К содержанию
РецензированоRU2025

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSINING TASVIRIY SAN’AT ASARLARIGA TA’SIRINING DOLZARB MASALALARI

Abduraxmonova Zulayxo · ZAHIRIDDINMUHAMMAD BOBURMEROSINING TASVIRIYSAN’AT · ASARLARIGATA’SIRINING DOLZARB MASALALARI

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

В статье приведены мысли и комментарии пометодике развития логического мышления учащихся при рассмотрении на занятиях портрета известного государственного деятеля, талантливого поэта, писателя, историка, переводчика ЗахириддинаМухаммада Бабура. Ключевые слова: Захириддин Мухаммад Бабур, Андижан, Индия, патриотизм, шах и поэт,портрет «ЗахириддинаМухаммада Бабура»,символическийанализ. Annotation: The article contains thoughts and comments on the methodology of developing students' logical thinking while observing the portrait of the famous statesman, talented poet, writer, historian, translator Zahiriddin Muhammad Baburin classes. Keywords: Zahiriddin Muhammad Babur, Andijan, India, patriotism, horn and poet, portrait of Zahiriddin Muhammad Babur, symbolic analysis. Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyati, tasviriy san’at, amaliy san’atida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatgi Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islomqonunshunosligi, she’riyat va tilnazariyasi sohalariga munosib hissabo‘lib qo‘shildi. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, tog‘a-jiyanlar, amakivachchalar o‘rtasida hokimiyat — ulug‘ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi. Adabiyot, nafis san’at, tabiat go‘zalligiga yoshligidan mehr qo‘ygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida, yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Bobur Hindistonda o‘z hukmronligini uzil-kesil o‘rnatdi va Boburiylar sulolasini barpo etdi. Bobur Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bog‘rog‘lar yaratish ishlariga www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 homiylik qildi. Hindistonni obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur bo‘lgan me’moriy yodgorliklar, bog‘lar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning o‘g‘illari va avlodlari davrida keng miqyosga yoyildi. Hindiston san’ati va me’morchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida o‘sha davrning ilg‘or va zehni o‘tkir olimlari, shoirlari, musi-qashunoslari, rassomlari, xattotlar va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir ma’naviy-ruhiy muhit vujudga keldi. Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida Javaharla’l Neru1 shunday yozgan edi: «Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va yangi rag‘batlantirishlar hayotga, san’atga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi». Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda o‘zining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va yuqorida zikr etilgan asarlarini yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur bo‘lgan shoh asari «Boburnoma»dir. Ma’lumki, unda Bobur yashagan davr oralig‘ida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi — XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqealarni; ikkinchi qismi — XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, ya’ni Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealarni; uchinchi qismi — XVI asrning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bag‘ishlangan. «Boburnoma»da o‘sha davrning siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, o‘z yurti Farg‘ona viloyatining siyosiy-iqtisodiy ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, O‘sh, Urganch, O‘ratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir ma’lumotlar keltirilgan. Unda Qobul ulusining yirik shaharlari Qobul, G‘azna va ular ixtiyoridagi ko‘pdan-ko‘p tumanlar, viloyatlar, Shimoliy Hindiston haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin. «Boburnoma»ni varaqlarkanmiz, ko‘z oldimizdan Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston xalqlariga xos bo‘lgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, o‘sha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning to‘liq manzarasi namoyon bo‘ladi. «Boburnoma»da keltirilgan bu tarzdagi ma’lumotlar Muallif «Bobur

Доказательный фрагмент

«В статье приведены мысли и комментарии пометодике развития логического мышления учащихся при рассмотрении на занятиях портрета известного государственного деятеля, талантливого поэта, писателя, историка, переводчика З…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье приведены мысли и комментарии пометодике развития логического мышления учащихся при рассмотрении на занятиях портрета известного государственного деятеля, талантливого поэта, писателя, историка, переводчика З… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zahiriddin Muhammad Babur, Andijan, India, patriotism, horn and poet, portrait of, portret, badiiy tahlil., shoh, Zahiriddin Muhammad Bobur, shoir, badiiylik, rassom, tahlil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники