Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI DARSLARIDA TA’LIMIY O’YINLARNI TASHKILLASHTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH MOHIYATI
TursunovaZarina Ne’matovna · ONATILIDARSLARIDA TA’LIMIYO’YINLARNI TASHKILLASHTIRISHVA · ULARDAN FOYDALANISH MOHIYATI
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ona tili va adabiyot fanida qo’llaniladigan interaktiv metodlar, ularning turlari darslarda qo’llash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati haqida yoritilgan. Kalit so’zlar: interaktiv metodlar,zamonaviy o’qituvchi,kim hakam o’yini,so’z va hodisalarni eslash interaktiv o’yini. Maktab ta’limini rivojlantirish: Davlat umummilliy dasturi to`g‘risidagi Farmonning uchinchi yo`nalishida o`quv standartlari,o`quv dastur va darsliklarini takomillashtirish bo`yicha DTS, dastur, darsliklarning takomillashtirilgan variantlari tayyorlandi hamda shular asosida ish olib borilmoqda. Chunonchi, ona tili ta’limining takomillashtirilgan standarti tayyorlandi. Unga ko`ra:a) grammatikaga oid o`zlashtiriladigan bilimlar; -fonetika, morfologiya, sintaksis, leksikologiya, so`z tarkibi, so‘z yasalishi, yozuv va imlo, nutq uslublari, uslubiyatga oid tushunchalar.b) nutqni o‘stirish: -birinchi yo`nalish -o`quvchilarning so`z boyligini rivojlantirish; -ikkinchi yo`nalish -o`zbek adabiy tili me’yorlarini o`rgatish, adabiy alaffuz me’yorlari, shuningdek, lug‘aviy sinonimika, qo`shimchalar sinonimikasi, umuman, grammatik sinonimika bilan tanishtirish; -uchinchi yo`nalish -o`quvchilarda fikrni og‘zaki va yozma bog‘lanishlibayon qilish malaka hamda ko‘nikmalarini hosil qilish shart qilibbelgilangan. Ana shundan kelib chiqib, ona tili ta’limining asosiy maqsadi: ona tili mashg‘ulotlari o’quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to`g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga qaratilmog‘i darkor. Ayni fursatda, mazkur murakkab, mas’uliyatli vazifani bajarishda ona tili darsliklarining ahamiyati muhim. O`quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladigan o`quv topshiriqlari o`rta maktabning o`zbek tili darsliklarida berilgan. Mazkur topshiriqlar turli usullar bilan o`qituvchi hamkorligida o`quvchilar tomonidan mustaqil bajarishi lozim. Ijobiy natija beradigan topshiriqlarning asosiy turlaridan biri grammatik o`yintopshiriqlardir. Bu turdagi topshiriqlar o`quvchilardan zukkolikni, bilimdonlikni, izlanishni, topqirlikni va tezkorlikni talab qiladi. Ona tili darslarining qiziqarli o`tishida o`yin-topshiriqlarning ahamiyati juda katta.Biroq “O`zbek tili o`qitish metodikasi”da grammatik o`yin-topshiriqlar va ulardan foydalanish metodikasi yetarli darajada ishlanmagan. O`yin-topshiriqlarga hos bo’lgan jihat shundan iboratki, u ko`pincha musobaqa tarzida tashkil etiladi. Natija yakunida, o`quvchi va guruhlarga rag’bat yoki ballar berilishi, shubhasiz, o’quvchilarda topshiriqni bajarishga ishtiyoqni oshirishga sabab bo’ladi. Natijada, o`quvchilarning grammatik savodxonligi,ijodiy fikrlash qobiliyati, topqirligi, nutqi va shu fanga muhabbati ancha oshadi. Shu bilan birga, qo`shimcha adabiyotlardan foydalanish, boshqa fanlar bilan ham jiddiy shug‘ullanish ehtiyojini tug‘diradi. Shunini inobatga olgan holda, o`qituvchi darslarining samarali bo`lishi uchun turli o`yin-topshiriqlardan va boshqotirmalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi davr talabi ham , fan o`qituvchisidan mahorat, ijodkorlik, eng asosiysi, tinimsiz mehnat talab qiladi. Shularni hisobga olgan, holda ona tili darslarini o`tishda ishlatishmumkin bo`lgan ayrim grammatik o`yinlar, boshqotirmalar va ulardan foydalanish metodlarini ko’rib chiqamiz. Bunday grammatik o`yinlarni yanada ko`plab o`ylab topish va ulardan dars jarayonida foydalanish mumkin. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, o`qituvchining ijodkorligiga, www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 izlanuvchanligiga, mahorati va tinimsiz qiladigan mehnatiga bog‘liq. Ma’lumki, o`yin- topshiriqlar o`quvchilar malaka va ko`nikmalariga ko`ra, murakkablik darajasiga ko`ra guruhlanib, soddadan murakkablik dinamikasiga qarab boradi.1.Qayta xotirlash tipidagi o`yin topshiriqlar. O`tilgan mavzularni mustahkamlash hamda bilim va malakalarni tekshirish darslarida bunday o`yintopshiriqlardan ko`proq foydalaniladi. Masalan, “Atoqli va turdosh otlar” mavzusiga oid darslarni mustahkamlash maqsadida “Kim g‘olib?” o`yin-topshirig‘idan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Buning uchun sinf ikki guruhga ajratiladi: biri atoqli otlarga, ikkinchisi turdosh otlarga misol topishadi. Ma’lum bir belgilangan vaqt ichida ko`p misol topgan g‘olib sanaladi. O`qituvchi doskaga kundalik, surat, kinofilm kitob, gazeta, jurnal, so`zlarini alohida-alohida yozib qo`yadi. Sinf olti guruhga bo`linib (o`quvchilar soni hisobga olinishi zarur. Agarda guruhlarga teng bo`linmaydigan bo`lsa, guruhlar sonini kamaytirishi yoki ko`paytirishi mumkin), ulardan shu otlarga misollar yozish talab qilinadi. Guruhlarning har bir a’zosi o`ziga qarashli so`zga bitta-bitttadan misol yozadi. Tez va to`g‘ri yozgan guruh g‘olib sanaladi. G‘oliblar, albatta, rag‘batlantirilishi kerak. Istalgan mavzuni m
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ona tili va adabiyot fanida qo’llaniladigan interaktiv metodlar, ularning turlari darslarda qo’llash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati haqida yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ona tili va adabiyot fanida qo’llaniladigan interaktiv metodlar, ularning turlari darslarda qo’llash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati haqida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- so’z va hodisalarni eslash interaktiv o’yini., zamonaviy o’qituvchi, interaktiv metodlar, kim hakam o’yini
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025