Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“O‘ZBEKISTONNING SHIMOLIY REGIONIDA INNOVATSION BINOLARNI SHAHAR MUHITIDA SHAKLLANISHI” (XORAZM MISOLIDA)
Djumanazarova Mehriban · “O‘ZBEKISTONNING SHIMOLIYREGIONIDA INNOVATSIONBINOLARNI SHAHA
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
It is emphasized that the formation of innovative buildings in the urban environment in the northern region of Uzbekistan will serve to bring the architecture and economy of Khorezm to a new level, taking into account environmental impact, energy efficiency, local needs, urban planning recommendations, integration of innovative buildings into urban infrastructure, innovations in construction, and every specific detail and principle in the design process ofinnovativebuildings. Key words: northern region, innovation, urban environment, principle, urban planning, energy efficiency. Xorazm viloyatida innovatsion binolarni loyihalash jarayoni mamlakatning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu jarayon, ayniqsa, atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirish, energiya samaradorligini oshirish va mahalliy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan. Innovatsion binolar, o‘z navbatida, shaharsozlikdagi zamonaviy tendensiyalarni hisobga olishni talab qilib, shaharsozlik bo‘yicha tavsiyalar va standartlarni inobatga olish muhim ahamiyatga ega. Atrof-muhitga ta’sir. Innovatsion binolarni loyihalash jarayonida atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish uchun zamonaviy materiallar va texnologiyalardan foydalanish muhimdir. Binolarning dizayn jarayonida tabiiy resurslardan samarali foydalanish, energiyani tejash mexanizmlarini joriy etish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiyalash kerak. Misol uchun, quyosh panellari, vetrovaya energiya stansiyalari va javobgar bannerlarini ishlatish orqali energiya samaradorligini oshirish mumkin. Bu, o‘z navbatida, ekologik to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishnita’minlaydi va aholininghayot sifatiga ijobiyta’sirko‘rsatadi.[1.2.3.4.] Energiya samaradorligi. Energiya samaradorligi innovatsion binolarni loyihalashda asosiy prinsiplardan biri bo‘lib, binolarning o‘tkazuvchanligi, izolyatsiyasi va energiyani samarali foydalanish mexanizmlarini joriy etish zarur. Innovatsion binolarning loyihalarida qulay va samarali izolyatsiya materiallari, zamonaviy konditsionerlar va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari joriy etilishi kerak. Bu, o‘z navbatida, energetik xarajatlarni kamaytiradi va binolarning www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 ekologik faoliyatini yaxshilaydi. Xorazmdagi iqlim sharoiti va resurslari inobatga olingan holda, binolarda energiya samaradorligini oshirish uchun mahalliy konstruktsiyalarni ishlatish muhimdir[5,6.7.8.9]. Mahalliy ehtiyojlar. Xorazm viloyatida innovatsion binolarni loyihalashda mahalliy ehtiyojlar va talablarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Mahalliy jamoalarning madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlari inobatga olinishi kerak. Binolarning loyihalari mahalliy xalqning hayotiga, an’anaviy xususiyatlariga va ijtimoiy munosabatlariga muvofiq bo‘lishi lozim. Innovatsion binolarning dizayni va loyihalash jarayonida jamoatchilik fikrini hisobga olish, faoliyatlarni samarali olib borish uchun muhimdir[10.11.12]. Shaharsozlik bo‘yicha tavsiyalar. Shaharsozlik bo‘yicha tavsiyalar innovatsion binolarni loyihalashda muhim rol o‘ynaydi. Har bir binoda shahar infratuzilmasi bilan integratsiyalashish, transport oqimlarini samarali boshqarish, jamoat joylarini tashkil qilish va yashil zonalarni yaratish kerak. Innovatsion binolar shaharning umumiy landshaftini yaxshilash, yashash sifati va ekologiyani mustahkamlashga xizmat qilishimuhim.[13.14.15.] Innovatsion binolarni shahar infratuzilmasiga integratsiyalash. Innovatsion binolarni shahar infratuzilmasiga integratsiyalash shahar rivojlanishining muhim boji hisoblanadi. Binolarni loyihalash jarayonida transport, suv ta’minoti, elektr ta’minoti va kommunikatsiya tizimlari uchun yaratilgan sharoitlarni hisobga olish zarur. Binolarning joylashuvi, o‘tkazuvchanligi va arxitekturasi shaharning umumiy samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Mahalliy infratuzilma bilan integratsiyalashish, binolarning funksionalligini oshirib, jamoat joylarining samaradorligini yaxshilaydi.[ 16.17.18.19] Qurilishda innovatsiyalar. Qurilishda innovatsiyalar, ya’ni zamonaviy materiallar, konstruktsiyalar va texnologiyalardan foydalanish, binolarning samaradorligini oshirib, ularning atrof-muhitga ta’sirini kamaytiradi. Misol uchun, 3D-bosish texnologiyalari, modul konstruktsiyalash vositalari qurilish jarayonini tezlashtiradi va xarajatlarni kamaytiradi. Innovatsion loyihalar muhandislik va arxitektura sohasida yangi imkoniyatlar yaratadi, bu esa qurilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi[20.21.22.23.24.]. Xorazm hududida innovatsion binolarni shakllantirish modellari quyidagi yo‘nalishlarda tavsiya etilmoqda 1. "Aqlli shahar" konsepsiyasi asosidagi innovatsion binolar. Urganch shahrida IT-infrastrukturaga ega innovatsion ofis binolari vako‘pfunktsiyali markazlar yaratish. Xususiyatlari: Aqlli yoritish, avtomatik isitish va ventilyasiya tizimlari; Quyosh panellari vaenergiya tejovchi fasadlar; IoT (Inter
Доказательный фрагмент
«It is emphasized that the formation of innovative buildings in the urban environment in the northern region of Uzbekistan will serve to bring the architecture and economy of Khorezm to a new level, taking into account…»
Образец извлечения
Демо-превьюIt is emphasized that the formation of innovative buildings in the urban environment in the northern region of Uzbekistan will serve to bring the architecture and economy of Khorezm to a new level, taking into account… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- northern region, innovation, urban environment, principle, urban planning, energy, shimoliy region, innovatsiya, shaharsozlik, energiya samaradorligi, prinsip, shahar muhiti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025