К содержанию
РецензированоRU2025

DIKKENS IJODINING IJTIMOIY-TARIXIY KONTEKSTI VA ROMANLARIDA BRITANIYA MADANIY O‘ZIGA XOSLIGINING AKS ETISHI

GulhayoOrtiqova Isroilovna · DIKKENSIJODINING IJTIMOIY-TARIXIYKONTEKSTI VA ROMANLARIDA · BRITANIYAMADANIYO‘ZIGA XOSLIGINING AKS ETISHI

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

В статье рассматривается социально-исторический контекст произведений ЧарльзаДиккенса икультурные особенностиразличныхслоев общества. Kalit so‘zlar: jamiyat, madaniyat, qatlam, satira, tarjima, tanqid, ijtimoiy, sanoat. Dikkens o‘z davrining eng mashhur romannavislaridan biri edi va hozirda ham kitobxonlar tomonidan sevib o‘qiladigan ingliz mualliflaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ko‘pchilik buyuk insonlar yoshligidan og‘ir hayotni ko‘rib voyaga yetishadi, shu singari Dikkens ham 12 yoshida otasi qarzdorligi uchun qamalib ketgach, maktabni tashlab oyoq kiyimlar moylanadigan zavodda ishlashga majbur bo‘ladi. Oilasi ham otasining oldiga qamoqqa jo‘natilgach, Dikkens juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Uning ko‘pgina kitoblaridagi qahramonlar hayoti o‘zining hayotida bo‘lgan voqealarga asoslangan. Masalan, “Kichik Dorrit” asaridagi Emi Dorrit hikoyasi Dikkensning otasini ko‘rgani qarzdorlar qamoqxonasiga borgandagi voqealardan olingan. Bir oz muddatdan so‘ng Dikkensning otasi buvisidan qolgan meros hisobiga qarzlaridan qutuladi va oila yana birgalikda erkinlikda yashay boshlashadi. Dikkens endi qiyinchiliklarim tugadi, deb umid qiladi, chunki u ishlaydigan zavoddagi og’ir sharoitlar yosh bola uchun og‘irlik qilardi. Ammo uning onasi Dikkensni darhol zavoddan ketishini xohlamaydi va yana ishga yuboradi. Bu Dikkensga juda qattiq ta’sir qiladi va shundan ayollarga nisbatan qalbida isyon uyg’onadi. Dikkens yana ishini davom ettirishga majbur bo‘ladi va yoshligidagi mashaqqatlarga to‘la bu hayotini o‘zining “Devid Kopperfild” romanida qisman aks ettiradi. “Menga beriladigan hech qanday yordam, hech qanday madad, hech qanday rag‘bat va taskin yo‘q edi”, deb eslaydi Dikkens o‘shakunlarni. [1] Keyinchalik Dikkens Kamden shaharchasidagi akademiyaga o‘qishga yuboriladi, ammo u yerda ta’lim tarbiyaning qoniqarsizligi tufayli 2 yil davomida, 15 yoshigacha o‘qiydi. U yerdagi ta’lim tizimining achinarli ahvolini Dikkens “Devid Kopperfild”dagi Janob Kriklning maktabi timsolida tasvirlagan. Maktabdan ketgach Dikkens bir nechta huquq idoralarida xodim bo‘lib ishlagan va uyerdagi nohaqliklarni ham asarlarida aks ettirgan. Dikkens o‘zi hayotlik davridayoq romanlari bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Dikkens o‘zining asarlaridagi yumori bilan ham mashhur. Mana shu yumor orqali u jamiyatdagi illatlarni fosh qilishga urinadi. Asarlarida kambag‘al ishchilarning og‘ir hayotlarini, qiyinchiliklarini tasvirlaydi. Hattoki, kitobxonlar tomonidan “Dikkensian” atamasi yaratilib bu kambag‘al, qashshoq yoki ba’zilarjirkanadigan insonlarni tasvirlashda ishlatilgan .[2] 1833-yilda Dikkens o‘zining birinchi hikoyasini “A dinner at Poplar walk” (Poplar sayohatidagi tushlik)ni Londondagi oylik jurnalda chop ettiradi. 1836-yilda esa birinchi to‘plami www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 “Sketches by Boz” (Bozning chizgilari)ni chop ettiradi. “Boz” uning oilaviy taxallusi edi.[3] Dikkensning adabiyot sohasidagi muvaffaqiyati 1836-yilda “Pikvik klubi maktublari”ni (Pickwick papers) chop etish bilan boshlandi. Shundan so‘ng Dikkensning ham yozuvchilik kasbida, ham jamiyatda mavqei ko‘tarila boshlaydi. Muharrirlardan biri John Sutherland bu asarni “Viktoriya davrining eng muhim yagona romani” deb atagan .[4] Dikkens o‘z asarlarini har kim o‘qiy olishi uchun ularni arzon muqovalarda ham chop ettirgan. Shuning uchun uning asarlarini qirolicha Viktoriyadan tortib ko‘chadagi daydi kambag‘allarga qadar o‘qishga qurbi yetgan va shu sababdan uning asarlari keng miqyosda tarqalgan. Keyingi mashhurlikka yetaklagan asari “Oliver Twist” 1838-yilda chop etilgan va bu asar “Viktoriya davridagi bosh qahramoni yosh bolabo‘lgan birinchiroman”bo‘libtarixga kirgan. Yozuvchi Oliver Tvist romanida Londonning jinoiy jamiyatini oddiygina qilib tasvirlaydi. Bu jamiyat poytaxt hayotining ajralmas qismi deb hisoblangan. Yozuvchi o‘quvchiga bolalarning ruhi jinoyatlarga moyil emasligi haqidagi asosiy fikrni yetkazishga harakat qiladi va buni uddalaydi. Chunki bolalar ma’naviy poklikni aks ettiradi, deb hisoblaydi muallif. Ular shunchaki zamon vajamiyatning qurbonlari edi. “OliverTvist”ning asosiy qismishu g‘oyaga bag‘ishlangan. Dikkensning eng qisqa romanlaridan biri bo‘lgan “Hard Times” nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki falsafiy, ta’lim va sanoatga oid ko‘plab muammolarni ham yoritib beradi. Bu asarda yozuvchi qahramonlarni ikki xil qarama-qarshi yondashuv asosida tasvirlaydi, ya’ni dunyoni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib tushunadigan shaxslar va dunyoni tasavvuri orqali idrok etadiganlar. Yuqori sinf vakillarini birinchi turkumga, ishchilarni esa ikkinchisiga kiritadi. Asar qahramonlaridan materializmning yorqin namoyondasi sifatida zavod xo‘jayini janob Baunderbay va faqat faktlarga, nazariyalarga asoslanib ish ko‘radigan utilitar janob Gredgraynd hamda ularga qarama-qarshi ravishda sirkchining qizi xayolparast Sissi Jup keltiriladi. Gredgray

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается социально-исторический контекст произведений ЧарльзаДиккенса икультурные особенностиразличныхслоев общества.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается социально-исторический контекст произведений ЧарльзаДиккенса икультурные особенностиразличныхслоев общества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This article highlights the socio-historical context of Charles Dickens' works and the cultural features of different strata of society.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники