‘liq bosib olingan. Arab qo‘shinlari Dog‘istonni egallab, amudaryo sohillariga chiqadi. Usmon davrida Qurʼon oyatlari to‘planib yagona kitob holiga keltirilgan. So‘nggi xalifa Ali (656–661) hukmronligi o‘z raqiblari bilan to‘xtovsizurushlarda o‘tadi. Xalifalik qo‘shinlari VIII asr boshlarida Shimoliy Afrikani to‘liq bo‘ysundiradi. Toriq ibn Said boshchiligida arablar qo‘shini 711-yilda keyinchalik uning nomi bilan atalgan Gibraltar (Jabal at-Toriq – «Toriq tog‘ri» so‘zidan) bo‘g‘ozidan o‘tib, Ispaniyani bosib oladi. Yevropagi yurishlar Bordo shahri bo‘sag‘alariga qadar davom etadi. Puate jangida 732-yilda franklar hukmdoriKarl Martell arablarni yengib, ularning Yevropaga yurishlariga chek qo‘yadi. Sharqda arablar Kavkazorti va O‘rta Osiyoni bosib olib, aholini islom diniga kiritadi. Xalifalikning sharqqa yurishlari O‘rta Osiyoda Talas, HindistondaMo‘ltonga qadar davom etadi. Natijada, VII–VIII asrning birinchi yarmida ulkan hududlarni egallagan davlat – Arab xalifaligi tashkiltopadi. 333 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue2,March 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Xalifalikda yer-mulk munosabatlari. Arablar istilo qilgan barcha mamlakatlardagi yerlar davlatniki deb e’lon qilinsa-da, amalda avvalgi egalari qo‘lidaqoladi. Suriya va Eron istilo etilgach, zodagonlar xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qiladi. Lekin xalifa Umaryerni egalarida qoldirishnibuyuradi. Istilo qilingan mamlakatlar hukmdorlari, janglarda halok bo‘lgan amaldorlar, hokimiyat vakillari yerlari xalifalik xazinasiga o‘tgan. Bunday yerlar nihoyatda katta maydonlarni tashkil etgan. Arablar joriy etgan yer solig‘i – xiroj hosilning 1/3 qismini tashkil etgan. Islomni qabul qilmagan boylardan 48, o‘rtahollardan 24, kambag‘al dehqon va hunarmandlardan 12 dirhamdan jizya solig‘i olingan. Chorva mollari va savdodan olingan zakot 1/40 hissani tashkil etgan. Xalifalikdaqullar mehnatidan ham foydalanilgan. Arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari. VIII–IX asrlarda istilo qilingan mamlakatlarda qator xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tgan. Iroqning Kufa shahrida 685–687-yillarda bo‘lgan qo‘zg‘olondaarab vaforslar –shahar kambag‘allari va hunarmandlar qatnashgan. O‘rta Osiyoning Janubi Marv vohasida 747-yilda boshlangan abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olonda aholining barcha toifalari ishtirok etadi. Qo‘zg‘olon Movarounnahr va Xurosonni qamrab oladi. Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon natijasida Umaviylar hukmronligi tugatilib, xalifalikda boshqaruv yangi sulola Abbosiyl
Доказательный фрагмент
«Islom madaniyati va O‘rta Osiyo Arab xalifaligi tomonidan istilo etilgan mamlakatlarda yangi – arab sivilizatsiyasi vujudga keldi.»
Образец извлечения
Демо-превьюIslom madaniyati va O‘rta Osiyo Arab xalifaligi tomonidan istilo etilgan mamlakatlarda yangi – arab sivilizatsiyasi vujudga keldi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Islom oltin asri, Arab xalifaligi, Islom davlatchiligi, arab madaniyati, xalifalikning inqirozi., Abbosiylar, Roshidun xalifalari, xalq qo'zg'olonlari, Bayt al-Hikma, xalifalikning kengayishi, Umaviylar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025