Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KASHTACHILIK SAN’ATI: AN’ANAVIY HUNARMANDCHILIK VA MADANIY QADRIYATLAR
KASHTACHILIK SAN’ATI:AN’ANAVIY HUNARMANDCHILIK VAMADANIY
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
Xalq amaliy san’ati, xususan, kashtachilik, milliy madaniyatimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Kashtachilik nafaqat bezak san’ati, balki xalqimizning urf-odatlari, qadriyatlari va tarixini aks ettiruvchi muhim madaniy merosdir. Ushbu maqolada kashtachilik san’atining kelib chiqishi, uning jamiyatdagi o‘rni hamda zamonaviy davrga moslashuvi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar:kashtachilik, bezak san’ati, hunarmandchilik, naqqoshlik, ijodkorlik. Amaliy san’at xalq hunarmandchiligining asosini tashkil etib kelgan. Zero, o‘zbek xalq hunarmandchiligining tarixiy ildizlari amaliy san’at asosida taraqqiy etib juda qadimiy, mumtoz hamda otabobolarimizning asriy tajribalarga tayanib o‘zining serunum, serjilo, shu bilan bir vaqtda har bir insonni hayratga solib kelgan madaniy merosimizni o‘z ichiga oladi. Odamzotning yaxshi yashashga, madaniyatga bo‘lgan ilk qadami ibtidoiy davrdan boshlanganligini tarixiy manbaalardan bizgacha yetib kelgan ma’lumotlardan bilib olishimiz mumkin [1:121]. Bugungi kunda amaliy sanʼat faqat badiiy va funksional ahamiyat bilan cheklanmay, balki yosh avlod tarbiyasida ham muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda [2:135]. Bunda amaliy sanʼat turlaridan biri bo‘lgan kashtachilikningo‘rni beqiyos. Oʻzbek badiiy hunarmandchiligining keng tarqalgan turlaridan biri badiiy kashtachilikdir. Kashtachi ustaning epchil qo‘llari bilan tasavvur qilib bo‘lmaydigan naqshlar, chokma-chok tikilib, nafis milliy hunarmandchilik namunasi yaratilgan. Qadim zamonlardan beri hunarmand ayollar badiiy kashtachilik bilan qalblarni zabt etishgan. Bunday san’atning paydo bo’lish tarixi chuqur o‘tmishga borib taqaladi va o‘zbek xalqi madaniyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Kashtachi hunarmand ayollarning turmush tarzi, an’ana va urf-odatlari, barcha jonzotlarga mehr- muhabbat o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bularning barchasi ijodiy tasavvurni texnik mahorat bilan uyg‘unlashtirib yaratilgan [3]. Badiiy kashtachilik nafaqat milliy madaniyatni o‘z ichiga oladi, balki zamonaviy hayotga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Har bir naqsh va rang o‘z qadriyatimiz va tariximizning bir qismi hisoblanadi. Hunarmandlar, o‘z ijodlari orqali, o‘zbek xalqi ruhiyatini va go‘zalligini namoyish etishmoqda. Shuning uchun, badiiy kashtachilik xalqimizning merosini saqlash varivojlantirishdamuhimrol o‘ynaydi. Arxeologik topilmalar kashtachilikning deyarli barcha xalqlarda qadiymiyligini, iqlim, tabiy sharoit, muxit bilan bog‘liq xolda xar bir xalqning madaniyati, san’ati, kasb xunar turlari bilan birga, ularni tasiri bilan rivoj topganini ko‘rsatadi [4:249]. Shuningdek, kashtachilik xalqning tarixiy merosini va an’anaviy qadriyatlarini saqlab qolishga xizmat qiladi. Turli xalqlarning kashtachilik uslublari o‘ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi. Bu esa ularning hayot tarzini va estetik rivojlanishini aks ettiradi. Arxeologik tadqiqotlar orqali kashtachilikning evolyutsiyasi va uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati haqida ko‘plab muhim ma’lumotlar olish mumkin. Bu esa kashtachilik san’atining xalqlaro‘rtasidagi bog‘lanishlarni qanday ko‘rsatishini ochib beradi. Kashtachilikni o‘rganishda uning qadimiy tarixini e’tiborga olish lozim. O‘zbek xalqi o‘zining kashtachilik san’ati orqali asrlar davomida ma’naviy va estetik narsalarni yaratgan. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Kashtachilikning dastlabki namunalari miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi, ularning har biri xalq hayoti, an’analari, turmush tarzi va madaniy merosini aks ettiradi. Kashtachilik xalq madaniyatida muhim ahamiyatga ega. U nafaqat kiyimlarda, balki marosimlarda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, kelin-kuyovning to‘y liboslari, milliy bayramlar va xushxabarlar uchun kashtachilik ishlanmalari tayyorlanadi. Bu san’at orqali yosh avlodga an’anaviy qadriyatlar, estetik go‘zallik vaularning mazmuniberiladi. Asrlar davomida orttirilgan madaniy va ma’naviy boyligimiz, xususan, o‘zbekxalq amaliy bezak san’atining eng ko‘p rivojlangan turlari: naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, toshtaroshlik, suyak o‘ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, ustalarning haqiqiy asl nomlari, o‘ziga xos maktablari, yaratgan uslublari sobiq Sho‘ro tuzumi davrida asta- sekin yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan edi. Bugungi kunda mustaqil respublikamizda xalqimizning asrlar bo‘yi yaratgan ijodiy mexnati natijasida yaratgan amaliy bezak san’atini ko‘z qorachig‘iday saqlash, qadrlash, ulardan amaliy foydalanish, ular orqali yoshlar estetik didini o‘stirish hamda yuksak madaniyatli kishilar qilib tarbiyalashga keng imkoniyatlar ochildi. Al- Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ion Sino, Al-Xorazmiy; Imom Buxoriy, Bahovuddin Naqshband, Axmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Bexzod, Zaxiriddin Muxammad Bobur kabi jaxonga mashxur olim, shoir va musavvirlar go‘zallikka intilishga chaqirganlar [5:18]. Ular san’at va ilm-fan orqa
Доказательный фрагмент
«Xalq amaliy san’ati, xususan, kashtachilik, milliy madaniyatimizning ajralmas qismi hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюXalq amaliy san’ati, xususan, kashtachilik, milliy madaniyatimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kashtachilik, naqqoshlik, ijodkorlik., hunarmandchilik, bezak san’ati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014