Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’LCHOV ASBOBLARINING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
MexrinisoIzatovna Bakayeva · O’LCHOVASBOBLARINING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
The article provides information on the role of medical measuring devices in the diagnosis and treatment process of doctors to restore health, physical experiments, physical parameters, blood pressure, systolic and diastolic pressure measured with a needle directly connected to a manometer, types of tonometers, linear measuring devices such as calipers, and theiruse. Keywords: medical devices, measuring instruments, physical parameters, phonendoscope, tonometer, caliper, vernier, cuff, systolicand diastolicpressure. Kirish. Yurtimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ayniqsa yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muhim usutuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Taʼkidlash joiz, salomatlikni tiklashda shifokorlar tomonidan tashxis qo‘yish va davoshlash jarayonlarida tibbiy o‘lchash vositalarining o‘rni beqiyos. Zero bu uskunalarning to‘g‘ri ishlayotganligi esa muhim ahamiyat kasb etadi. Tibbiy asboblar asboblar, asbob- uskunalar, jihozlar, materiallar, dasturiy ta'minot yoki odamlarning kasalliklarini oldini olish, diagnostika qilish, davolash va kompensatsiya qilish uchun yakka o'zi yoki birgalikda ishlatiladigan asboblarni, tibbiy asboblarni va dori vositalarining eng katta farqi: ishlatilgan ta'sir inson tanasi yuzasida va tanada farmakologik, immunologik yoki metabolik usullar bilan emas, balki fizikusullarbilan olinadi. Hozirgi vaqtda bir necha million o’lchash asboblaridan foydalanilmoqda. Ularning har biri bilan har kuni ko’plab o’lchashlar bajariladi. Bunday sharoitda o’lchash birligini ta’minlash katta iqtisodiy ahamiyatga ega. O’lchash vositalari ularning ish printsiplari, har xil mexanik, elektr, www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 fizik, magnit kattaliklarini hamda elektr zanjir parametrlarini o’lchashda o’lchov vositalaridan foydalaniladi. Asosiy qism. O’lchash usuli – bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, o’lchash vositalari yordamida va eksperiment o’tkazishning aniq yo’li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. O’lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab uaniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustika va x.k. O’lchash vositalari qo’llanilish sohasiga qarab turlarga ajratiladi. Masalan, mexanik o’lchov vositalari: kundalik hayotimizda foydalanadigan tanometr insonni qon bosimini o’lchovchi, shtangensirkul buyumlarni, pretmet, detallarni ichki va tashqi qismlarni, burchak kichik o’lchamlarini olishdagi mexanik o’lchov vositalari tarkibigakiradi. Fizik parametr-qon bosimi — juda ko‘p kasalliklar diagnostikasida katta rol o‘yn Arteriyalarning birortasidagi sistolik va diastolik bosimlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri manometrga ulangan igna yordamida o‘lchanishi mumkin. Lekin tibbiyotda N.S.Korotkov taklif etgan qonsiz usuldan keng miqyosda foydalaniladi. Yelka bilan tirsak orasiga manjeta o‘raladi. Qo‘lga o‘ralgan manjetaning, qo‘lning bir qismi , yelka suyagi va yelka arteriyasining kesimlari shlang orqali manjetaga havo yuborilganda manjeta qo‘lni siqadi. So‘ngra shu shlang orqali havo sekin-asta chiqarila boshlaydi va manometr yordamida manjetadagi bosim o‘lchanadi. Shu qismlarning o‘zidagi pozitsiyada har bir holatga mos keluvchi yelka arteriyasining bo‘ylama kesimlari ko‘rsatilgan. Boshida atmosfera bosimiga nisbatan manjetadagi havoning bosimi nolga teng, manjeta qo‘lni va arteriyani saqlaydi. Manjetaga ma’lum bir o‘lchovda havo damlangani sari manjeta yelka arteriyasini siqa boshlaydi va qonning oqishito‘xtaydi. Agar muskullarbo’shashtirilgan bo’lsa, elastic devorlardan iborat bo’lgan manjeta ichidagi bosim taxminan manjetaga tegib yumshoq to’qimalardagi bosimga teng bo‘ladi. Bosimni qonsiz usulda o‘lchashning asosiy fizik g‘oyasi mana shundan iboratdir. Havoni asta-sekin chiqarib, manjetadagi va unga tegib turgan yumshoq to‘qimalardagi bosim kamaytirib boriladi. Qachonki bosim sistolik bosimga teng bo‘lsa, qon qattiq siqilgan arteriya orqali otilib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi,bundaturbulentoqim yuzagakeladi . Vrach bosimni o‘lchashda fonedoskopni arteriya ustiga manjetadan chetroqqa (ya’ni yurakdan ancha uzoqroq joyga) qo‘yib, turbulent oqimga taalluqli bo‘lgan va u bilan birgalikda yuzaga kelgan ton va shovqinlarni eshitib ko‘radi. Manjetadagi bosimni kamaytira borib, laminar oqimni tiklash mumkin, buni eshitib ko‘rilayotgan tonlarning birdaniga pasayib ketishidan bilish mumkin. Arteriyada laminar oqimning tiklanishiga mos keluvchi manjetadagi bosim diastolikbosim kabi qayd etiladi. Tanometr -qon bosimini o’lchash uchun maxsus o’lchash vositasi. Ko’rsatkichlar darhol ko’rsatiladi va qon bosimi va yurak urish tezligi haqida to’liq ma’lumot beradi. Tanometr manjeti, manjetaga havo yetkazib berish uchun qurilma va manjetadagi havo bosimini o’lchaydigan manometrdan, fonedoskopdan iborat. Tanometrda qon bosimini o’lchashda manjeta tir
Доказательный фрагмент
«The article provides information on the role of medical measuring devices in the diagnosis and treatment process of doctors to restore health, physical experiments, physical parameters, blood pressure, systolic and di…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides information on the role of medical measuring devices in the diagnosis and treatment process of doctors to restore health, physical experiments, physical parameters, blood pressure, systolic and di… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- medical devices, measuring instruments, physical parameters, phonendoscope, manjeta, fizik parameter, fonedoskop, shtangеntsirkul, o’lchash asboblari, tanometr, nonius, sistolik va diastolik bosimlar., tibbiy asboblar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025