К содержанию
РецензированоUZ2025

GEPATOPROTEKTOR XOSSAGA EGA BO’LGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR

Zafarova Muxtabar Zoxidjonqizi · Xalilova ShahnozaRavshanovna (Toshkent Farmatsevtika instituti 3-bosqich talabasi) · GEPATOPROTEKTORXOSSAGA EGABO’LGAN DORIVORO’SIMLIKLAR (PhD,dotsent Toshkent Farmatsevtika instituti)

Международный журнал научных исследователей · 10 · 1123-1135 · 2025

Аннотация

Gepatoprotektor xossaga ega dorivor o‘simliklarning farmakologik ahamiyati, ularning tarkibiy faol moddalarining jigarga ta’siri hamda qo‘llanilish sohalari o‘rganilgan. Bo'znoch, o'tloq sebargasi, dastarbosh va makkajo’xori kabi o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, antioksidant,yallig‘lanishga qarshi varegenerativ xususiyatlari batafsil tahlil qilingan. Kalit so’zlar:Jigar, flavonoidlar, fitoterapiya, antioksidant, vitamin, bo’znoch, o’tloq sebargasi,dastarbosh, makkajo’xori. Inson organizmi nihoyatda murakkab tuzilgan bo’lib, unda har bir a’zoning o’z faoliyati bor. Jigarning inson organizmidagi faoliyati juda ham muhimdir. U iste’mol qilingan ovqat va suyuqliklarni hazm qilishda ro’l o’ynaydi. Tibbiyotda gepatoprotektor ta’sirga ega bo’lgan preparatlar asosan jigar kasalliklarida ishlatiladi. Аbu Аli Ibn Sino davrida mavjud "Tib qonunlari" kitobida anchagina oʼsimliklarning taʼrifi, ularning oshqozon va jigar kasalliklarini davolash xususiyatlari va qoʼllanish usullari bayon qilingan [1]. Markaziy Osiyoda uchraydigan 700ga yaqin oʼsimlik ilmiy va xalq tabobatidaishlatiladi, shulardan 27tadorivoroʼsimliklarturi jigar va oʼt yoʼllari kasalliklarini davolashda ishlatilishi koʼrsatilgan. Аyniqsa ulardan anor, qora zira, bexi, bo’znoch, zigʼir, zubturum, lavlagi, dastarbosh, noʼxot, qoqioʼt, naʼmatak, kashnich, petrushka, piyoz, roʼyan, yalpiz, shuvoq va boshqa bir qancha oʼsimliklar jigar va oʼt yoʼllari kasalliklarini davolashda koʼproq ishlatilishi qayd etilgan [2,4]. Oʼzbekistonda jigar xastaligi bilan bogʼliq boʼlgan kasalliklar koʼpligi kuzatilgan. Jigar kasalligining turlari koʼp boʼlib, jigar va oʼt yullarining yalligʼlanishi (gepatit, xoletsistit, xolangit) koʼp uchraydigan kasallik hisoblanadi. Jigar odam organizmida moddalar almashinuvida asosiy oʼrin egallaydi. Ozuqa moddalardan tashqari qonga soʼriladigan turli zaxarli kimyoviy moddalar, jumladan dori vositalarining ham kuchini sindiradi (metabolizm) va jigar hujayralaridan (gepatotsidlar) safro ishlabchiqaradi. Hozirgi vaqtda tarkibida mentol, terpen va efir moylarini saqlagan flavonlar, vitamin fitosterinlarini saqlovchi 100 dan ortiq oʼsimlik preparatlari maʼlum. Ular xoleretik, spazmolitik va bakteriyalarga qarshi taʼsirga ega. Bularni gepatobiliar (jigar - oʼt yullari) tizimi kasalligida ishlatish maqsadga muvofiq. Flavonoidlar saqlovchi oʼsimliklarni oʼt haydovchi va yalligʼlanishga qarshi taʼsirga ega boʼlgan muhim va keng miqyosda ishlatiladigan oʼsimliklar guruhiga kiritish mumkin. Koʼpgina oʼsimliklar bu xossalarga ega, ayniqsa, bularga boʼznoch, dastarbosh, shuvoq, chetan, makkajoʼxori va boshqalarni kiritish mumkin [2,3].Oʼt haydovchi taʼsir safro koʼpayishi va ajralishi bilan bogʼliq. Bu vaqtda oʼt tarkibida nafaqat zich komponentlar, xatto suyuq qismi ham ajralishi kuchayadi. Natijada uning oʼt kapillyarlari va yoʼllariga, drenaj yullariga hamda oʼt pufagiga kirishi yaxshilanadi.Flavonoidlarning har tomonlama gepatotrop taʼsiri, ularni saqlagan oʼsimliklar (odatda murakkab yigʼmalar holida) gepatit, xolangit, xoletsistit, ovqat hazm qilishning turli patologik holatlari va boshqa kasalliklarda ishlatiladi.igarni Jigarfaoliyatiniyaxshilashuchuntavsiyalar: 261 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue2,March 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Zararli odatlardan voz kechish, spirtli ichimliklar va zararli ovqatlar jigarga zarar yetkazadi. Ularni cheklash yoki to‘liq voz kechish zarur. Ko‘proq suv ichish, suv organizmn jumladan, jigarni tozalashga yordam beradi. Oqsillarga boy oziq-ovqatlar mahsulotlarini iste’mol qilish. Baliq, tuxum va loviya kabi mahsulotlar jigarning tiklanish jarayonini tezlashtiradi. Jismoniy faollikni oshirish, jismoniy mashqlar yog‘larning jigarda to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi va jigar funksiyasini yaxshilaydi. Tabiiy o‘tlar va dorivor choylar iste’mol qilish zarur. Masalan, bo’znoch, o’tloq sebargasi va dastarbosh asosida tayyorlangan choylar jigarda yallig‘lanishni kamaytiradi vatoksinlarni chiqarishga yordam beradi. Gepatoprotektor xossaga ega dorivor o‘simliklar jigarni toksik moddalar ta'siridan himoya qilish va uning faoliyatini tiklash uchun samarali vosita hisoblanadi. Ularning tarkibidagi biologik faol moddalar jigar hujayralarini mustahkamlaydi, yallig‘lanishni kamaytiradi va regeneratsiya jarayonini tezlashtiradi Foydalanilganadabiyotlar: 1. Singh, R. P., Sharad, S., & Kapur, S. (2004). "Free radicals and oxidative stress in neurodegenerative diseases: relevance of dietary antioxidants." Journal of Clinical Biochemistry and Nutrition,34(2), 87-94. 2. Kaur, S., & Das, M. (2011). "Functional foods: An overview." Food Science and Biotechnology, 20(4), 861-875. 3. Luper

Доказательный фрагмент

«Gepatoprotektor xossaga ega dorivor o‘simliklarning farmakologik ahamiyati, ularning tarkibiy faol moddalarining jigarga ta’siri hamda qo‘llanilish sohalari o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Gepatoprotektor xossaga ega dorivor o‘simliklarning farmakologik ahamiyati, ularning tarkibiy faol moddalarining jigarga ta’siri hamda qo‘llanilish sohalari o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
makkajo’xori., Jigar, fitoterapiya, bo’znoch, dastarbosh, o’tloq sebargasi, flavonoidlar, antioksidant, vitamin
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники