К содержанию
РецензированоUZ2025

INSON HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHDA DAVLAT ORGANLARINING FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI

AbdurasulovXolmuhammad Muhammadqodiro‘g‘li · INSONHUQUQLARINIAMALGA OSHIRISHDADAVLAT ORGANLARINING · FAOLIYATINING ASOSIYYO‘NALISHLARI

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inson huquqlariga oid yalpi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro hujjatlar va qonunchilik asoslari, shaxs huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishda davlat organlari va tashkilotlarining ishitoki kabi masalalar umumiy tahlilqilingan. Har bir davlat o‘z hududida inson huquqlarining ta’minlanishini o‘z siyosiy va iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqqan holdaamalgaoshiradi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga binoan ishtirokchi davlat o‘z hududida yashovchi har bir insonning shaxsiy huquqlarining amalga oshishini kafolatlashga majburdir. Shuningdek, fuqarolarning siyosiy huquqlari amalga oshishini ham kafolatlash majburiyatini oladi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga muvofiq, har bir shaxs iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarining amalga oshishi uchun o‘z majburiyatlarini ham his qilishi kerak. Davlat esa insonning erkin harakatlanishi uchun o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holdayetarli darajadasharoit yaratishi lozim. Ikki muhim hujjat: 1990-yil 20-iyunda “Mustaqillik deklaratsiyasi” hamda 1991-yil 31-avgustda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari haqida”gi konstitutsiyaviy qonun o‘sha davrdagi parlament – Oliy Kengash tomonidan qabul qilinishi bilan buyuk ajdodlarimiz, xalqimiz orzu qilgan erk yo‘lidagi asriy maqsadlariga erishildi. O‘zbekiston Respublikasi 1991- yil 1-sentyabrda o‘z davlat mustaqilligini e’lon qilgach, qat’iyhuquqiy me’zonlarga tayanadigan, faol fuqarolik jamiyatiga asoslangan, xalq hokimiyatini ifoda etuvchi demokratik davlat barpo etish yo‘lidan bordi. Ushbu ulug‘ maqsad pirovardida ming yilliklar davomida shakllangan buyuk o‘zbek etnosining milliy qadriyat va an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, demokratiyaning asosiy prinsiplari ustuvor yo‘nalish qilib belgilangan, shaxs, jamiyat va davlatning uyg‘unlashgan mohiyatini aks ettiruvchi rivojlanishning sharqona-o‘zbek modelini yaratish asosiy g‘oya qilib belgilandi. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish – davlatning inson huquqlari sohasidagi birlamchi vazifasidir. O‘zbekiston hukumati xalqaro tashkilotlar ishtirokisiz va inson huquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro shartnomalarga qo‘shilmasdan turib demokratik huquqiy davlat qura olmasligini yaxshi tushundi. Mustaqillikka erishgandan so‘ng O‘zbekiston qo‘shilgan dastlabki xalqaro hujjat bu – Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bo‘ldi. Yosh davlat o‘zining yangi rivojlanish yo‘lida deklaratsiyadagi inson huquqlariga oid umume’tirof etilgan qoidalarni bajarishga tayyorligini, inson va shaxs erkinligiga bag‘ishlangan standartlarga sodiqligini keng xalqaro maydonda namoyon etdi. Bugungi kungacha mamlakatimiz inson huquqlariga oid BMTning asosiy 11 ta shartnomasidan 9 tasini ratifikatsiya qilib, inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 hujjatlarga qo‘shilgan hamda tegishli konvensiyaviy organlarga o‘zining davriy milliy ma’ruzalarini muntazam ravishda taqdim etish orqali inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini izchillikbilan bajarib kelmoqda. Shularichida BMTning 7taasosiy xalqaro shartnomasi ham bor. Bular: 1. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (Oliy Majlisning 1995-yil 31- avgustdagi 127-I-sonli qarori); 2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (Oliy Majlisning 1995-yil 31-avgustdagi 126-I-sonli qarori); 3. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi 757-XII-sonli qarori); 4. Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya (Oliy Majlisning 1995-yil 6-maydagi 87-I-sonli qarori); 5. Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya (Oliy Majlisning 1995-yil 31-avgustdagi 129-I-sonli qarori); 6. Qiynoqlarga hamda shafqatsiz, insoniylikka zid yoki kamsituvchi muomalaga qarshi konvensiya (Oliy Majlisning1995-yil 31-avgustdagi 130-I-sonli qarori). 7. Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (2021-yil 7-iyundagi O‘RQ-695-son O‘zbekistonRespublikasiningQonuni). 1996-yildan buyon bugungi kunga qadar O‘zbekiston tomoni ushbu shartnomalarda belgilangan majburiyatlariga ijrosi yuzasidan 51marta o‘zining milliy davriy ma’ruzalarini BMTning tegishli konvensiyaviy qo‘mitalariga taqdim etgan. Mamlakatimizda inson huquqlari bo‘yicha davlat siyosatining bir qator ustuvor yo‘nalishlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi siyosatining asosiy tamoyillari: -umume’tirofetilgan demokratiya vainson huquqlari tamoyillariga sodiqlik, - milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda inson huquqlari sohasidagi tashqi siyosiy faoliyatni rivojlantirish, -demokratik islohotlarni amalga oshirishdaizchillik vabosqichma-bosqichlik

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inson huquqlariga oid yalpi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro hujjatlar va qonunchilik asoslari, shaxs huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishda davlat o…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inson huquqlariga oid yalpi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro hujjatlar va qonunchilik asoslari, shaxs huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishda davlat o… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inson huquqlari, risidagi xalqaro, oliy majlisning, majlisning -yil, -i-sonli qarori, huquqlar risidagi, huquqlari yicha
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники