К содержанию
РецензированоUZ2025

MAHALLIY POPULYATSIYADAGI ASALARI OILASINING XO‘JALIK FOYDALI XUSUSIYATLARI

Tursunova Kamola Rahmatillo qizi · Baratov Kamol Urolboy o‘g‘li · MAHALLIYPOPULYATSIYADAGI ASALARI OILASININGXO‘JALIK FOYDALI

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

This article examines the economically beneficial traits of bee colonies in Uzbekistan’s local population. Experimental data on flight activity, the weight of the honey sac, the sugar concentration in it, and the dynamics of brood production are provided. The genetic adaptability and climaticresilience oflocal bees are analyzed from ascientific perspective. Keywords: population, concentration, honey sac, gene pool, morphological, refractometer, flight activity, broodproduction. Kirish O‘zbekistonda asalarichilikning rivojlanishi XIX asrdan boshlangan bo‘lib, bu davrda turli zotdagi asalarilar mintaqaga olib kelingan. Bu jarayon mahalliy populyatsiyalarning genofondiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, duragaylashuvga olib keldi. Natijada, mahalliy asalarilarning genetik xilma-xilligi pasayish xavfi ostida qoldi. A.M. Vengerov (2002) va S.P. Maksimov (2006) o‘z tadqiqotlarida mahalliy populyatsiyalarning xo‘jalik foydali xususiyatlari va morfologik farqlari bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar keltirgan bo‘lsa, Sh.G. Yamaltdinov (1989) O‘zbekistonning iqlim sharoitlarida tabiiy tanlanish natijasida shakllangan mahalliy asalari populyatsiyalarining o‘ziga xosligini ta’kidladi. Mahalliy populyatsiyadagi asalarilarning iqlimiy moslashuvchanligi, kasalliklarga chidamliligi va yuqori mahsuldorligi ularni ilmiy jihatdan o‘rganishni muhim vazifaga aylantiradi. O.S. To‘rayev va boshqalar (2012) mahalliy asalarilarning xartum uzunligi (6,78 mm) va ona asalarining kunlik tuxum qo‘yish darajasi (2000–2400 dona) kabi ko‘rsatkichlarini aniqlagan bo‘lib, bu xususiyatlar ularni boshqa zotlardan ajratib turadi. Mahalliy asalarilarning xulq-atvori tinchliksevar bo‘lib, past haroratlarda ham faol ishlashi va uzun ish kuni (ertalabdan kechgacha) bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar ularni O‘zbekistonning tog‘li va sug‘oriladigan hududlarida o‘sadigan o‘simliklar uchun ideal changlatuvchiga aylantiradi. Shu sababli, ushbu tadqiqotda mahalliy asalari oilalarining xo‘jalik foydali xususiyatlari vabiologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish maqsad qilindi. Tadqiqot metodikasi Tadqiqot Samarqand viloyatidagi Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining dala-sinov maydonchasida 2021–2022 yillarda o‘tkazildi. Tadqiqot ob’ekti sifatida mahalliy populyatsiyaga mansub 20 ta asalari oilasi tanlandi. Quyidagi parametrlar o‘lchandi: www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 1. Uchish faolligi: Bir minut davomida asalarilarning uya kirish-chiqish faolligi maxsus hisoblagich yordamida kuzatildi. 2. Asal qopchasining vazni va qand konsentratsiyasi: Ishchi asalarilarning asal qopchasi og‘irligi mikroskopik tortish usuli bilan, qand miqdori esa refraktometr (ATAGO PAL-1) yordamida aniqlandi. 3. Nasl ko‘payishi: Ona asalarining kunlik tuxum qo‘yish darajasi va nasl kvadratlari soni standart kvadrat usulidahisoblandi. 4. Statistik tahlil: Olingan ma’lumotlar “Statistica 10” dasturida dispersiya tahlili (ANOVA) va o‘zgaruvchanlik koeffitsienti (Cv%) yordamida qayta ishlandi. Tajribalar bahor (mart-may) davrida o‘tkazilib, har bir parametr uchun 3 ta takroriy o‘lchov amalga oshirildi. Natijalar va muhokama. Uchish faolligi Mahalliy asalarilarning bir minutdagi uchish faolligi 1-jadvalda keltirilgan. Tadqiqot davrida eng yuqori faollik soat 15:00 da qayd etildi (73 dona, 03.05.2022). Bu ko‘rsatkich issiq iqlim sharoitida asalarilarning yuqori adaptatsion qobiliyatini tasdiqlaydi. Bahor oylarida faollikning o‘sishi o‘simliklarning gullash davri bilan bog‘liq bo‘lib,bujarayon asal yig‘ishnioptimallashtirishga xizmat qiladi. 1-jadval. Mahalliy populyatsiyadagi asalarilarning 1minutdavr ichidauchish faolligi Kunlar\Soatlar 6:30 9:00 12:00 15:00 18:00 26.03 10 29 56 70 45 07.04 9 27 44 66 48 19.04 11 37 62 63 50 03.05 15 42 69 73 55 2. Asal qopchasining vazni va qand konsentratsiyasi Asal qopchasining vazni va undagi qand miqdori 2-jadvalda keltirilgan. Aprel oyida uyadan chiqqanda qand konsentratsiyasi 39,82% bo‘lsa, qaytib kelganda 50,56% gacha oshdi. May oyida esa gulshira ko‘pligi sababli qand konsentratsiyasi 39,81% gacha pasaydi. Bu o‘zgarishlar o‘simliklarning nektar tarkibiga bog‘liq. Asal qopchasining o‘rtacha vazni 3,63–47,8mg oralig‘idao‘zgardi. 2-jadval. Asal qopchasining vaznivaqand miqdorining konsentratsiyasi O‘lchov vaqti Uyadanuchibchiqganida Uyagaqaytibkelganida Asal qopchasi vazni(mg) Qand miqdori (%) 19.04 5.07±0.22 39.82±0.99 02.05 3.63±0.15 56.59±0.07 3. Nasl ko‘payishi va rivojlanish dinamikasi Nasl ko‘payishi dinamikasi 3-jadvalda aks ettirildi. Mart oyida nasl kvadratlari soni 75,7 bo‘lsa, may oyida 142,2 gacha oshdi. Ona asalarining kunlik tuxum qo‘yish darajasi 908,47 donadan 1706,4 donagacha ko‘tarildi, bu 187,8% o‘sishni ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichlar mahalliy asalarilarning yuqori reproduktiv qobiliyatini tasdiqlaydi. 3-jadval. Asalari oilalarining o‘sishi varivojlanishi O‘lchovvaqti Nas

Доказательный фрагмент

«This article examines the economically beneficial traits of bee colonies in Uzbekistan’s local population.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the economically beneficial traits of bee colonies in Uzbekistan’s local population. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
population, concentration, honey sac, gene pool, morphological, refractometer, flight, genofond, morfologik, konsentratsiya, nasl ko‘payishi., populyatsiya, refraktometr, uchish faolligi, asal qopchasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники