Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINFLARDA O‘QUV MATERIALLAR MAZMUNINI LOYIHALASHNING NAZARIY ASOSLARI
Soliyeva Yulduzxon · BOSHLANGʻICH SINFLARDA O‘QUVMATERIALLARMAZMUNINI (Shahrisabz davlat pedogogika instituti) · LOYIHALASHNINGNAZARIY ASOSLARI (Shahrisabz davlat pedogogika instituti)
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
Boshlang‘ich sinflarda o‘quv materiallari mazmunini loyihalash jarayoni ta’lim metodikasi va pedagogik nazariyalarga asoslanadi. Ushbu tadqiqotda o‘quv materiallarini loyihalashning nazariy asoslari, pedagogik yondashuvlar, ta’lim mazmunini tanlash tamoyillari va samaradorlik omillari tahlil qilinadi. Shuningdek, yosh bolalarning psixologik va fiziologik xususiyatlari inobatga olinib, dasturiy ta’minot, interfaol metodlar va didaktik vositalarning ahamiyati yoritiladi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, o‘quv materiali, loyihalash, nazariy asoslar, pedagogik yondashuv, interfaol metodlar, ta’lim mazmuni, didaktik tamoyillar, samaradorlik, psixologik xususiyatlar. Bugungi kun zamonaviy ta’limini zamonaviy usul va metodlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu jumladan, bir qarashda oddiydek ko‘ringan loyihalash texnologiyasi ham o‘quv jarayonida samardorlikni yanada oshirishga atroflicha xizmat qilmoqda. Shuo‘rinda bu texnologiyaning asl negizi, uni amalga oshirish shakllari, ko‘zlanadigan natija va bu metod orqali ta’limga olib kiriladigan unsurlar haqidafikr yuritamiz. Loyihalash (lotincha, projectus – olg‘a tashlangan fikr, g‘oya, obraz ) metodi o‘z nomi bilan kelgusidagi ishlarni amalga oshirishda rejalashtirish bo‘lib, proyekt ma’lum bir hisobkitoblarga, chizmalarga va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g‘oya, fikrning ifodasidir. Loyihalash asosida o‘qitish ta’lim-tarbiyaning ma’lum bir vazifalarini hal qiladi: loyiha asosida o‘qitiladigan har bir ishtirokchida shaxsiy ishonchning o‘sishiga yordam berish, uni o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishi va refleksiyasiga yordam berish. Ko‘rsatilganlar “yutuq vaziyati”ni darsda (yoki darsdan tashqari) so‘zda emas, amalda his qilish orqali o‘quvchi o‘zining kerakligi, omadli ekanligini va turli muammoli vaziyatlarni bartaraf qila olish qobiliyatiga ega ekanligini bilishiga olib keladi. O‘quvchi loyiha metodi asosida o‘qish jarayonida o‘zini va o‘zidagi imkoniyatlarini his qiladi. Jamoada birgalikda ishlash davomida o‘z hissasini anglaydi, hamda loyiha topshirig‘ini bajarish jarayonida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, loyihani bajarish vaqtida o‘quvchilarda natijaga erishish uchun jamoa bo‘lib ishlashning ahamiyatini anglash rivojlanadi. O‘quvchining ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida hamkorlik faoliyati, ularda kommunikativ xususiyatni rivojlantirishni ilhomlantirish, muammolarni hal qilishda o‘z yondashuvi, o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish ko‘nikmasi va shu bilan birga boshqalarni eshita bilish, o‘zida ba’zida o‘z fikriga to‘la qarama-qarshi bo‘lgan boshqalarni eshita bilish xususiyatini rivojlantiradi. Loyihalar metodi o‘quvchilarda mushohada-tafakkur qobiliyatini rivojlantirishdamuhim o`rin tutadi. Loyiha metodi orqali o‘quvchida quyidagi konikmalarni rivojlantirish maqsad qilib qo‘yiladi: www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Tadqiqotchilik ko‘nikmasini rivojlantirish; -muammoli vaziyatni tahlil qilish, muammolarni anglash, manba va adabiyotlardan zaruriy ma’lumotniajratib olish vaulardan foydalanish; -amaliy vaziyatlarnikuzatishni tashkilqilish,ularning natijalarini belgilash va tahlilqilish; - farazlar qurish, ularni tekshirishni amalga oshirish, umumlashtirish,xulosalar chiqarish.[1] Ko‘rsatilgan maqsadlar ta’lim kengligini alohida tashkil qilib, shaxsning sifatlariga ta’sir qiladi. O‘quvchida o‘zgarish uchun shaxsiy o‘sish jarayoni boradi. «Men» so‘zi konsepsiyasini amalga oshirish uchun qobiliyatni shakllantiradi, dunyoni bilish va tadqiq qilish, bilishning tafakkur vositalarini o‘zlashtirish amalga oshiriladi. O‘qitish amaliyotida loyiha metodi qo‘llanilganda o‘quvchida turli qobiliyatlar rivojlanadi, an’anaviy o‘qitishda esa (dars otishda) “bilimlar” beriladi. An’anaviy ta’limda o‘quvchiga bilim berishda o‘qitishning tas’viriy-tushuntirish metodi ustuvor bo‘ladi. O‘quv jarayoni bu metod bilan to‘la nazorat qilinadi, o‘quvchilarning ustidan nazorat, mavzuni reproduktiv shakldagi so‘rovi amalga oshiriladi. Bu yondashuvning asosiy maqsadi bilimlar, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, faoliyatning yetakchi ko‘rinishini qayta tasvirlash bo‘ladi. Loyiha metodi esa o‘qitilayotganning shaxsiga qaratilgan bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishini ko‘rsatgichlaridan biri o‘quvchilarning mushohada qilish ko‘nikmalari (sintez, qiyoslash, umumlashtirish, turkumlash, induksiya, deduksiya, mavhumlashtirish va boshqa)larni o‘zlashtirishlari bo‘ladi. Eng asosiysi esa, o‘quvchida o‘z shaxsining o‘sishiga ehtiyoj qiziqish paydo b’olishi, o‘zini o‘zgartirish, hissiy-obrazli sohani rivojlanishi, hissiy qadriyat munosabatlari malakasini olish boladi. Loyiha asosida ana shu tarzda o‘qitish sinf-dars tizimiga muqobil turadigan samarali metod bo‘ladi. Lekin ananaviy meyorni to‘la siqib chiqarishi mumkin emas. Chunki jahon ta’lim tizimida yuz yil davomida pedagogik usullar, yondashuvlar, texnologiyalarni
Доказательный фрагмент
«Boshlang‘ich sinflarda o‘quv materiallari mazmunini loyihalash jarayoni ta’lim metodikasi va pedagogik nazariyalarga asoslanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBoshlang‘ich sinflarda o‘quv materiallari mazmunini loyihalash jarayoni ta’lim metodikasi va pedagogik nazariyalarga asoslanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogik yondashuv, loyihalash, psixologik xususiyatlar., didaktik tamoyillar, samaradorlik, o‘quv materiali, boshlang‘ich ta’lim, interfaol metodlar, nazariy asoslar, ta’lim mazmuni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024