К содержанию
РецензированоUZ2025

DISTONIYA - ZAMONAVIY DAVOLASH TAKTIKASI

t.f.n.,dotsent Abdukadirova D.T. · ORCID ID: --- (Andijon davlat tibbiyot instituti) · DISTONIYA-ZAMONAVIY DAVOLASH TAKTIKASI (Andijon davlat tibbiyot instituti)

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada distoniya muammosi tadqiqotchilar uchun yorqin va g‘ayrioddiy klinik ko‘rinish, genlar funksiyalari va kasallik patogenezining sensorimotor mexanizmlarini o‘rganish imkoniyatlari, shuningdek, target terapiya –botulinoterapiya in’yeksiyasining dramatik ta’sir nuqtai nazaridan motor buzilishlarining eng "jozibali" shakli bo‘lib qolgani haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar:distonia, botulinotherapia. Distoniyani oʻrganish tarixi 100 yildan ortiq: 1908-yilda V. Shvalbe "spazmlar va isterik alomatlar bilan surunkali sindrom" ni tasvirlab berdi va 1911-yilda G. Oppenxaym " dysbasia lordotica progressiva" ("progressiv lordotik disbaziya") va "dystonia musculorum deformans" ("mushak distoni deformasiyasi") va u kasallikning asosiy koʻrinishlarini – mushaklarning tonusini oʻzgartirishi va patologik pozisiyalarini vujudga kelishini tasvirlab berdi. 1926-yilda S. N. Davidenkov birinchi marotaba oila shakllarini tasvirlab berdi va irsiy distoniya ehtimolini taklif qildi. Distoniyani oʻrganish 1970-1980 yillarda harakat buzilishi nazariyasining shakllanishi, neyrogenetikaning rivojlanishi va neyrogenetik klinik amaliyotga botulinum terapiyasining kiritilishi bilan paralel ravishda botulinoterapiya rivojlandi. Oʻsha vaqtdan to hozirgi kungacha distoniya tadqiqotchilar uchun yorqin va gʻayrioddiy klinik koʻrinish, genlar funksiyalari va kasallik patogenezining sensorimotor mexanizmlarini oʻrganish imkoniyatlari, shuningdek dramatik ta'sir nuqtai nazaridan motor buzilishlarining eng "jozibali" shakli boʻlib qolmoqda. Distoniya - bu mushaklarning doimiy (turgun) yoki noregulyar (noturgun) qisqarishi bilan tavsiflangan harakat buzilishi, bu gʻayritabiiy, odatda takrorlanadigan, harakatlar va/yoki gʻayritabiiy pozisiyalarni keltirib chiqaradi, bu esa tananing jalb qilingan joylarida muayyan harakatlarni buzadi. Distonik harakatlar, qoida tariqasida, bir xil turdagi va aylanish xarakteriga ega, shuningdek, tremor bilan birga namoyon boʻlishi mumkin. Distoniya odatda oʻzini namoyon qiladi yoki ixtiyoriy harakatlar bilan kuchayadi va mushaklarning haddantashqari faollashishi bilan birga keladi [1-3]. Distoniya harakat buzilishlarining barcha shakllari orasida 2-3-oʻrinlarni egallaydi. Distoni tarqalishi quyidagi xarakterga ega: tarqoq (generallashgan) shakillari 100 000 axoliga 3-11 xodisani tashkil qilishi mumkin (irsiy tabiatga ega va ko’pincha hayotni 1-2 oʻn yilligida debyuti namoyon bo’ladi), fokal shakliga 100 000 axoliga 30-60 xodisani tashkil qilishi mumkin va odatda kattayoshda namoyon bo’ladi [1-3]. Distoniyaning ikkishakli eng keng tarqalgan: www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 1) blefarospazm - fokal distoniya turiga kiradi, koʻzning miltillashi va beixtiyor yopilishi bilan tavsiflanadi; 2) servikal distoniya (spastik distoni) – bosh va boʻyinning patologik pozisiyalari shakllanishi bilan boʻyin mushaklarining beixtiyor qisqarishi bilan tavsiflangan fokal distoni. Tasnifi. Distoniyani urganuvchi tibbiy tadqiqotlar fondi (Dystonia Medical Research Foundation), distoniyani o’rganish koalisiyasi (Dystonia Coalition) va fan va texnika sohasidagi Evropa tashkilotini distoniyani o’rganishi hamkorlik va rahbarligida (European Dystonia Cooperation in Science and Technology) 2013-yilda distoniyaning yangi tasnifini joriy etilgan [4]. Ushbutasnifikkitaprinsipga asoslanadi: klinikxususiyatlar vaetiologiya Yoshi boʻyicha tasniflash. Bolalik distoniyasi - uning sababini aniqlash ehtimoli yuqori va distoniyaning bu turi fokaldan total (generallashgan) shaklga oʻtish ehtimoli yuqori. Hayotning 1-yilidagi distoniyalar koʻpincha tugʻma metabolik kasalliklar bilan bogʻliq. 2 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan distoniyalar distonik miya falajiga koʻproq mos kelishi mumkin, ayniqsa, agar u xarakat rivojlanishining kechikishi davridan keyin kuzatilsa. Dopaga sezgir distoniya kabi boshqa sindromlar 6 yoshdan 14 yoshgacha rivojlanadi. Va nihoyat, sporadik fokal distoni odatda 50yoshdan oshganinsonlarda namoyon bo’ladi [1, 2,4]. Tananing patologik jarayonga ta'sirlangan joylarini taqsimlashga asoslangan tasnif. Fokal va segmentar distoniyani davolashda tanlangan davolash botulinumneyrotoksinlarini qoʻllashdir, tarqoq distoniyada esa tizimlidorilar yoki jarrohlik davolash koʻproq qoʻllaniladi. Tana qismlarini patologik jarayonga jalb qilishning taqsimlanishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi mumkin, odatda kasallik jadallashib borishi bilan ilgari ta'sirlanmagan joylar xam patologik jarayonda ishtirok etishni boshlaydi. Lokalizasiyaga qarab distoniyaning quyidagi shakllari ajratiladi. * Fokal. Tananing bir sohasi ishtirok etadi (blefarospazm, oromandibulyar distoni, servikal distoni,laringeal distoni vab.). * Segmentar. Tananing ikki yoki undan ortiq qoʻshni joylari ta'sirlanadi (kranial distoni, bibraxial distoni). * Multifokal. Tananing ikki yoki undan ortiq qoʻshni boʻlmagan joylari ta'sirlanadi (yuq

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada distoniya muammosi tadqiqotchilar uchun yorqin va g‘ayrioddiy klinik ko‘rinish, genlar funksiyalari va kasallik patogenezining sensorimotor mexanizmlarini o‘rganish imkoniyatlari, shuningdek, target ter…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada distoniya muammosi tadqiqotchilar uchun yorqin va g‘ayrioddiy klinik ko‘rinish, genlar funksiyalari va kasallik patogenezining sensorimotor mexanizmlarini o‘rganish imkoniyatlari, shuningdek, target ter… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
botulinotherapia., distonia
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники