К содержанию
РецензированоRU2025

O‘ZBEK XALQ BOLALAR O‘YINLARIDA OBRAZ MASALASI

O‘rinova MaftunaNo‘mon qizi · O‘ZBEK XALQ BOLALARO‘YINLARIDA OBRAZMASALASI

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

В данной статье рассматриваются узбекские народные детские игры и проблема образности в них. Фольклорные образы игры раскрываются посредством анализа нескольких игровых текстов. В результате сделан вывод о классификации и системе образоввузбекском детскомигровомфольклоре. Ключевые слова:игра,образ,классификация,система,миф,сказка,символ. Annotation: This article focuses on the issue of Uzbek folk children's games and the image in them. The images of game folklore are revealed through the analysis of several game texts. As a result, a conclusion is drawn about the classification and system of images in Uzbek folk children's game folklore. Keywords:game, image, classification, system, myth, fairy tale, symbol. Bolalar uchun har qanday detal obraz darajasiga koʻtarila oladi. Ular oʻzi minib yurgan novda- choʻpni toychoq, oʻyinchoq qoʻgʻirchogʻini kelin obrazida tasavvur qilaveradilar. Bola tafakkuri kattalar anglamagan yohud eʼtibor bermagan kichik narsalardan ham oʻzi uchun yangilik yarata oladi. Folklorshunos O.Safarov oʻyinlarni folkloriy hodisa sifatida oʻrganar ekan, oʻyinda harakatni yuzaga keltiradigan soʻzning badiiy-estetik vazifasi mohiyatini har tomonlama tadqiq qilish zarurligini taʼkidlaydi. Bunda xalq eʼtiqodi va magik tasavvurlari genezisiga nazar solish lozimligiga eʼtiborni qaratadi. Olim oʻyin-qoʻshiqlar tarkibidagi har bir obraz shunchaki paydo boʻlmaganligi, har biriningoʻzvazifasi borligini taʼkidlaydi[1, 274]. Ho, kishma, kishma, kishma, Bir la’li marjon kishma. Marjonlarim bo‘ynimda, Chechaklari zulfimda. Zulfim bor-u,zulfimbor Darvozaning qulfibor. Darvozani ochaylik, www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Cho‘lga qarab qochaylik. Cho‘lning yo‘li ingichka, Guljon opam kelincha. Qo‘llaridauzukcha, Qoshlari borsuzukcha. Uzukchani oldilar, Sandiqchaga soldilar. Sandiqchani birtepdim, Tillolari sochildi[2, 184]. “Ho kishma” o‘yini qizlar tomonidan bir-biriga yuzma-yuz turib, qo‘lma-qo‘l ushlashib, chapdan-o‘ngga yoki o‘ngdan-chapga qarab, sakrab-sakrab o‘ynaladi. Matnda kelinchak obrazi tasvirini ko‘rish mumkin. Marjon, zulf, uzuk, suzuk qosh, sandiqcha, tilla kabi detallar kelinga ishora qilgan. O‘zbek xonadonlarida qizlarning yoshligidan ularga sarpo-suruv yig‘ish odatga aylangan. Ota-ona yaxshi niyat qilib qiziga sandiq oladi va voyaga yetguncha uni sep bilan to‘ldiradi. Har bir qiz kelin bo‘lish orzusida yashaydi. Shu bois qizaloqlar o‘yin-qo‘shig‘ida kelinchak obrazi yetakchilik qiladi. Kelinning bo‘ynida marjon, zulfi taralgan, taqinchoqlar bilan ziynatlangan, demak, to‘y bo‘lish arafasida. Mazkur o‘yin-qo‘shiq yor-yor matni ta’sirida yaratilgan bo‘lishi mumkin. To‘y marosimlarida katta-yu kichik birga xursandchilik qilishadi. Kelinga aytilgan yor-yor keyinchalik ishtirokchi qizaloqlar nutqiga ham o‘tgan. Zero, o‘yin matnidagi tasvirlar yor-yorturkumidagi o‘xshatishlarni esgasoladi. E’tiborni tortgan yana bir jihat o‘yin-qo‘shiqda sandiq obrazining berilishidir. Sandiq milliy buyumlardan biri hisoblanadi. Folklor asarlarida sandiq sir-sinoatli ashyo sifatida talqin qilinadi. “Kuntug‘mish” dostonida Xolbeka jo‘natgan sandiq dostonning keyingi voqealari rivojiga turtki beradi yoxud bolajonlarning sevimli “Zumrad va Qimmat” ertagida tilla bilan to‘ldirilgan qizil sandiq, ikki ajdaho yotgan oq sandiq qahramonlarning mukofoti va jazosi sifatida beriladi. O‘yin-qo‘shiqda keltirilgan sandiq esa tilla bilan to‘la: “Sandiqchani bir tepdim, Tillolari sochildi”.Bu kelinga kuyov tomonidan beriladigan mahrpulini eslatadi. “Otilgan do‘ppini kim olib keladi?”, “Malakcha bog‘i”, “Tepdim sandiq ochildi”, “Chumoli, chumoli” kabi o‘yin-qo‘shiqlarda ham sandiq obrazi keltiriladi. Faqat ularda sandiq ochilib, ichidan bodom to‘kilishi tasviri berilgan. Bodom boylik, baxt-saodat, farzand, muhabbat ramzini ifodalagani bois milliy libos va do‘ppilarda ham aks ettiriladi. Demak, o‘yin-qo‘shiqlarda sandiqning tillayoki bodom bilan to‘laholda tasvirlanishi baxtliva farovon hayotga ishora qiladi. Shunday qilib, o‘yin-qo‘shiqlardagi sandiq obrazi chiroyli xulq-odobi sabab qahramon qizlarga tuhfa qilingan qizil sandiq ta’sirida shakllangan bo‘lishimumkin. Mazkur parchadagi darvoza detaliga ham eʼtibor berish lozim: “Zulfim bor-u, zulfim bor, Darvozaning qulfi bor. Darvozani ochaylik, Choʻlga qarab qochaylik”. Aslida oʻyin-qoʻshiqning bu qismi “Quvlashmachoq” matnidan oʻzlashib qolgan. Darvoza bir bosqichdan ikkinchi bosqichga oʻtish jarayonini, choʻlga – bepoyon cheksizlikka qochish imkoni tugʻilganini bildiradi. Navbatchi oʻyinchi esa ularni tutishi lozim. “Ho kishma” oʻyinida boʻlsa qulfi bor www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 darvoza kelin boradigan yangi xonadon ramzi. Kelin oʻz vazifalarini chiroyli bajarsa, oʻsha uyda uzoqvabaxtli umrkechiradi.

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются узбекские народные детские игры и проблема образности в них.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются узбекские народные детские игры и проблема образности в них. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
game, image, classification, system, myth, fairy tale, symbol, ertak, o‘yin, tasnif, mif, tizim, ramz., obraz
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти