Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQ HUNARMANDCHILIGI SAN’ATIDA NAQSH ELEMENTLARINING TURLARI
To‘lqinova XolidaTo‘lqunovna · Nizomiynomidagi TDPUDotsent
Международный журнал научных исследователей · 10 · 81-85 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada har bir xalq amaliy san‘at turlarida o’ziga xos tuzilishga, ko’rinishiga va mazmuniga ega bo’lgan naqshlar ishlatiladi. Naqqoshlik, kashtachilik, zardo’zlik, ganch o’ymakorligi, yog’och o’ymakorligi va boshqalarni o’rganishga kirishayotgan har birkishi naqsh elementlarini chizishnio’rganishi kerakligi to‘g‘risidafikirlar yoritilgan. Аннотатсия:В статье использованы узоры, имеющие в каждом виде народного творчества свою уникальную структуру, внешний вид и содержание. Идея заключается в том, что каждый, кто начинает изучать живопись, вышивку, ювелирное дело, резьбу по ганчу, резьбу по дереву и другие виды искусства, должен научиться рисовать элементы узора. Annotation:The article uses patterns that have their own unique structure, appearance and content in each type of folk art. The idea is that everyone who begins to study painting, embroidery, jewelry, ganch carving, wood carving and other types of art should learn to draw elements ofa pattern. Kalit so‘zlar:hunarmand, bezak элементлари, барг, анор, гаримдори, нусха кўчириш, rang- barang, san’at, tafakur, qiziqish, ijod, qobiliyat. Ключевые слова:ремесленник, декоративные элементы, лист, гранат, гаримдори, копирование,красочный,искусство,мышление,интерес,творчество,способность. Keywords:craftsman, decorative elements, leaf, pomegranate, garimdori, copying, colorful, art, thinking, interest, creativity, ability. Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning eng qadimiy va muhim turlaridan hisoblanadi va tasviriy hamda amaliy san‘atining ko’pdan-ko’p sohalari bilan uyg’unlashib ketadi. Ammo tasviriy va amaliy san‘at, buyumlarga badiiy ishlov berish jarayoni hamda xalq hunarmandchiligining o’ziga xosligi, yo’llari, xususiyatlari bir-biridan farqlanadi.Respublikamizda mavjud bo’lgan xalq hunarmandchiligining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus, Xiva, Termiz, Urganch, Namangan, Andijon, Farg’ona, Chust, Shahrisabz va boshqa markazlarining ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos bo’lib, o’ziga xosligi jihatidan bir-biridan ajralib turadi. Hunar – muayyan tayyorgarlikni talab etadigan va tirikchilik manbai bo’lgan ijodiy mehnat faoliyati. Hunarli – biror hunarni puxta egallagan shaxs.Hunarmand – biror hunar turi bilan shug’ullanuvchi usta. Hunarmandchilikning asosiy belgilari oddiy mehnat qurollari yordamida biror ishning bajarilishi va ishlab chiqarishning yakka tartibdaligidadir. Hunarmandchilik musulmon jamiyatida azaldan erkaklar va ayollar o’rtasidagi mehnat taqsimotini ko’rsatuvchi o’ziga xos oyna bo’lib kelgan. Erkaklar ko’pincha bozorda sotish uchun, xotin-qizlar esa oila ehtiyoji uchun mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug’ullangan.Kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, gazlama ishlab chiqarish, tikuvchilik 243 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue2,March 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X ustaxonalarida kiyim tikish, zardo’zlik, naqqoshlik, yog’och va ganch o’ymakorligi faqat erkaklar shug’ullanadigan ish sanalgan. Xotin-qizlar esa kashtado’zlik, gilam to’qish, namat bosish bilan band bo’lgan. Ular shuningdek, arzon paxta matolar to’qishgan, sopol, ganch o’yinchoq, idishlar yasashgan. XX asrga kelib, bu an‘anaviy turmush tarzi keskin o’zgardi. Shahardagi xotin-qizlar an‘anaviy hunarmandchilik bilan mutlaqo shug’ullanmay qo’yishdi, chekka qishloqlardagi ayollargina ajdodlari kasbkorlarini saqlab qolishdi. Sho’ro davlati tanazzulga yuz tutganidan keyin an‘anaviy hunarmandchilikka munosabatda keskin o’zgarish ro’y berdi. Xotin-qizlar ehtiyoj tufayli hunarmandchilik ishlab chiqarishi bilan faol shug’ullanishga kirishdilar. Chunki sobiq sho’ro davrida iqtisodiyotning barbod bo’lishibarchani yangi ish topishga majbur etdi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida tanazzuldan chiqish uchun an‘anaviy hunarmandchilik bilan shug’ullanish maqbul yo’l bo’lib qolgan edi. Shu tariqa kutilmagan o’zgarish yuzaga keldi – hunarmand ayollar bozorni egallashdi. Xalq hunarmandchiligi naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik, yog’och o’ymakorligi, metal o’ymakorligi, kashtachilik, quroqchilik, zardo’zlik, gilamchilik, gazlama to’qish,pazandachilik, yog’ochlarni kuydirib ishlash, kulolchilik, kosibchilik, maxsido’zlik, sartaroshlik, temirchilik, pichoqchilik, anjomsozlik, qulfsozlik, misgarlik, ignasozlik kabi sohalarga ega bo’lib, o’zida mehnat va kasb ta‘limining ko’pgina xususiyatlari – amaliyligi, ijodiyligi, milliyligi, mahalliy xom ashyolarni topish va ta‘mirlashning qulayligi, o’g’il va qiz bolalar mehnatining o’ziga xosligi, murakkab qurilmalar, uskunalar, asboblar va dastgohlar talab qilmasligi, mashg’ulotlarni tashkil etishning soddaligi bilan ajralib turadi. Natijada bu sohani yetarlicha o’rgangan, ma‘lu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada har bir xalq amaliy san‘at turlarida o’ziga xos tuzilishga, ko’rinishiga va mazmuniga ega bo’lgan naqshlar ishlatiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada har bir xalq amaliy san‘at turlarida o’ziga xos tuzilishga, ko’rinishiga va mazmuniga ega bo’lgan naqshlar ishlatiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- craftsman, decorative elements, leaf, pomegranate, garimdori, copying, colorful, art, tafakur, гаримдори, барг, ijod, hunarmand, анор, нусха кўчириш, rang-barang, bezak элементлари, qobiliyat., san’at, qiziqish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025