К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTON SHAROITIDA QIZIL BARGLI ZARANG (ACER RUBRUM L.) O‘SIMLIGINING O‘SISHI, KO‘PAYTIRILISHI VA QO‘LLANILISHI

Baratov Kamol Urolboy o’g’li · O‘ZBEKISTONSHAROITIDAQIZIL BARGLI ZARANG (ACERRUBRUM L.) · O‘SIMLIGINING O‘SISHI

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Qizil bargli Zarang(Acer rubrum L.) O‘zbekiston sharoitida o‘stirish, ko‘paytirish va undan foydalanish imkoniyatlarini ilmiy asosda o‘rganish ushbu maqolaning asosiy maqsadidir. Daraxtning biologik va ekologik xususiyatlari, o‘sish sharoitlari, tuproq va iqlimga moslashuvi tahlilqilingan. Kalit so‘zlar: Acer rubrum, in vitro ko‘paytirish, mikroko‘paytirish, bioekologik xususiyatlar, O‘zbekistoniqlimi, fitogormonlar, ildizotish,landshaft dizayni, ekologik moslashuv. Hozirgi vaqtda in vitro texnologiyasi o’simliklar genetik bankini yaratish, o’simliklar biologik xilma-xilligini saqlab qolishning istiqbolli yo’nalishlaridan biri sifatida rivojlanmoqda. O’simliklarning tuproq va tabiiy iqlim omillariga moslashishlarining in vitro sharoitidagi egallagan xususiyatlari hamda ex vitro sharoiti bosqichlaridagi muvaffaqqiyatsizliklar bilan bir qatorda anatomik va fiziologik xolatlarining normal o’tishida substratning tarkibi muhim ahamiyatga ega o`simligini intensiv ravishda mikroklonal yo’l bilan ko‘paytirish va patogensiz toza ko‘chat materialini yetishtirib cheklangan maydonda, qisqa vaqt ichida va yilning fasl turlaridan qat’iy nazar yuqori genetik sifatga ega bo‘lgan sog`lom o‘simliklarni keng miqyoda yetishtirishga imkon beradi. Tadqiqot obyekti va metodlari Laboratoriya sharoitida sterillangan dastlabki kirish materiallarini kiritib virussiz patogenlardan holi meristema klonlarini olishda R.G.Butenko metodidan foydalanildi . In vitro laboratoriyasida o`simliging apikal meristemasi Murashige and F. Scoog (MS) ozuqa muhitiga ekib ildiz oldirilgan nihollarini tayorlashgacha bo’lgan bosqichlar steril sharoitda umumiy qabul qilingan usullarga muvofiq olib borildi. Issiqxonada ildiz oldirilgan o’simlik nihollarini ekish uchun tayorlangan substrat ham steril bo’lishiga alohida etibor qilinadi. O‘simlik eksplantlarining muvaffaqiyatli moslashishi, yer ustki qismining, balki ular ildiz tizimining yanada o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish, ya’ni substrat havoni yaxshi o’tkazishi, kerakli namlikni saqlashi hamda transplantatsiya jarayonida o’simlik ildizlariga zarar yetkazmasligi muhim axamiyatga ega. О.N.Dedyuxina va boshqalar tomonidan Eremogone saxatilis (L.) Ikonn. o‘simlikning eksplantlarini tuproqqa moslashtirish sharoitlarini o’rganish maqsadida torf, qum, gumus va vermikulitdan iborat komponentlardan ma’lum nisbatlarda substrat tayorlab o’simliklarning moslanish darajasi gumus miqdori yuqori bo’lganda ya’ni torf: qum: gumus: 1:1:2:1 nisbatda vermikulit bo’lgan sharoitda nixollarningmoslashi 100% bo’lganligini ko’rsatgan. Xasanov N. va boshqalar tomonidan H.maracandicum eksplantlarining tuproqqa moslashish samaradorligini aniqlash maqsadida 3 xil tuproq muhiti tanlab olingan: 1) torf: 1:3 nisbatda agroperlit; 2)torf: 1:1 nisbatdaagroperlit; 3)torf: 3:1nisbatdaagroperlit. Qizil bargli Zarang(Acer rubrum L.), shuningdek, “Botqoq chinor” nomi bilan mashhur bo‘lib, Aceraceae oilasiga mansub daraxt turi hisoblanadi. Yaponiyadan tortib Yevropa, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyogacha tarqalgan daraxtlar va butalar orasida mashhur toifaga kiradi (Gibbs va Chen, 2009). Ushbu maqola qizil chinorni O‘zbekiston sharoitida o‘stirish, ko‘paytirish va undan foydalanish imkoniyatlarini ilmiy asosdao‘rganadi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Qizil bargli Zarang daraxtining po‘stlog‘i yoshligida silliq va och kulrang bo‘lib, keksa daraxtlarda qalinlashib, to‘q kulrang rangga kiradi va vertikal yoriqlar orqali plastinka shaklidagi qismlarga bo‘linadi. Barglari 3-5 bo‘lakli, qirralari qo‘pol tishli bo‘lib, uzunligi 5-15 sm ga yetadi. Kuzda barglari qip-qizil, sariq yoki to‘q sariq rangga kirib, daraxtga dekorativ ko‘rinish beradi. Gullari bahorda, barglar paydo bo‘lishidan oldin kichik sopalarda guruh bo‘lib o‘sadi. Mevalari qanotli, juft bo‘lib, qizg‘ish rangda, V shaklida bo‘ladi va bahor oxiri yoki yoz boshida pishadi. O‘zbekiston sharoitida o‘sishi: Qizil bargli Zarang soyada ham, quyoshli joylarda ham, loy, qum, qumloq va yaxshi quritilgan tuproqlarda ham o‘sishi mumkin, lekin nam tuproqlarni afzal ko‘radi (Stivens, 1999). O‘zbekistonning quruq kontinental iqlimi, issiq yoz va sovuq qish sharoitlari hisobga olinsa, daraxt Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyati va Surxondaryo kabi daryo bo‘ylarida joylashgan hududlarda mos kelishi mumkin. Qurg‘oqchil hududlarda, masalan, Qashqadaryo yoki Xorazmda qo‘shimcha sug‘orish tizimlari talab etiladi. Tog‘li hududlarda, Chimgan va Zaamin kabi joylarda sinov tariqasida ekilishi va o‘sish sharoitlari kuzatilishi mumkin. Foydalanish sohalari: Qizil bargli Zarang O‘zbekistonda ko‘chalarda, bog‘larda va landshaft dizaynida dekorativ daraxt sifatida ishlatilishi mumkin. Uning yog‘ochi qattiq turga kiradi, ochiq krem rangda bo‘lib, mebel ishlab chiqarish, o‘ymakorlik, yuqori sifatli qog‘oz (pulpa) va o‘tin sifatida ishlatilish

Доказательный фрагмент

«Qizil bargli Zarang(Acer rubrum L.) O‘zbekiston sharoitida o‘stirish, ko‘paytirish va undan foydalanish imkoniyatlarini ilmiy asosda o‘rganish ushbu maqolaning asosiy maqsadidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Qizil bargli Zarang(Acer rubrum L.) O‘zbekiston sharoitida o‘stirish, ko‘paytirish va undan foydalanish imkoniyatlarini ilmiy asosda o‘rganish ushbu maqolaning asosiy maqsadidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
in vitro ko‘paytirish, ildiz otish, ekologik moslashuv., Acer rubrum, mikroko‘paytirish, bioekologik xususiyatlar, O‘zbekiston iqlimi, fitogormonlar, landshaft dizayni
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники